JavaScript shart operatorlari (if, else, switch)

Dastur har doim bir xil ishlamaydi: foydalanuvchi tizimga kirganmi, savat bo’shmi, ball yetarlimi — javobga qarab boshqacha yo’l tutadi. Bu shart operatorlari orqali yoziladi.

if — asosiy shart

JavaScript

Qavs ichidagi ifoda true bo’lsa, figurali qavs ichidagi kod bajariladi. false bo’lsa — o’tkazib yuboriladi.

else — aks holda

JavaScript

yosh qiymatini o’zgartirib, ikkala tarmoqni ham sinab ko’ring.

else if — bir nechta variant

JavaScript

Shartlar yuqoridan pastga tekshiriladi va birinchi rost topilganda to’xtaydi. Shuning uchun tartib muhim: ball >= 50 ni birinchi qo’ysangiz, 85 ham, 95 ham “Qoniqarli” bo’lib qolardi.

Shartlarni birlashtirish

JavaScript

Ternar operator — qisqa shakl

Oddiy if/else ni bir qatorda yozish mumkin:

JavaScript

Tuzilishi: shart ? rostBo'lsa : yolg'onBo'lsa. U qiymat qaytaradi, shuning uchun o’zgaruvchiga o’zlashtirish mumkin.

Ternar faqat sodda holatlarda ishlatiladi. Ichma-ich yozilsa o’qish qiyinlashadi — unda oddiy if afzal.

switch — bitta qiymatning ko’p varianti

JavaScript

Amaliy mashq

Chegirma hisoblagichini yozing:

  1. summa o’zgaruvchisini yarating;
  2. if/else if bilan chegirmani aniqlang: 100000+ uchun 20%, 50000+ uchun 10%, qolgani uchun 0%;
  3. yakuniy summani hisoblab chiqaring;
  4. shartlar tartibini teskari qilib ko’ring — natija o’zgardimi?
  5. xuddi shu mantiqni ternar operator bilan yozib ko’ring.

4-qadam else if tartibi nega muhimligini ko’rsatadi.

Qisqacha xulosa

  • if — shart rost bo’lsa kodni bajaradi; else — aks holda.
  • else if zanjiri birinchi rost shartda to’xtaydi, tartib muhim.
  • && va || bilan shartlar birlashtiriladi.
  • Ternar shart ? a : b — qiymat qaytaradigan qisqa shakl.
  • switch bitta qiymatning ko’p variantiga mos; har case da break shart.

Keyingi darsda sikllar — kodni takrorlashni ko’ramiz.

Bu dars foydali bo'ldimi?

marta ko'rildi