Docker logs, exec va inspect: konteyner ichiga qarash
Konteyner fonda ishlayapti, lekin sahifa ochilmayapti. Yoki konteyner
ishga tushgan zahoti to’xtab qolyapti. -d bilan ishga tushgan konteyner
hech narsa ko’rsatmaydi — xato qayerda ekanini qanday bilasiz? Bu darsda
konteynerning loglarini o’qiysiz, uning ichiga kirasiz va sozlamalarini
ko’rasiz.
Darsdagi misollar uchun docker run darsidagi konteynerni yarating:
docker run -d --name web -p 8080:80 nginx:1.30
docker logs — konteyner nima deyapti
Konteyner ichidagi asosiy jarayon ekranga (stdout va stderr oqimlariga)
yozgan hamma narsani Docker saqlab boradi. Ularni docker logs ko’rsatadi.
Avval bir nechta so’rov yuboring — ulardan biri mavjud bo’lmagan sahifaga:
curl -s http://localhost:8080 > /dev/null
curl -s http://localhost:8080/yoq > /dev/null
PowerShell’da /dev/null yo’q — uning o’rniga > $null yozing.
Keyin loglarning oxirgi qatorlarini o’qing:
docker logs --tail 3 web
172.17.0.1 - - [07/Nov/2026:20:06:49 +0000] "GET / HTTP/1.1" 200 896 "-" "curl/8.22.0" "-"
2026/11/07 20:06:49 [error] 31#31: *3 open() "/usr/share/nginx/html/yoq" failed (2: No such file or directory), client: 172.17.0.1, server: localhost, request: "GET /yoq HTTP/1.1", host: "localhost:8080"
172.17.0.1 - - [07/Nov/2026:20:06:49 +0000] "GET /yoq HTTP/1.1" 404 153 "-" "curl/8.22.0" "-"
Har qatorda so’rov, uning javob kodi (200, 404) va Nginx’ning xato
sababi bor. --tail 3 faqat oxirgi uch qatorni oladi; usiz docker logs
konteyner ishga tushgandan beri yozilgan hamma narsani chiqaradi.
Loglarni jonli kuzatish uchun -f (follow) qo’shiladi:
docker logs -f web
Terminal band bo’ladi va har yangi so’rov darhol paydo bo’ladi.
Brauzerda sahifani yangilab ko’ring. Chiqish uchun Ctrl + C bosing —
bu faqat kuzatishni to’xtatadi, konteyner ishlashda davom etadi. Bu
Linux’dagi tail -f ga o’xshaydi
(faylni o’qish darsi).
Konteyner darhol to’xtasa
Loglar ayniqsa konteyner ishga tushmay qolganda kerak. Nginx’ga ataylab
xato buyruq beramiz — daemon off dan keyin nuqta-vergul tushib qolgan:
docker run -d --name broken nginx:1.30 nginx -g "daemon off"
Docker ID chiqaradi va jim qoladi. docker ps da esa konteyner yo’q.
docker ps -a haqiqatni ko’rsatadi:
CONTAINER ID IMAGE COMMAND CREATED STATUS PORTS NAMES
b1a58724b958 nginx:1.30 "/docker-entrypoint.…" 3 seconds ago Exited (1) 2 seconds ago broken
Exited (1) — jarayon xato bilan tugadi. Sababi logda:
docker logs broken
/docker-entrypoint.sh: Configuration complete; ready for start up
2026/11/07 20:07:10 [emerg] 1#1: unexpected end of parameter, expecting ";" in command line
nginx: [emerg] unexpected end of parameter, expecting ";" in command line
To’xtagan konteynerning ham loglari saqlanadi — u docker rm qilinmaguncha.
Tashxis tartibi doim bir xil: docker ps -a da holatni ko’ring, keyin
docker logs da sababini o’qing.
docker rm broken
docker exec — ishlab turgan konteyner ichiga kirish
docker exec ishlab turgan konteyner ichida qo’shimcha buyruq
bajaradi. Asosiy jarayon (Nginx) ishlashda davom etadi.
Bitta buyruq bajarish:
docker exec web ls /usr/share/nginx/html
50x.html
index.html
Bu Nginx ko’rsatayotgan sahifalar papkasi. index.html — siz brauzerda
ko’rgan “Welcome to nginx!” sahifasi.
Ichkarida terminal ochish uchun -it va qobiq nomi
beriladi:
docker exec -it web sh
# whoami
root
# hostname
089a39f7e399
# nginx -v
nginx version: nginx/1.30.6
# exit
# — konteyner ichidagi sh taklif belgisi. hostname konteyner ID’sining
qisqa ko’rinishini qaytardi: Docker uni konteynerning tarmoqdagi nomi qilib
qo’yadi. exit faqat sh dan chiqaradi, konteyner to’xtamaydi.
Ichkarida nima bor
Konteyner ichida to’liq Linux fayl tizimi bor va navigatsiya darsidagi buyruqlar ishlaydi:
docker exec web cat /etc/os-release
PRETTY_NAME="Debian GNU/Linux 13 (trixie)"
NAME="Debian GNU/Linux"
VERSION_ID="13"
...
nginx:1.30 image’i Debian ustiga qurilgan. Lekin bu to’liq Debian emas:
image’ga faqat Nginx ishlashi uchun kerak bo’lgan dasturlar qo’yilgan.
Masalan, jarayonlarni ko’rsatadigan ps yo’q:
docker exec web ps
OCI runtime exec failed: exec failed: unable to start container process: exec: "ps": executable file not found in $PATH
Bu xato emas, ataylab qilingan tanlov: image qanchalik kichik bo’lsa, u
shunchalik tez yuklanadi va unda zaiflik topiladigan dastur shunchalik
kam bo’ladi. Konteyner ichida biror vosita topilmasa, avval
executable file not found xabariga qarang.
