Express.js
Express.js — Node.js uchun web framework. JavaScript darslarida fetch bilan ma'lumot olishni o'rgandingiz; bu bo'limda o'sha ma'lumotni kim beradi degan savolga javob topasiz — serverni o'zingiz yozasiz.
Avval ikki dars Node.js haqida: JavaScript brauzerdan tashqarida qanday ishlaydi, npm va package.json nima uchun kerak. Keyin Express'ning o'zi: marshrutlash, middleware zanjiri, so'rov va javob obyektlari.
So'ng amaliyot: CRUD API yozish, forma ma'lumotini tekshirish va EJS shabloni bilan serverdan tayyor HTML qaytarish. Yakuniy darsda hammasi birlashadi — o'zingiz yozgan API'ga o'zingiz yozgan frontend ulanadi.
Bu yerda kod brauzerda emas, o'z kompyuteringizda ishlaydi: Node.js o'rnatasiz, terminalda buyruq berasiz, natijani localhost da ko'rasiz. Har darsda kutilgan natija ko'rsatiladi — o'zingiznikini solishtirib borasiz.
Kimga mo'ljallangan. JavaScript asoslarini bilganlarga: funksiya, obyekt, massiv, async/await va modullar. Serverni birinchi marta yozayotgan bo'lsangiz ham yetarli — har atama birinchi uchraganda izohlanadi.
Bu bo'limda nima o'rganasiz
- Node.js nima va JavaScript brauzerdan tashqarida qanday ishlashini
npm, package.json va paket o'rnatishni- Express bilan server yaratish va uni ishga tushirishni
- Marshrutlash — GET, POST, PUT, DELETE va yo'l parametrlari
reqvaresobyektlari, holat kodlari va JSON javob- Middleware zanjiri va
next()qanday ishlashini - Statik fayllarni serverdan berish va xatolarni boshqarish
- CRUD API yozish va forma ma'lumotini tekshirish
- EJS shabloni bilan serverdan HTML qaytarishni
- Yakuniy loyiha — API va frontend'ni bitta ilovada birlashtirishni