MongoDB
MongoDB — ma'lumotni jadval qatorlari emas, hujjat ko'rinishida saqlaydigan baza. Hujjat JSON ga o'xshaydi: maydon nomi va qiymat. Har yozuv o'z maydonlari to'plamiga ega bo'lishi mumkin.
Nega bu muhim. SQL bazasida ustunlar oldindan e'lon qilinadi va har qator ularga bo'ysunadi. Ma'lumot tuzilishi turlicha bo'lganda bu cheklovga aylanadi: yo bo'sh kataklar to'planadi, yo jadvallar ko'payadi.
Bo'lim uch bosqichda boradi. Avval tushunchalar: hujjat, kolleksiya, BSON formati va muhitni sozlash. Keyin CRUD — hujjat qo'shish, o'qish, yangilash va o'chirish. So'ng filtr operatorlari, saralash, sahifalash va massiv maydonlar bilan ishlash.
Oxirgi darsda baza Node.js ilovasiga ulanadi: rasmiy driver, async/await va ulanish satrini xavfsiz saqlash. Shundan keyin bazani o'z serveringizga ulay olasiz.
Bu bo'limda kod brauzerda emas, o'z kompyuteringizda ishlaydi: MongoDB serverda bajariladi. Har buyruqning kutilgan natijasi ko'rsatiladi — o'zingiznikini solishtirib borasiz.
Kimga mo'ljallangan. JavaScript asoslarini bilganlarga: obyekt, massiv va async/await. SQL bilan tanish bo'lsangiz qulayroq bo'ladi — taqqoslashlar shu bilim ustiga quriladi, lekin u shart emas.
Bu bo'limda nima o'rganasiz
- Hujjatli baza nima va SQL jadvalidan farqi
- Baza, kolleksiya va hujjat munosabati hamda BSON formati
- MongoDB o'rnatish yoki Atlas bepul klasteriga ulanish
insertOnevainsertManybilan ma'lumot yozishfind,findOneva proyeksiya bilan o'qish- Filtr operatorlari —
$gt,$in,$ne,$exists - Mantiqiy operatorlar —
$and,$or,$not $set,$incva upsert bilan yangilashsort,limit,skipva sahifalash- Massiv maydonlar —
$push,$pull,$elemMatch - Node.js driver bilan bazani ilovaga ulash