Docker Compose: ilova va bazani bitta buyruqda
O’tgan darsda ilova va bazani ko’tarish uchun to’rtta buyruq yozdingiz: tarmoq, volume, MongoDB va ilova — har birida o’nlab parametr. Ertaga ularni xatosiz takrorlash, hamkasbga tushuntirish yoki tartibini eslab qolish qiyin. Docker Compose shu buyruqlarni bitta faylga yozadi va bitta buyruq bilan ishga tushiradi.
Nega Compose
O’tgan darsdagi buyruqlar:
docker network create task-net
docker run -d --name task-mongo --network task-net -v task-mongo-data:/data/db mongo:8
docker run -d --name task-api --network task-net -p 3000:3000 -e MONGODB_URI=mongodb://task-mongo:27017 task-api:2.0
Compose bilan hammasi faylda turadi, ishga tushirish esa:
docker compose up -d
Fayl loyiha bilan birga Git’da saqlanadi. Yangi dasturchi repozitoriyni yuklab oladi va bitta buyruq bilan ilovani bazasi bilan ko’taradi.
compose.yaml
task-api papkasida (Dockerfile yonida) compose.yaml yarating:
services:
app:
build: .
ports:
- "3000:3000"
env_file:
- .env
environment:
NODE_ENV: production
depends_on:
- mongo
mongo:
image: mongo:8
volumes:
- mongo-data:/data/db
volumes:
mongo-data:
Va .env faylini:
MONGODB_URI=mongodb://mongo:27017

YAML’da chekinish (bo’sh joylar) tuzilishni bildiradi — tab emas, bo’sh joy ishlating va bir xil darajadagi kalitlarni bir xil chekinish bilan yozing.
Kalitlar birma-bir
| Kalit | docker run dagi o’rnini bosadi | Vazifasi |
|---|---|---|
services | — | Konteynerlar ro’yxati |
build: . | docker build . | Image’ni shu papkadagi Dockerfile’dan yig’adi |
image: mongo:8 | docker run mongo:8 | Tayyor image’dan |
ports | -p | Portni kompyuterga chiqaradi |
environment | -e | Muhit o’zgaruvchilari |
env_file | --env-file | O’zgaruvchilarni fayldan o’qiydi |
volumes (servis ichida) | -v | Volume yoki papkani ulaydi |
volumes (yuqori darajada) | docker volume create | Nomli volume e’lon qiladi |
depends_on | — | Ishga tushirish tartibi |
E’tibor bering, faylda ikki narsa yo’q:
- tarmoq. Compose loyiha uchun tarmoqni o’zi yaratadi va hamma servislarni unga ulaydi;
- konteyner nomi. Servis nomi yetadi:
.envdagimongodb://mongo:27017dagimongo— servis nomi.
ports qiymatini qo’shtirnoqda yozing ("3000:3000"). Tirnoqsiz YAML
ba’zi son:son juftliklarini vaqt yoki boshqa son sifatida o’qishi
mumkin.
environment va env_file
Ikkalasi ham konteynerga muhit o’zgaruvchisi beradi. Farq — qiymat qayerda yoziladi:
environment— qiymatcompose.yamlning o’zida. Sir bo’lmagan sozlamalar uchun:NODE_ENV,PORT;env_file— qiymat alohida faylda. Parol, kalit va ulanish satri uchun:.envGit’ga tushmaydi,compose.yamlesa tushadi.
.env .gitignore da va .dockerignore da bo’lishi kerak.
7-darsda ko’rganingizdek, u
image ichiga tushmasligi kerak: Compose qiymatlarni konteyner ishga
tushayotganda beradi.
Tekshirish:
docker compose exec app printenv NODE_ENV MONGODB_URI
production
mongodb://mongo:27017
docker compose up
docker compose up -d
Image task-api-app Built
Network task-api_default Creating
Network task-api_default Created
Volume task-api_mongo-data Creating
Volume task-api_mongo-data Created
Container task-api-mongo-1 Creating
Container task-api-mongo-1 Created
Container task-api-app-1 Creating
Container task-api-app-1 Created
Container task-api-mongo-1 Starting
Container task-api-mongo-1 Started
Container task-api-app-1 Starting
Container task-api-app-1 Started
Compose to’rt ish qildi: image’ni yig’di, tarmoq va volume yaratdi,
ikkala konteynerni ishga tushirdi. mongo app dan oldin ishga tushdi —
buni depends_on belgiladi.
Nomlar loyiha nomidan olinadi. Loyiha nomi — papka nomi (task-api):
| Resurs | Nom |
|---|---|
| Tarmoq | task-api_default |
| Volume | task-api_mongo-data |
| Konteynerlar | task-api-app-1, task-api-mongo-1 |
| Image | task-api-app |
-d — fonda ishlash, docker run dagi kabi.
Usiz Compose hamma servislarning logini terminalga chiqarib turadi va
Ctrl + C ularni to’xtatadi.
Tekshirish:
curl -X POST http://localhost:3000/api/tasks -H "Content-Type: application/json" -d '{"title":"Compose bilan"}'
{"_id":"6aef8e76bf81b3789035be91","title":"Compose bilan","isDone":false}
ps va logs
docker compose ps
NAME IMAGE COMMAND SERVICE CREATED STATUS PORTS
task-api-app-1 task-api-app "docker-entrypoint.s…" app 7 seconds ago Up 6 seconds 0.0.0.0:3000->3000/tcp, [::]:3000->3000/tcp
task-api-mongo-1 mongo:8 "docker-entrypoint.s…" mongo 7 seconds ago Up 7 seconds 27017/tcp
docker ps dan farqi — faqat shu loyihaning konteynerlari va SERVICE
ustuni.
