Docker image va konteyner: pull, run, ps, rm

O’rnatish darsida hello-world ishga tushdi, matn chiqardi va to’xtadi. Lekin u qayerdan keldi, to’xtagandan keyin qayerda qoldi, uni qanday o’chirish kerak? Bu darsda bitta image’dan bir nechta konteyner yaratasiz va ularni yaratilishidan o’chirilishigacha kuzatasiz.

Bitta nginx image'idan strelkalar orqali yaratilgan uchta alohida konteyner, ulardan ikkitasi ishlayapti va bittasi to'xtagan
Bitta image’dan istalgancha alohida konteyner yaratiladi, har birining o’z holati bor.

Image — shablon, konteyner — uning nusxasi

Docker nima darsida image va konteyner tushunchalari berilgan edi. Endi ularni amalda ajratamiz.

JavaScript’dagi klasslar bilan o’xshatish qulay: image — class, konteyner — new bilan yaratilgan obyekt. Klass bitta, obyekt istalgancha. Har obyektning o’z holati bor, bittasini o’zgartirish boshqasiga ta’sir qilmaydi.

ImageKonteyner
NimaFayllar va ishga tushirish buyrug’iImage’dan ishga tushirilgan jarayon
O’zgaradimiYo’q, faqat o’qiladiHa, ichida fayl yaratish mumkin
NechtaBittaBitta image’dan istalgancha
Ko’rishdocker imagesdocker ps -a

docker pull va teglar

Image registry’dan docker pull bilan olinadi:

docker pull nginx:1.30
1.30: Pulling from library/nginx
2fc2bc44a8d3: Pull complete
9c0452afd4ee: Pull complete
cbbdc282ecf5: Pull complete
...
Digest: sha256:42c68eab6f7e22611786a9fe1d1c019e275c50185bd54b8f75dc2b9184322703
Status: Downloaded newer image for nginx:1.30
docker.io/library/nginx:1.30

Image nomi ikki qismdan iborat: nginx — repozitoriy, 1.30 — teg. Har Pull complete qatori image’ning bitta qatlami; qatlamlar alohida darsda batafsil o’tiladi.

Bitta repozitoriyda ko’p teg bo’ladi. Nginx misolida:

TegMa’nosi
nginx:1.301.30 seriyasining eng so’nggi tuzatilgan versiyasi
nginx:1.30-alpineXuddi shu Nginx, lekin kichik Alpine Linux ustida
nginx:stableHozirgi barqaror seriya — vaqt o’tib o’zgaradi
nginx:latestTeg yozilmasa olinadigan standart teg

latest muammosi

Teg yozmasangiz, Docker latest ni qo’shadi: docker pull nginx aslida docker pull nginx:latest. Nomi “eng yangi” degani, lekin latest hech qanday kafolat bermaydi: u shunchaki repozitoriy egasi qaysi image’ga yopishtirgan yorliq.

Muammo vaqt o’tganda chiqadi:

  1. Bugun siz nginx bilan ishladingiz — u bitta versiya edi;
  2. Olti oydan keyin hamkasbingiz ham nginx ni oldi — unga boshqa, yangi versiya tushdi;
  3. Bitta Dockerfile ikki kompyuterda turli natija beradi. Docker hal qilishi kerak bo’lgan “menda ishlaydi” muammosi qaytib keldi.

Shuning uchun bu bo’limda teg doim aniq yoziladi: nginx:1.30, alpine:3.24. Istisno faqat hello-world — uning yagona vazifasi o’rnatishni tekshirish.

docker images — kompyuterdagi image’lar

docker images
IMAGE                ID             DISK USAGE   CONTENT SIZE   EXTRA
hello-world:latest   c567b231f656       25.9kB         9.49kB
nginx:1.30           42c68eab6f7e        242MB         66.5MB
UstunMa’nosi
IMAGERepozitoriy va teg
IDImage identifikatori (qisqa ko’rinishi)
DISK USAGEDiskda egallagan joy
CONTENT SIZERegistry’dan yuklangan siqilgan hajm
EXTRAU — image’dan konteyner foydalanmoqda

docker run — image’dan konteyner

Konteynerni ishga tushiring:

docker run nginx:1.30
/docker-entrypoint.sh: Configuration complete; ready for start up
2026/11/07 20:06:02 [notice] 1#1: using the "epoll" event method
2026/11/07 20:06:02 [notice] 1#1: nginx/1.30.6
2026/11/07 20:06:02 [notice] 1#1: start worker processes
...

