SQL INSERT — ma'lumot qo'shish

Shu paytgacha bazadan faqat o’qidikSELECT, WHERE, ORDER BY. Endi unga yangi ma’lumot yozishni o’rganamiz. Yangi qator qo’shish uchun INSERT INTO ishlatiladi.

INSERT INTO — yangi qator

Yozilishi: jadval nomi, qavs ichida ustunlar, keyin VALUES va qavs ichida qiymatlar:

INSERT INTO mahsulotlar (nom, narx, soni, turi)
VALUES ('Asal', 45000, 15, 'shirinlik');

O’zingiz ishga tushirib ko’ring — so’rovni tahrirlashingiz ham mumkin:

SQL · namuna baza

Bu mahsulotlar jadvaliga yangi qator qo’shadi. Tekshirish uchun:

SELECT * FROM mahsulotlar WHERE nom = 'Asal';

Natija — yangi mahsulot:

id nom narx soni turi
9 Asal 45000 15 shirinlik

Ustunlar va qiymatlar bir tartibda yoziladi: birinchi ustunga birinchi qiymat, ikkinchisiga ikkinchisi. Matn bitta tirnoq ichida, son tirnoqsiz.

id ni avtomatik to’ldirish

E’tibor bering — biz id ni yozmadik, lekin natijada u 9 bo’ldi. Sabab: id ustuni avtomatik to’ldiriladi. Har yangi qatorga baza navbatdagi raqamni o’zi beradi, shuning uchun uni qo’lda yozish shart emas.

Bir vaqtda bir nechta qator

Har biri uchun alohida INSERT yozish shart emas. VALUES dan keyin bir nechta qavsni vergul bilan sanasangiz — hammasi bir buyruqda qo’shiladi:

INSERT INTO mahsulotlar (nom, narx, soni, turi) VALUES
  ('Shakar', 11000, 80, 'don'),
  ('Tuz', 2500, 90, 'don'),
  ('Yog''', 32000, 20, 'don');

Uch mahsulot bir yo’la qo’shildi. Bu ko’p ma’lumot kiritganda ancha tez va qulay.

Amaliy mashq

Yangi qator qo’shing:

  1. mahsulotlar ga yangi mahsulot qo’shing (id 9 dan boshlab);
  2. SELECT bilan qo’shilganini tekshiring;
  3. id ni takrorlab qo’shishga urinib ko’ring — qanday xato chiqadi?
  4. bitta INSERT bilan ikkita qator qo’shing;
  5. nom ustunini tashlab qo’shishga urining.

3 va 5-qadamdagi xatolar nima haqida ogohlantiryapti?

Qisqacha xulosa

  • INSERT INTO jadval (ustunlar) VALUES (qiymatlar) — yangi qator qo’shadi.
  • Ustunlar va qiymatlar bir tartibda va teng sonda bo’ladi.
  • Matn bitta tirnoqda, son tirnoqsiz.
  • id odatda avtomatik to’ldiriladi — uni yozish shart emas.
  • Bir nechta qatorni bitta INSERT da vergul bilan qo’shish mumkin.

Keyingi darsda UPDATE bilan mavjud ma’lumotni o’zgartirishni ko’ramiz — masalan mahsulot narxini yangilash.

Bu dars foydali bo'ldimi?

marta ko'rildi