Linux va terminal
Serverga ulanganingizda oldingizda faqat qora oyna bo'ladi: na sichqoncha, na tugma. Saytlarning aksariyati Linux serverlarda ishlaydi, ular bilan esa terminal orqali — buyruq yozib ishlanadi.
Saytdagi Express deploy va Node.js darslari terminal buyruqlarini beradi, lekin terminalning o'zini o'rgatmaydi. Bu bo'lim shu bo'shliqni yopadi: buyruqni nusxa olib qo'yish emas, nima qilayotganini tushunish.
Bo'lim to'rt qadamda boradi. Avval muhit: Windows'da WSL orqali haqiqiy Ubuntu. Keyin fayllar — navigatsiya, yaratish, o'qish va tahrirlash. So'ng tizim — ruxsatlar, pipe, jarayonlar, portlar, paketlar va servislar. Oxirida SSH bilan masofaviy serverga ulanish va Bash skript bilan ishni avtomatlashtirish.
Barcha buyruqlar Ubuntu'da sinab ko'rilgan va har birining kutilgan natijasi ko'rsatiladi. Xavfli buyruqlar namuna sifatida berilmaydi — ular matnda, nega xavfli ekani bilan tushuntiriladi.
Kimga mo'ljallangan. Loyihasini serverga chiqarmoqchi yoki terminaldan qo'rqmay ishlamoqchi bo'lgan har bir o'quvchiga. Oldindan terminal tajribasi shart emas.
Bu bo'limda nima o'rganasiz
- Linux, terminal va shell nima ekanini
- Windows'da WSL orqali Ubuntu'ni ishga tushirishni
- Fayl tizimida harakatlanish, fayl yaratish, ko'chirish va o'chirishni
- Faylni o'qish,
tail -fbilan log kuzatish vananoda tahrirlashni - Ruxsatlar,
chmodvasudoni - Pipe,
grepvafindbilan qidirishni - Jarayonlar va portlarni tekshirishni
- Muhit o'zgaruvchilari va
PATHni aptbilan paket o'rnatish vasystemctlbilan servis boshqarishni- SSH kalit bilan serverga ulanish va Bash skript yozishni