JavaScript kod sifati va nomlash qoidalari
Ishlaydigan kod yozish — birinchi qadam. Ikkinchisi: olti oydan keyin o’zingiz (yoki hamkasbingiz) uni o’qib tushuna olishi. Bu darsda shu farqni beradigan qoidalar.
Nom hamma narsani aytadi
Ikkinchi variantda izoh kerak emas — nomlarning o’zi tushuntiradi.
Amaliy qoidalar:
- O’zgaruvchi — ot:
talaba,narxlar,jamiSumma; - Funksiya — fe’l bilan:
hisobla,tekshir,yuborilsin; - Mantiqiy qiymat — savol shaklida:
faolmi,bormi,tugadimi; - Massiv — ko’plik:
talabalar,narxlar; - Doimiy —
CATTA_HARF:MAX_URINISH,ASOSIY_MANZIL.
Sehrli sonlar
Nomlangan doimiy ikki foyda beradi: ma’nosi ko’rinadi va o’zgartirish kerak bo’lganda bitta joyda o’zgaradi.
Erta qaytish — ichma-ich shartlardan qutulish
Erta qaytish (early return): istisno holatlarni boshida tugatib, asosiy mantiqni oxirida tekis qoldirish. Chuqurlik ikki darajadan oshsa — shu naqshni o’ylang.
Bitta funksiya — bitta vazifa
Kichik funksiyalar sinash, qayta ishlatish va nomlash uchun qulay. Funksiya
nomida “va” so’zi paydo bo’lsa (saqlaVaYubor) — uni bo’lish vaqti keldi.
[...royxat].sort(...) da nusxa olinganiga e’tibor bering: sort asl
massivni o’zgartiradi, nusxa esa buni oldini oladi.
O’zgartirmaslik afzal
Funksiya o’ziga berilgan ma’lumotni o’zgartirsa, uni chaqirgan kod buni kutmasligi mumkin — bu topish qiyin xatolarga olib keladi.
Izoh — nima emas, nega
Kod nima qilishini o’zi aytadi. Izoh nega shunday qilinganini aytishi kerak: qaror sababi, tashqi cheklov, vaqtinchalik yechim.
Shartlarni soddalashtirish
Murakkab shartni o’zgaruvchiga chiqarish — nom orqali izohlashning eng oson usuli.
Izchillik
Tekshiruv ro’yxati
Kodni topshirishdan oldin:
- Nomlar ma’noni aytadimi? Qisqartma yo’qmi?
- Sehrli son yoki matn qolmadimi?
- Funksiya bitta vazifa bajaradimi?
- Ichma-ich shart uch darajadan oshmadimi?
-
console.logvadebuggerolib tashlandimi? - Takrorlangan kod bo’laklari birlashtirildimi?
Amaliy mashq
d,f,xnomli o’zgaruvchilarni ma’noli nomga o’zgartiring;- koddagi sonlarni nomlangan doimiyga chiqaring;
- uch darajali
ifni erta qaytish bilan tekislang; - “va” bor funksiyani ikkiga bo’ling;
sortni nusxa ustida bajaring;- bitta izohni “nima” dan “nega” ga o’zgartiring.
Qisqacha xulosa
- Nom — eng yaxshi izoh: funksiya fe’l, massiv ko’plik, doimiy
CATTA_HARF. - Sehrli sonlarni nomlangan doimiyga chiqaring.
- Erta qaytish ichma-ich shartlarni tekislaydi.
- Bitta funksiya — bitta vazifa; nomda “va” bo’lsa, bo’ling.
- Kirish ma’lumotini o’zgartirmang — nusxa oling.
- Izoh nega deb yozilsin, nima deb emas.
Bu bilan O’rta daraja yakunlandi. Keyingi darsda prototip bilan Yuqori daraja boshlanadi.