JavaScript massivlar (array)

Bitta o’zgaruvchi bitta qiymat saqlaydi. O’nta mahsulot nomi kerak bo’lsa, o’nta o’zgaruvchi yaratish mantiqsiz. Massiv — tartiblangan qiymatlar ro’yxati.

Massiv yaratish

JavaScript

Elementlar kvadrat qavs ichida, vergul bilan ajratiladi. length — massivdagi elementlar soni.

Indeks — element o’rni

JavaScript

Sanoq noldan boshlanadi: birinchi element [0], ikkinchisi [1]. Mavjud bo’lmagan indeks undefined qaytaradi — xato bermaydi.

Oxirgi elementni olish uchun:

JavaScript

at(-1) — zamonaviy va qisqaroq usul.

Elementni o’zgartirish

JavaScript

Qo’shish va o’chirish

JavaScript
MetodVazifasi
push()oxiriga qo’shadi
pop()oxirgisini olib tashlaydi va qaytaradi
unshift()boshiga qo’shadi
shift()birinchisini olib tashlaydi

Element bormi

JavaScript

indexOf element topilmasa -1 qaytaradi — bu tekshirish uchun ishlatiladi.

Massiv ustidan yurish

Sikllar darsidagi for...of massiv bilan ishlashda eng qulay shakl — indeks bilan ovora bo’lmaysiz:

JavaScript

Kesish — bir qismini olish

JavaScript

slice yangi massiv qaytaradi, asl massivga tegmaydi. Chegara: birinchi indeks kiradi, ikkinchisi kirmaydi.

Massivni matnga aylantirish

JavaScript

Amaliy mashq

Xaridlar ro’yxatini boshqaring:

  1. Uchta mahsulotli massiv yarating;
  2. push bilan ikkita yangi mahsulot qo’shing;
  3. indeks orqali birinchi elementni o’zgartiring;
  4. pop bilan oxirgisini o’chirib, o’zgaruvchiga saqlang;
  5. includes bilan biror mahsulot borligini tekshiring;
  6. join bilan ro’yxatni bitta matn qilib chiqaring.

pop() qaytargan qiymatni chiqarib ko’ring — nima qaytdi?

Qisqacha xulosa

  • Massiv — tartiblangan qiymatlar ro’yxati: [1, 2, 3].
  • Indeks noldan boshlanadi; length — elementlar soni; at(-1) — oxirgisi.
  • push/pop — oxiridan, unshift/shift — boshidan qo’shish va o’chirish.
  • includes va indexOf — element borligini tekshiradi.
  • slice yangi massiv qaytaradi, join matnga aylantiradi.

Keyingi darsda massiv metodlari — map, filter va reduce bilan ma’lumotni qayta ishlashni ko’ramiz.

Bu dars foydali bo'ldimi?

—
— marta ko'rildi