Terminal band bo’lib qoldi: Nginx ishlayapti va loglarini to’g’ridan-to’g’ri ekranga chiqaryapti. Ctrl + C bossangiz, Nginx to’xtaydi va konteyner ham to’xtaydi.

hello-world o’zi to’xtagan edi, Nginx esa to’xtamadi. Sababi: konteyner asosiy jarayoni ishlab turguncha yashaydi. hello-world matn chiqarib tugadi; Nginx esa so’rov kutib turadigan server, u o’zi tugamaydi.

Terminalni band qilmaslik uchun konteynerni fonda va nom bilan ishga tushiramiz. -d va --name parametrlari keyingi darsda batafsil ko’riladi:

docker run -d --name web-1 nginx:1.30
ba3249ff552370e41a03305bf828b2d8ab51b9827bdd8d4afe2fee493c817b5c

Uzun satr — yangi konteynerning to’liq ID’si. Konteyner fonda ishlayapti.

docker ps va docker ps -a

Ishlab turgan konteynerlar ro’yxati:

docker ps
CONTAINER ID   IMAGE        COMMAND                  CREATED         STATUS         PORTS     NAMES
ba3249ff5523   nginx:1.30   "/docker-entrypoint.…"   5 seconds ago   Up 4 seconds   80/tcp    web-1

docker ps faqat ishlab turganlarni ko’rsatadi. Ctrl + C bilan to’xtatilgan birinchi konteyner va hello-world bu yerda yo’q. Hammasini ko’rish uchun -a qo’shiladi:

docker ps -a
CONTAINER ID   IMAGE         COMMAND                  CREATED          STATUS                      PORTS     NAMES
ba3249ff5523   nginx:1.30    "/docker-entrypoint.…"   20 seconds ago   Up 19 seconds               80/tcp    web-1
5f0c1e2d9a47   nginx:1.30    "/docker-entrypoint.…"   2 minutes ago    Exited (0) 1 minute ago               eager_turing
19d1f723b1ea   hello-world   "/hello"                 10 minutes ago   Exited (0) 10 minutes ago             vigilant_hopper

Uch narsaga e’tibor bering:

  • Exited (0) — konteyner to’xtagan, lekin o’chirilmagan. Qavs ichidagi son — chiqish kodi: 0 muvaffaqiyatli tugaganini bildiradi.
  • Nom berilmagan konteynerlarga Docker tasodifiy nom qo’yadi (eager_turing). Sizdagi nomlar boshqacha bo’ladi.
  • PORTS ustunidagi 80/tcp — Nginx konteyner ichida 80-portni tinglayapti. Hozircha u tashqaridan ochiq emas.

Hayot sikli

Konteyner bir necha holatdan o’tadi:

HolatSTATUS ustunidaQanday buyruq bilan
YaratilganCreateddocker create
IshlayaptiUp 4 secondsdocker start (yoki docker run)
To’xtaganExited (0) ...docker stop yoki jarayon o’zi tugadi
O’chirilganro’yxatda yo’qdocker rm

docker run aslida ikki buyruqning yig’indisi: docker create + docker start. Ularni alohida bajarib, har holatni ko’ring:

docker create --name web-2 nginx:1.30
docker ps -a --filter name=web-2
CONTAINER ID   IMAGE        COMMAND                  CREATED        STATUS    PORTS     NAMES
7a7e876940a2   nginx:1.30   "/docker-entrypoint.…"   1 second ago   Created             web-2
docker start web-2
docker stop web-2
docker ps -a --filter name=web-2
CONTAINER ID   IMAGE        COMMAND                  CREATED          STATUS                              PORTS     NAMES
7a7e876940a2   nginx:1.30   "/docker-entrypoint.…"   12 seconds ago   Exited (0) Less than a second ago             web-2

--filter name=web-2 ro’yxatni shu nomdagi konteynerlar bilan cheklaydi. docker start va docker stop buyruqlari muvaffaqiyatli bajarilsa, konteyner nomini qaytaradi.