Loglar servis nomi bilan olinadi:
docker compose logs app
app-1 | Server ishga tushdi: 3000-portda
docker compose logs -f hamma servislar logini oqim sifatida
ko’rsatadi, har qator boshida servis nomi bilan. MongoDB juda ko’p
yozadi, shuning uchun odatda servis nomi beriladi: logs -f app.
Konteyner ichida buyruq ham servis nomi bilan:
docker compose exec mongo mongosh --quiet taskdb --eval 'db.tasks.countDocuments()'
1
down: to’xtatish va tozalash
docker compose down
Container task-api-app-1 Stopping
Container task-api-app-1 Stopped
Container task-api-app-1 Removing
Container task-api-app-1 Removed
Container task-api-mongo-1 Stopping
Container task-api-mongo-1 Stopped
Container task-api-mongo-1 Removing
Container task-api-mongo-1 Removed
Network task-api_default Removing
Network task-api_default Removed
Konteynerlar va tarmoq o’chdi. Volume esa ro’yxatda yo’q — u qoldi. Qayta ko’taring:
docker compose up -d
curl http://localhost:3000/api/tasks
[{"_id":"6aef8e76bf81b3789035be91","title":"Compose bilan","isDone":false}]
Konteynerlar yangi, ma’lumot eski — volume darsidagi natija endi bitta buyruq bilan.
| Buyruq | Nima qiladi |
|---|---|
docker compose up -d | Yig’adi (kerak bo’lsa), yaratadi, ishga tushiradi |
docker compose ps | Loyiha konteynerlari holati |
docker compose logs -f app | Servis logi oqimi |
docker compose exec app sh | Servis konteyneri ichiga kirish |
docker compose stop | To’xtatadi, o’chirmaydi |
docker compose down | Konteyner va tarmoqni o’chiradi, volume qoladi |
docker compose down -v | Volume’larni ham o’chiradi |
Kod o’zgarganda: —build
server.js ni o’zgartirib docker compose up -d qilsangiz, eski kod
ishlashda davom etadi:
Container task-api-mongo-1 Running
Container task-api-app-1 Running
Image allaqachon bor — Compose uni qayta yig’maydi. Kod o’zgarganda
--build qo’shing:
docker compose up -d --build
Image task-api-app Building
Image task-api-app Built
Container task-api-mongo-1 Running
Container task-api-app-1 Recreate
Container task-api-app-1 Recreated
Container task-api-app-1 Starting
Container task-api-app-1 Started
Faqat app qayta yaratildi. mongo o’zgarmagan — u to’xtamadi ham.
Qayta build qatlam keshidan foydalanadi,
shuning uchun tez.
depends_on nima kafolatlaydi
depends_on: [mongo] faqat tartibni belgilaydi: mongo konteyneri
app dan oldin ishga tushadi. Lekin konteyner ishga tushdi degani
MongoDB ulanishni qabul qilishga tayyor degani emas — unga bir necha
soniya kerak.
Bu ilovada driver serverSelectionTimeoutMS: 5000 davomida qayta
urinadi va baza odatda shu vaqt ichida tayyor bo’ladi. Baza sekinroq
ko’tarilsa, ilova Bazaga ulanib bo'lmadi deb chiqib ketadi.
Amaliy mashq
task-apipapkasidacompose.yamlva.envyarating,.envni.gitignoreva.dockerignorega qo’shing;docker compose up -dbilan ko’taring vadocker network lshamdadocker volume lsda Compose yaratgan nomlarni toping;curlbilan ikkita vazifa qo’shing vadocker compose exec mongo mongoshbilan bazada borligini tekshiring;docker compose downvaup -dqilib, vazifalar saqlanganini tasdiqlang;server.jsdagi/healthjavobini o’zgartiring, avval--buildsiz, keyin--buildbilan ko’taring va farqnicurlbilan ko’ring;.envnomini vaqtincha o’zgartiribdocker compose up -dqiling va xatoni o’qing, so’ng qaytaring.
4-qadam bo’limning asosiy natijasi: konteynerlar har safar yangidan yaratiladi, ma’lumot esa volume’da qoladi.
Qisqacha xulosa
compose.yamlbir nechtadocker runbuyrug’ini bitta faylga yig’adi; fayl Git’da loyiha bilan birga turadi.- Buyruq
docker compose(v2),docker-composeemas;version:qatori yozilmaydi. - Compose loyiha uchun tarmoqni o’zi yaratadi — servis nomi
(
mongo) ulanish manzili bo’ladi. environment— sir bo’lmagan sozlama,env_file—.envdagi sirlar;.envGit’ga ham, image’ga ham tushmaydi.up -dko’taradi,psvalogskuzatadi,downo’chiradi; volumedown -vbo’lmasa saqlanadi.- Kod o’zgarganda
docker compose up -d --build. depends_onfaqat tartibni beradi, baza tayyorligini emas.
Keyingi darsda yakuniy loyiha — Express va MongoDB ilovasini to’liq Docker’ga o’tkazamiz.