JavaScript ma'lumot turlari (string, number, boolean)

Har bir qiymatning turi bor. Son bilan qo’shish amali bajariladi, matn bilan esa birlashtirish — shuning uchun til qiymatni qanday tur ekanini biladi va shunga qarab ish tutadi.

Asosiy turlar

JavaScript

typeof operatori qiymatning turini qaytaradi. E’tibor bering: butun son ham, kasr son ham number — JavaScript’da ular ajratilmaydi.

Matn — string

Matn qo’shtirnoq ichida yoziladi. Uch xil belgidan foydalanish mumkin:

JavaScript

Teskari tirnoq (template literal) ichiga o’zgaruvchi qo’yish mumkin:

JavaScript

Bu usul + bilan birlashtirishdan qulayroq va xatosi kam.

Son — number

JavaScript

% — qoldiq operatori. 10 % 3 uchga bo’lganda ortib qolgan 1 ni beradi. Bu son juft yoki toqligini aniqlashda ko’p ishlatiladi.

Mantiqiy qiymat — boolean

Faqat ikkita qiymati bor: true (rost) va false (yolg’on). Taqqoslash natijasi ham shu turda bo’ladi:

JavaScript

null va undefined

Ikkalasi ham “qiymat yo’q” degani, lekin sababi boshqacha:

JavaScript
  • undefined — qiymat hali berilmagan (til o’zi qo’yadi);
  • null — qiymat ataylab bo’sh qoldirilgan (dasturchi qo’yadi).

Turlarni o’girish

Foydalanuvchi kiritgan qiymat doim matn bo’lib keladi — hatto raqam yozsa ham:

JavaScript

Birinchi natija "255" — matn birlashtirildi. Ikkinchisi 30 — avval songa o’girildi. Bu boshlovchilar eng ko’p duch keladigan xatolardan biri.

Teskari o’girish String() bilan bo’ladi:

JavaScript

Amaliy mashq

Turlarni sinab ko’ring:

  1. Har turdan bitta o’zgaruvchi yarating va typeof bilan tekshiring;
  2. "10" + 5 va Number("10") + 5 natijalarini solishtiring;
  3. "salom" * 2 yozib ko’ring — natija nima?
  4. template literal bilan “Narx: 15000 so’m” xabarini yasang;
  5. Number("abc") natijasini tekshiring.

3 va 5-qadamdagi NaN — “Not a Number”, ya’ni songa o’girib bo’lmadi degani.

Qisqacha xulosa

  • Asosiy turlar: string (matn), number (son), boolean (rost/yolg’on).
  • typeof qiymat turini qaytaradi.
  • Template literal (`…`) ichiga o’zgaruvchi qo’yish mumkin.
  • undefined — qiymat berilmagan; null — ataylab bo’sh.
  • Number() va String() turlar orasida o’giradi; kiritilgan qiymat doim matn bo’ladi.

Keyingi darsda operatorlar — qiymatlar ustida amal bajarishni ko’ramiz.

Bu dars foydali bo'ldimi?

marta ko'rildi