JavaScript obyektlar (object)
Bitta talaba haqidagi ma’lumot — ism, yosh, guruh — uchta alohida o’zgaruvchida tarqoq turadi. Obyekt ularni bitta tuzilmaga jamlaydi.
Obyekt yaratish
Figurali qavs ichida kalit: qiymat juftliklari, vergul bilan ajratiladi. Kalit — xossaning nomi, qiymat — istalgan turdagi ma’lumot.
Xossaga murojaat
Ikki usul bor:
Nuqta qisqaroq va ko’p ishlatiladi. Kvadrat qavs esa kalit o’zgaruvchida turganda zarur bo’ladi.
Qo’shish va o’zgartirish
Mavjud bo’lmagan xossaga qiymat bersangiz — u qo’shiladi. delete esa
o’chiradi.
Mavjud bo’lmagan xossa
undefined qaytadi, xato chiqmaydi. Lekin ichkariga kirsangiz xato bo’ladi —
shuning uchun ?. (optional chaining) ishlatiladi: xossa yo’q bo’lsa,
zanjir to’xtaydi va undefined qaytadi.
Metod — obyekt ichidagi funksiya
Ichma-ich tuzilma
Qiymat sifatida boshqa obyekt yoki massiv bo’lishi mumkin:
Obyekt ustidan yurish
Object.keys kalitlar massivini, Object.values qiymatlar massivini beradi —
ular ustida massiv metodlarini ishlatish mumkin.
Obyektlar massivi
Amalda eng ko’p uchraydigan tuzilma:
Amaliy mashq
Kitob obyektini yarating:
nom,muallifvayilxossalari bo’lgan obyekt yasang;- unga
janrxossasini qo’shing; tavsif()metodini yozing — “Nom (muallif, yil)” qaytarsin;deletebilan bitta xossani o’chiring;- uchta kitobdan massiv yasab,
mapbilan faqat nomlarini chiqaring.
3-qadamda this ni olib tashlab ko’ring — qanday xato chiqadi?
Qisqacha xulosa
- Obyekt — kalit-qiymat juftliklari to’plami:
{ ism: "Aziz" }. - Murojaat:
obyekt.xossayokiobyekt["xossa"]. - Yangi xossa o’zlashtirish bilan qo’shiladi,
deletebilan o’chiriladi. - Metod — obyekt ichidagi funksiya;
thisshu obyektga ishora qiladi. Object.keysvaObject.valuesmassiv qaytaradi;?.xavfsiz murojaat beradi.
Keyingi darsda DOM — JavaScript orqali sahifani o’zgartirishni boshlaymiz.