React
React — foydalanuvchi interfeysini qismlardan yig'adigan kutubxona. DOM darslarida sahifani qo'lda o'zgartirgandingiz: element topib, matnini almashtirib, ro'yxatga yangi qator qo'shib. Ilova o'sgani sayin bu yo'l chalkashadi — qaysi joyni yangilashni unutsangiz, ekrandagi ma'lumot haqiqatdan ajralib qoladi.
React boshqacha yondashadi: siz qanday o'zgartirishni emas, natija qanday ko'rinishi kerakligini yozasiz. Ma'lumot o'zgarsa, React ekranning qaysi qismini yangilashni o'zi hisoblaydi.
Bo'lim JSX va komponentdan boshlanadi, keyin props bilan ma'lumot uzatish, ro'yxat chizish va hodisalarga javob berish keladi. So'ng holat (useState) — React'ning yuragi: nega oddiy o'zgaruvchi yaramaydi va qayta chizish qanday ishlaydi.
Oxirida useEffect bilan yon ta'sirlar, fetch orqali serverdan ma'lumot olish va holatni komponentlar orasida bo'lishish. Yakuniy darsda hammasi bitta ishlaydigan ilovada birlashadi.
Kimga mo'ljallangan. JavaScript asoslarini bilganlarga: funksiya, massiv metodlari (map, filter), destructuring va modullar. Ular bo'lmasa React sehrli ko'rinadi — kod ishlaydi, lekin nega ishlayotgani noaniq qoladi.
Bu bo'limda nima o'rganasiz
- JSX — JavaScript ichida interfeys yozish va uning HTML'dan farqi
- Komponent yaratish va ularni bir-biriga joylash
propsbilan ma'lumotni yuqoridan pastga uzatishmapbilan ro'yxat chizish vakeynega kerakligi- Hodisalar —
onClick,onChangeva funksiya uzatish useState— holat va qayta chizish mexanizmi- Forma va boshqariladigan elementlar
- Shartli ko'rinish — nimani qachon ko'rsatish
useEffectva serverdan ma'lumot yuklash- Holatni ko'tarish — komponentlar ma'lumotni qanday bo'lishadi