JavaScript sikllar (for, while, for...of)
Bir xil amalni yuz marta yozib chiqish mumkin emas. Sikl kodni belgilangan shart bajarilgunicha takrorlaydi.
for — eng ko’p ishlatiladigan sikl
Qavs ichida uch qism, nuqta-vergul bilan ajratiladi:
let i = 1— boshlanish: sanagichni yaratish (bir marta bajariladi);i <= 5— shart: rost bo’lganda sikl davom etadi;i++— qadam: har aylanishdan keyin bajariladi.
Sanagichni boshqarish
Qadamni o’zgartirib juft sonlarni, i-- bilan teskari sanashni oldik.
while — shart bajarilgunicha
Necha marta takrorlanishi oldindan noma’lum bo’lsa:
for…of — ro’yxat bo’ylab yurish
Massiv elementlari ustidan yurishning eng qulay usuli:
Bu yerda indeks bilan ovora bo’lmaysiz — har aylanishda meva navbatdagi
elementni oladi. Massivlar haqida keyingi darsda
batafsil.
Matn ham ketma-ketlik, shuning uchun uning ustidan ham yurish mumkin:
break va continue
break sikldan butunlay chiqadi, continue esa faqat joriy aylanishni
o’tkazib yuboradi:
Birinchi sikl 5 ga yetganda to’xtadi. Ikkinchisi juft sonlarni o’tkazib yubordi — faqat toqlari chiqdi.
Amaliy mashq
Sikllarni mashq qiling:
forbilan 7 ning ko’paytirish jadvalini chiqaring (1 dan 10 gacha);- har qatorni
\7 x ${i} = ${7 * i}`` ko’rinishida yozing; - 1 dan 100 gacha sonlar yig’indisini hisoblang;
for...ofbilan ismlar massivi ustidan yuring;continuebilan faqat juft sonlarni chiqaring.
3-qadam natijasi 5050 chiqishi kerak.
Qisqacha xulosa
for— takrorlanish soni ma’lum bo’lganda; uch qismi: boshlanish, shart, qadam.while— shart bajarilgunicha; shartni o’zgartirishni unutmang.for...of— massiv va matn elementlari bo’ylab yurish uchun eng qulay.breaksikldan chiqadi,continuebir aylanishni o’tkazadi.
Keyingi darsda funksiyalar — kodni qayta ishlatiladigan bo’laklarga bo’lishni ko’ramiz.