JavaScript nima va u qayerda ishlaydi
Sahifadagi tugmani bosganingizda menyu ochiladi, forma to’ldirilmasa ogohlantirish chiqadi, ro’yxat sahifani yangilamasdan yangilanadi — bularning barchasini JavaScript bajaradi.
HTML sahifaning tuzilishini, CSS uning ko’rinishini beradi. JavaScript esa xatti-harakatni qo’shadi: nima qachon va qanday o’zgarishini.
Birinchi kod
Quyidagi maydonda console.log funksiyasi qavs ichidagi qiymatni chiqaradi.
Ishga tushirish tugmasini bosing:
Matnni o’zgartirib, qayta ishga tushiring — maydon tahrirlanadi.
Uchta til, uchta vazifa
Bitta tugma misolida uchalasi qanday bo’linishini ko’ring:
| Til | Vazifasi | Misol |
|---|---|---|
| HTML | tuzilish | <button>Bos</button> — tugma bor |
| CSS | ko’rinish | background: blue — tugma ko’k |
| JavaScript | xatti-harakat | bosilganda nima bo’lishi |
Ular bir-birini almashtirmaydi, balki to’ldiradi.
JavaScript qayerda ishlaydi
Dastlab u faqat brauzerda ishlardi. Bugun esa:
- Brauzerda — sahifa mantiqi (bu bo’limning asosiy mavzusi);
- Serverda — Node.js orqali backend;
- Mobil ilovalarda — React Native kabi vositalar bilan;
- Desktop dasturlarda — Electron (masalan VS Code shunday yozilgan).
Ya’ni bitta tilni o’rganib, bir necha sohada ishlash mumkin.
Kod qanday ishga tushadi
Brauzer HTML’ni yuqoridan pastga o’qiydi. <script> tegiga yetganda ichidagi
JavaScript’ni darhol bajaradi, keyin o’qishni davom ettiradi.
<p>Birinchi paragraf</p>
<script>
console.log("Bu ikkinchi bajariladi");
</script>
<p>Uchinchi paragraf</p>
Shu sababli kod tartibi muhim: hali yaratilmagan elementga murojaat qilib bo’lmaydi. Bu qoidaga DOM darsida qaytamiz.
Kodni sahifaga ulash
Ikki usul bor. Kichik misol uchun to’g’ridan-to’g’ri HTML ichida:
<script>
console.log("Sahifa ichida");
</script>
Haqiqiy loyihada esa alohida faylda — kod tartibli bo’ladi va brauzer uni keshlab qoladi:
<script src="dastur.js"></script>
Amaliy mashq
Runner’da o’ynab ko’ring:
console.logichidagi matnni o’zingizning ismingizga almashtiring;- ikkinchi qator qo’shib, yana bitta xabar chiqaring;
- matn o’rniga son yozing:
console.log(2 + 3); - qo’shtirnoqni olib tashlab ko’ring:
console.log(Salom);
4-qadamda qanday xato chiqdi? Matn va son qanday farq qilishini keyingi darsda ko’ramiz.
Qisqacha xulosa
- JavaScript sahifaga xatti-harakat qo’shadi — HTML tuzilish, CSS ko’rinish.
console.log()qiymatni ko’rsatish uchun ishlatiladi.- Brauzer
<script>tegiga yetganda kodni darhol bajaradi. - Kod HTML ichida yoki alohida
.jsfaylda bo’lishi mumkin. - JavaScript brauzerdan tashqari server, mobil va desktopda ham ishlaydi.
Keyingi darsda o’zgaruvchilar — qiymatni nomlab saqlashni o’rganamiz.