Ichkarida cat, ls, env, nginx -t kabi buyruqlar bilan sozlamani
tekshirish odatiy ish. Masalan, Nginx sozlamasi to’g’riligini tekshirish:
docker exec web nginx -t
nginx: the configuration file /etc/nginx/nginx.conf syntax is ok
nginx: configuration file /etc/nginx/nginx.conf test is successful
docker inspect — konteyner haqida hamma ma’lumot
docker inspect konteynerning to’liq tavsifini JSON ko’rinishida beradi:
docker inspect web
[
{
"Id": "089a39f7e399d156ab486578b6f0d94e8dd07d5bc9afa8d79ba24d8701a0d39e",
"Created": "2026-11-07T20:06:19.455921118Z",
"Path": "/docker-entrypoint.sh",
"Args": [
"nginx",
"-g",
"daemon off;"
],
"State": {
"Status": "running",
"Running": true,
...
Natija yuzlab qator. Odatda undan bitta maydon kerak bo’ladi va u
--format bilan olinadi:
docker inspect --format '{{.State.Status}}' web
docker inspect --format '{{json .NetworkSettings.Ports}}' web
docker inspect --format '{{range .NetworkSettings.Networks}}{{.IPAddress}}{{end}}' web
running
{"80/tcp":[{"HostIp":"0.0.0.0","HostPort":"8080"},{"HostIp":"::","HostPort":"8080"}]}
172.17.0.5
Ko’p kerak bo’ladigan maydonlar:
| Maydon | Nima beradi |
|---|---|
.State.Status | running, exited, created |
.State.ExitCode | To’xtagan konteynerning chiqish kodi |
.RestartCount | Docker uni necha marta qayta ishga tushirgani |
.Config.Env | Muhit o’zgaruvchilari |
.NetworkSettings.Ports | Port xaritalash |
.NetworkSettings.Networks | Tarmoqlar va konteynerning IP manzili |
Ikki juft jingalak qavs ichidagi yozuv — Go tilining shablon sintaksisi. Hozircha uni tayyor retsept sifatida nusxalang: nuqta bilan JSON ichidagi yo’l ko’rsatiladi.
stop, start, restart
| Buyruq | Nima qiladi |
|---|---|
docker stop web | Asosiy jarayonga to’xtash signalini yuboradi, tugashini kutadi |
docker start web | To’xtagan konteynerni o’sha sozlamalar bilan qayta ishga tushiradi |
docker restart web | stop + start bitta buyruqda |
docker stop web
docker ps -a --filter name=web
CONTAINER ID IMAGE COMMAND CREATED STATUS PORTS NAMES
089a39f7e399 nginx:1.30 "/docker-entrypoint.…" 43 seconds ago Exited (0) Less than a second ago web
docker stop jarayonga avval tinch to’xtash imkonini beradi. Jarayon
10 soniya ichida tugamasa, Docker uni majburan to’xtatadi. Shuning uchun
ba’zi konteynerlarda stop bir necha soniya kutadi — bu normal.
start va restart konteynerni qayta yaratmaydi: ID, nom, port va
ichidagi fayllar o’sha-o’sha qoladi. Sozlamani (-p, -e) o’zgartirish
kerak bo’lsa, konteynerni o’chirib, yangi parametrlar bilan qayta
yaratasiz.
Amaliy mashq
Ataylab buzilgan konteynerni tashxislaysiz:
-
Yangi konteyner yarating:
docker run -d --name lab -p 8083:80 nginx:1.30vacurlbilan sahifa ochilishini tekshiring; -
Uning sozlama fayliga xato qator qo’shing:
docker exec lab sh -c 'echo "listen 80" >> /etc/nginx/conf.d/default.conf'; -
Nginx’ni qayta ishga tushirishdan oldin
docker exec lab nginx -tbilan sozlamani tekshiring va xabardan qaysi fayl, qaysi qatorda xato borligini toping; -
Shunga qaramay
docker restart labbering.docker psvadocker ps -ada konteyner holatini,docker inspectbilan.State.ExitCodemaydonini ko’ring:docker inspect --format '{{.State.ExitCode}}' lab1 -
docker logs --tail 2 labdan xato sababini o’qing, keyindocker exec -it lab shbilan ichkariga kirib tuzatishga urinib ko’ring va nega bu ishlamasligini tushuntiring; -
Konteynerni o’chirib, xuddi shu buyruq bilan qayta yarating va sahifa yana ochilishini tekshiring. Oxirida
labvawebni o’chiring.
5-qadam eng muhimi: to’xtagan konteynerga kirib bo’lmaydi, shuning uchun
tashxis doim docker logs dan boshlanadi.
Qisqacha xulosa
docker logskonteynerning stdout va stderr chiqishini ko’rsatadi;-fjonli kuzatadi,--tailoxirgi qatorlarni oladi.- Konteyner darhol to’xtasa:
docker ps -adaExited (kod), sababidocker logsda. docker exec -it <nom> shishlab turgan konteyner ichida qobiq ochadi;exitkonteynerni to’xtatmaydi.- Image’lar kichik bo’ladi —
pskabi vositalar ichkarida bo’lmasligi mumkin. execbilan qilingan o’zgarish konteyner qayta yaratilganda yo’qoladi.docker inspect --formatJSON’dan kerakli maydonni oladi.stop/start/restartkonteynerni qayta yaratmaydi; parametrni o’zgartirish uchun konteyner qayta yaratiladi.
Keyingi darsda birinchi Dockerfile — o’z sahifangizni Nginx image’iga joylab, o’z image’ingizni qurasiz.