JSON Formatter va Validator

API'dan kelgan JSON'ni chiroyli ko'rinishga keltiring, xatosini qator raqami bilan toping yoki aksincha bir qatorga siqing.

JSON formatter nima qiladi

Server yoki API qaytargan JSON odatda bitta uzun qatorda keladi — joy tejash uchun bo'shliqlar olib tashlangan bo'ladi. Bunday matnni o'qish qiyin. Formatter unga chekinish (indent) va qator uzilishlarini qaytaradi, shunda tuzilma ko'zga tashlanadi. Siqish esa teskarisi: tayyor JSON'ni so'rovga qo'yishdan oldin eng kichik hajmga keltiradi.

Xato qayerdaligini topish

JSON noto'g'ri yozilgan bo'lsa, vosita brauzerning o'z tekshiruvchisidan olingan xabarni ko'rsatadi va qator hamda ustun raqaminihisoblab beradi. Eng ko'p uchraydigan sabablar:

  • Oxirgi elementdan keyin ortiqcha vergul qolgan: [1, 2, 3,]
  • Kalit qo'shtirnoqsiz yozilgan: {ism: "Ali"} — to'g'risi {"ism": "Ali"}
  • Bitta tirnoq ishlatilgan: {'ism': 'Ali'} — JSON faqat qo'shtirnoqni tan oladi
  • Izoh qo'shilgan — JSON standartida // izohlar yo'q
  • Qavs yopilmagan yoki ortiqcha yopilgan

Ma'lumot xavfsizmi

Ha. JSON JSON.parse orqali to'g'ridan-to'g'ri brauzeringizda tahlil qilinadi — hech qanday so'rov yuborilmaydi. Shuning uchun token yoki shaxsiy ma'lumot bo'lgan javoblarni ham bemalol tekshirsangiz bo'ladi.

Barcha hisob-kitob brauzeringizda bajariladi — kiritgan ma'lumotingiz serverga yuborilmaydi.