To’xtagan konteyner yo’qolmaydi: uning fayllari va sozlamalari saqlanadi. docker start web-2 uni qayta ishga tushiradi.

Tozalash: rm, rmi, system df

To’xtagan konteyner docker rm bilan o’chiriladi:

docker rm web-2
web-2

Ishlab turgan konteynerni o’chirib bo’lmaydi:

docker rm web-1
Error response from daemon: cannot remove container "web-1": container is running: stop the container before removing or force remove

Avval to’xtating, keyin o’chiring. Yoki -f bilan ikkalasini bitta buyruqda bajaring:

docker rm -f web-1

Image docker rmi bilan o’chiriladi. Lekin undan yaratilgan konteyner (hatto to’xtagani ham) qolgan bo’lsa, Docker rad etadi:

docker rmi nginx:1.30
Error response from daemon: conflict: unable to delete nginx:1.30 (must be forced) - container 5f0c1e2d9a47 is using its referenced image 42c68eab6f7e

Xabar qaysi konteyner xalaqit berayotganini aytadi. Avval o’shani docker rm bilan o’chiring, keyin docker rmi ni takrorlang.

Docker diskda qancha joy egallaganini ko’rish:

docker system df
TYPE            TOTAL     ACTIVE    SIZE      RECLAIMABLE
Images          2         2         242MB     0B (0%)
Containers      2         0         81.9kB    81.9kB (100%)
Local Volumes   0         0         0B        0B
Build Cache     0         0         0B        0B

Bu natija web-1 va web-2 o’chirilgandan keyingi holat: diskda ikki image va ikki to’xtagan konteyner (eager_turing va hello-world dan qolgani) turibdi. To’xtagan konteyner ham image’ni “band” qiladi, shuning uchun ikkala image ACTIVE ustunida sanalgan. RECLAIMABLE — hech narsa ishlatmayotgan va o’chirsa bo’ladigan hajm.

Amaliy mashq

  1. docker pull nginx:1.30 bilan image’ni oling va docker images da ko’ring;
  2. Undan ikkita nomli konteyner yarating: docker run -d --name web-1 nginx:1.30 va xuddi shunday web-2;
  3. docker ps da ikkalasi ham Up holatida turganini tekshiring — bitta image, ikki mustaqil konteyner;
  4. web-1 ni docker stop bilan to’xtating va docker ps hamda docker ps -a natijalarini solishtiring;
  5. docker rmi nginx:1.30 ni sinab ko’ring va xato xabaridan qaysi konteyner xalaqit berayotganini toping;
  6. web-2 ni ham to’xtating, ikkala konteynerni docker rm bilan o’chiring va docker ps -a da web-1 va web-2 qolmaganini tekshiring. Image’ni qoldiring — keyingi darsda kerak bo’ladi.

4-qadam eng muhimi: to’xtagan konteyner docker ps da ko’rinmaydi, lekin diskda turadi va image’ni o’chirishga xalaqit beradi.

Qisqacha xulosa

  • Image — o’zgarmas shablon, konteyner — undan ishga tushirilgan jarayon; bitta image’dan istalgancha konteyner yaratiladi.
  • Image nomi repozitoriy:teg shaklida; teg yozilmasa latest olinadi.
  • latest versiyani kafolatlamaydi — loyihada teg doim aniq yoziladi.
  • Konteyner asosiy jarayoni ishlab turguncha yashaydi.
  • docker ps faqat ishlab turganlarni, docker ps -a hammasini ko’rsatadi.
  • Hayot sikli: Created → Up → Exited → docker rm bilan o’chirish.
  • Konteyner qolgan bo’lsa, uning image’ini docker rmi bilan o’chirib bo’lmaydi.

Keyingi darsda docker run parametrlari — fonda ishlatish, port ochish va Nginx’ni brauzerda ko’rish.

Bu dars foydali bo'ldimi?

—
— marta ko'rildi