Git va GitHub
Git — kodingizning har bir saqlangan holatini eslab qoladigan tizim. index_final_v2.html kabi nusxalar o'rniga bitta papka va uning to'liq tarixi: nima, qachon va nega o'zgargani.
Git o'z kompyuteringizda ishlaydi. GitHub esa Git repozitoriylarini internetda saqlaydigan xizmat: kodingizni zaxiralaysiz, boshqa kompyuterda davom ettirasiz va jamoa bilan ishlaysiz. Ikkalasining farqi Git, GitHub va jamoaviy workflow darsida tushuntirilgan — bu bo'lim o'sha tushunchalarni amalda, buyruqlar bilan beradi.
Bo'lim bitta loyiha ustida boradi: avval o'rnatish va birinchi commit, keyin tarixni o'qish va xatoni xavfsiz bekor qilish, so'ng branch, merge va konflikt. Oxirida loyiha GitHub'ga chiqadi va pull request bilan yakunlanadi.
Buyruqlar terminalda yoziladi. Windows'da Git bilan birga keladigan Git Bash ishlatiladi, macOS va Linux'da buyruqlar bir xil. Har buyruqning kutilgan natijasi ko'rsatiladi — o'zingiznikini solishtirib borasiz.
Kimga mo'ljallangan. Kichik bo'lsa ham loyihasi bor har bir o'quvchiga — HTML sahifa yoki JavaScript mashqi yetarli. Terminal tajribasi talab qilinmaydi.
Bu bo'limda nima o'rganasiz
- Git nima va u GitHubdan nimasi bilan farq qilishini
- Git'ni o'rnatish va sozlashni
- Ishchi papka, staging va repozitoriy — uch hududni
- Commit qilish va yaxshi commit xabari yozishni
diffvalogbilan o'zgarish va tarixni o'qishni- Xatoni xavfsiz bekor qilish —
restore,revert .gitignorebilan maxfiy fayllarni repodan chetda saqlashni- Branch, merge va konfliktni hal qilishni
- Loyihani GitHub'ga joylash,
push,pullvacloneni - Pull request bilan ishlash va yakuniy loyihani