TypeScript
TypeScript — JavaScript ustiga tip tushunchasini qo'shadigan til. Alohida til emas: yozgan kodingiz baribir JavaScript bo'lib qoladi, faqat har qiymat qanday shaklda bo'lishi kerakligi yozib qo'yiladi.
Foyda bitta jumlada: xato kod ishga tushmasdan oldin topiladi. Funksiya songa mo'ljallangan-u, unga matn berilgan bo'lsa, buni brauzer emas, muharriringiz aytadi — siz hali kod yozib turganingizda.
Bu bo'lim JavaScript davomi. U yerda til asoslarini o'rgandingiz; bu yerda o'sha kodni ishonchli qilasiz. Har dars bitta tushuncha beradi: asosiy tiplar, obyekt shakli, union, generiklar va tayyor utility tiplar.
Kod brauzerda emas, o'z kompyuteringizda tekshiriladi: TypeScript tip izohlarini brauzer tushunmaydi, shuning uchun har misolda tsc qanday xabar berishi ko'rsatiladi. O'zingiznikini shu bilan solishtirasiz.
Kimga mo'ljallangan. JavaScript asoslarini bilganlarga: funksiya, massiv, obyekt va modullar. Ular bo'lmasa tip xatolari tushunarsiz tuyuladi — avval JavaScript bo'limini tugating.
Bu bo'limda nima o'rganasiz
- TypeScript nima va u JavaScript'dan qanday farq qilishini
tscbilan kompilyatsiya va tsconfig.json sozlashni- Asosiy tiplar —
string,number,booleanva tip chiqarish - Massiv, kortej (tuple) va obyekt tiplarini yozishni
typevainterfacefarqi hamda qaysi birini tanlashni- Funksiya parametrlari, qaytish tipi va ixtiyoriy argumentlar
- Union, literal tip va tipni toraytirish (narrowing)
anynega xavfli,unknownvaneverqachon kerakligi- Generiklar va tayyor utility tiplar —
Partial,Pick,Omit - DOM bilan xavfsiz ishlash va JS loyihasini TypeScript'ga ko'chirishni