SQL ALTER TABLE — jadvalni o'zgartirish
Jadval yaratganingizdan keyin ham ehtiyoj o’zgarishi
mumkin: yangi ustun kerak bo’lib qoladi yoki nom noqulay bo’lib chiqadi.
Jadvalni o’chirib qayta yaratmasdan o’zgartirish uchun ALTER TABLE
ishlatiladi.
Oldingi darsda yaratgan yetkazuvchilar jadvali ustida ishlaymiz.
Ustun qo’shish — ADD COLUMN
Eng ko’p ishlatiladigan amal — yangi ustun qo’shish:
ALTER TABLE yetkazuvchilar ADD COLUMN faol INTEGER DEFAULT 1;
O’zingiz ishga tushirib ko’ring — so’rovni tahrirlashingiz ham mumkin:
Bu faol ustunini qo’shadi. DEFAULT 1 — mavjud qatorlarga avtomatik 1
qiymati beriladi. Endi jadvalda faol ustuni paydo bo’ladi.
Ustun nomini o’zgartirish — RENAME COLUMN
Ustun nomi noqulay bo’lsa, uni o’zgartirish mumkin:
ALTER TABLE yetkazuvchilar RENAME COLUMN telefon TO aloqa;
Endi telefon ustuni aloqa deb ataladi. Ichidagi ma’lumot o’zgarmaydi —
faqat nomi.
Jadval nomini o’zgartirish — RENAME TO
Butun jadvalni qayta nomlash:
ALTER TABLE yetkazuvchilar RENAME TO taminotchilar;
Ustunni o’chirish — DROP COLUMN
Keraksiz ustunni olib tashlash:
ALTER TABLE taminotchilar DROP COLUMN aloqa;
Amaliy mashq
Jadval tuzilmasini o’zgartiring:
mahsulotlargachegirmaustuniniDEFAULT 0bilan qo’shing;SELECTbilan yangi ustunni ko’ring — qiymatlar nima?UPDATEbilan mevalar chegirmasini 10 ga o’rnating;- ustun nomini
RENAME COLUMNbilan o’zgartiring; - mavjud ustunni qayta qo’shishga urinib ko’ring.
2-qadamda DEFAULT qanday ishlaganini tushuntiring.
Qisqacha xulosa
ALTER TABLE— mavjud jadvalni qayta yaratmasdan o’zgartiradi.ADD COLUMN— yangi ustun qo’shadi (DEFAULTbilan boshlang’ich qiymat).RENAME COLUMN ... TO ...— ustun nomini o’zgartiradi.RENAME TO— jadval nomini o’zgartiradi;DROP COLUMN— ustunni o’chiradi.- SQLite’da imkoniyat cheklangan; ustun o’chirish ma’lumotni ham o’chiradi.
Keyingi darsda constraint — ustunlarga qo’yiladigan qoidalar (NOT NULL, UNIQUE, CHECK, DEFAULT) ni ko’ramiz.