Docker
"Menda ishlaydi-ku" — dasturchilar orasida eng ko'p eshitiladigan gap. Ilova sizning kompyuteringizda ishlaydi, serverda esa yo'q: Node versiyasi boshqa, baza o'rnatilmagan, sozlama boshqacha. Docker ilovani butun muhiti bilan birga qadoqlaydi va u hamma joyda bir xil ishlaydi.
Asosiy tushunchalar ikkita. Image — ilova va uning muhiti yozilgan shablon. Konteyner — shu shablondan ishga tushirilgan, boshqalardan ajratilgan nusxa. Bitta image'dan istalgancha konteyner yaratiladi.
Bo'lim tayyor image'lardan boshlanadi: Nginx'ni bitta buyruq bilan ishga tushirasiz, portlar va loglarni ko'rasiz. Keyin o'z Dockerfileingizni yozasiz va Express ilovasini konteynerlaysiz. Oxirida volume, tarmoq va Docker Compose bilan Express va MongoDB bitta buyruqda ko'tariladi.
Barcha buyruqlar, Dockerfile va compose.yaml fayllari haqiqatan ishga tushirib tekshirilgan. Windows'da Docker Desktop WSL2 bilan ishlatiladi.
Kimga mo'ljallangan. Terminal asoslarini (Linux va terminal) va Node.js yoki Express'ning boshlang'ich darslarini bilganlarga.
Bu bo'limda nima o'rganasiz
- Docker qaysi muammoni hal qilishini, konteyner va virtual mashina farqini
- Docker'ni o'rnatish va birinchi konteynerni ishga tushirishni
- Image va konteyner hayot siklini
docker runparametrlari va port xaritalashni- Konteyner loglari va ichiga kirib tekshirishni
- Dockerfile yozish va image build qilishni
- Node.js ilovani konteynerlash va image hajmini kichraytirishni
- Volume bilan ma'lumotni saqlashni
- Konteynerlarni tarmoq orqali bog'lashni
- Docker Compose bilan ilova va bazani birga boshqarishni