DOM: element matni va uslubini o'zgartirish
Elementni topgach, uni o’zgartirish mumkin: matnini almashtirish, uslub berish, klass qo’shish. Natija ekranda darhol ko’rinadi.
Matnni o’zgartirish
Natija oynasida sarlavha o’zgarganini ko’rasiz.
textContent va innerHTML
Element topish yo’llari DOM nima darsida ko’rilgan; bu yerda topilgan elementga matn yozishni ko’ramiz:
textContent— HTML teglarini matn deb qabul qiladi va shundayligicha ko’rsatadi;innerHTML— teglarni HTML deb o’qiydi va qo’llaydi.
Uslubni o’zgartirish
CSS xossalari camelCase ko’rinishida yoziladi: font-size → fontSize,
background-color → backgroundColor.
classList — klasslarni boshqarish
Uslubni to’g’ridan-to’g’ri berish o’rniga CSS klassini qo’shish afzalroq:
| Metod | Vazifasi |
|---|---|
add() | klass qo’shadi |
remove() | olib tashlaydi |
toggle() | bor bo’lsa olib tashlaydi, yo’q bo’lsa qo’shadi |
contains() | bor-yo’qligini tekshiradi |
Atributlar
Ko’p ishlatiladigan atributlarga to’g’ridan-to’g’ri ham murojaat qilinadi:
a.href, img.src, input.value.
Yangi element yaratish
Uch qadam: createElement bilan yaratish → mazmun berish → appendChild
bilan daraxtga qo’shish. Qo’shilmaguncha element ekranda ko’rinmaydi.
Elementni o’chirish
Amaliy mashq
Sahifani o’zgartiring:
- Runner’ga sarlavha qo’shib, matnini almashtiring;
stylebilan rangini va o’lchamini o’zgartiring;- CSS klassi yaratib,
classList.addbilan qo’llang; toggleni ikki marta chaqiring — natija qanday o’zgardi?createElementbilan uchta yangi element yasab, ro’yxatga qo’shing;textContentvainnerHTMLga bir xil HTML matn bering va farqini ko’ring.
Qisqacha xulosa
textContent— matn sifatida;innerHTML— HTML sifatida (foydalanuvchi ma’lumoti uchun ishlatilmaydi).style.xossa— uslub berish, CSS nomlari camelCase da.classList—add,remove,toggle,contains.getAttribute/setAttribute— atributlar bilan ishlash.createElement+appendChild— yangi element;remove()— o’chirish.
Keyingi darsda hodisalar — foydalanuvchi harakatiga javob berishni ko’ramiz.