Linux ruxsatlari: chmod, chown va sudo
Skript yozdingiz, ishga tushirdingiz — javob Permission denied. Serverda
konfig faylni saqlamoqchi bo’ldingiz — yana o’sha xato. Linux’da har
fayl kimga tegishli va kim u bilan nima qila olishi yozib qo’yilgan. Bu
yozuvni o’qishni bilsangiz, eng ko’p uchraydigan xatolardan biri bir
daqiqada hal bo’ladi.
Foydalanuvchi va guruh
Linux bir vaqtda ko’p foydalanuvchiga mo’ljallangan. Har jarayon kimdir nomidan ishlaydi, har faylning egasi bor.
Kimligingiz va qaysi guruhlarda ekaningizni id ko’rsatadi:
id
uid=1000(aziz) gid=1000(aziz) groups=1000(aziz),27(sudo)
uid=1000(aziz)— foydalanuvchi raqami va nomi;gid=1000(aziz)— asosiy guruh (Ubuntu har foydalanuvchiga o’z nomi bilan guruh ochadi);groups=...— a’zo bo’lgan barcha guruhlar.sudoguruhi muhim — pastda ko’ramiz.
WSL’da guruhlar ro’yxati uzunroq bo’lishi mumkin (adm, video va
boshqalar). Asosiysi — sudo u yerda bo’lsin.
ls -l satrini o’qish
Navigatsiya darsida ls -l ning birinchi ustuniga
to’xtalmagan edik. Endi o’sha ustunni o’qiymiz:
ls -l /etc/hostname /etc/shadow
-rw-r--r-- 1 root root 7 Nov 8 10:05 /etc/hostname
-rw-r----- 1 root shadow 572 Nov 8 10:05 /etc/shadow

Birinchi ustundagi o’n belgi to’rt qismga bo’linadi. -rwxr-xr-- misolida:
| Qism | Belgilar | Kimga tegishli |
|---|---|---|
| Tur | - | - — fayl, d — papka, l — havola |
| Egasi (user) | rwx | Faylning egasi |
| Guruh (group) | r-x | Fayl guruhining a’zolari |
| Boshqalar (others) | r-- | Qolgan hamma |
Uchinchi va to’rtinchi ustunlar — egasi va guruhi. /etc/hostname
ning egasi root, guruhi root. /etc/shadow da (unda parol xeshlari
saqlanadi) boshqalar uchun hech qanday ruxsat yo’q: ---.
Shuning uchun oddiy foydalanuvchi uni o’qiy olmaydi:
cat /etc/shadow
cat: /etc/shadow: Permission denied
r, w, x nimani anglatadi
Uch harf fayl va papka uchun biroz boshqacha ma’no beradi:
| Harf | Faylda | Papkada |
|---|---|---|
r (read) | Mazmunini o’qish | Ichidagi nomlarni ko’rish (ls) |
w (write) | O’zgartirish | Ichida fayl yaratish, o’chirish, nomlash |
x (execute) | Dastur sifatida ishga tushirish | Ichiga kirish (cd) |
- | Ruxsat yo’q | Ruxsat yo’q |
Papkadagi w ning muhim nozikligi bor: faylni o’chirish huquqi faylning
o’zidan emas, u turgan papkadan olinadi.
Uy papkalar boshqalar uchun yopiq:
ls -ld /home/aziz
drwxr-x--- 2 aziz aziz 4096 Nov 8 10:05 /home/aziz
Boshqalar uchun ---: tizimdagi boshqa foydalanuvchi (guest) sizning
papkangizga qaray olmaydi:
ls: cannot open directory '/home/aziz': Permission denied
Skriptni bajariladigan qilish: chmod +x
nano hello.sh bilan fayl yarating va ichiga yozing:
#!/bin/bash
echo "Salom, Linux!"
Birinchi qator — shebang: tizimga faylni qaysi dastur bajarishini aytadi. Skriptlar Bash skript darsida batafsil ko’riladi; hozir bizni faqat ruxsat qiziqtiradi.
Ishga tushirib ko’ring:
./hello.sh
bash: ./hello.sh: Permission denied
./ — “hozirgi papkadagi” degani. Sabab ruxsatda:
ls -l hello.sh
-rw-r--r-- 1 aziz aziz 33 Nov 8 10:30 hello.sh
Hech kimda x yo’q. Yangi fayllar standart holda bajarilmaydigan
yaratiladi. Ba’zi tizimlarda guruhda ham w turadi (-rw-rw-r--) —
bu yangi fayllarga beriladigan standart ruxsat sozlamasiga (umask)
bog’liq. Quyidagi misollarda natija bitta harfga farq qilsa, sabab shu. chmod (change mode) bilan ruxsat qo’shing:
chmod +x hello.sh
ls -l hello.sh
-rwxr-xr-x 1 aziz aziz 33 Nov 8 10:30 hello.sh
./hello.sh
Salom, Linux!
chmod harflar bilan
+x — qisqa yozuv. To’liq shaklda kimga (u — egasi, g — guruh,
o — boshqalar, a — hammaga), qo’shish yoki olish (+, -) va
qaysi ruxsat yoziladi. Bir nechta o’zgarish vergul bilan ajratiladi:
chmod u+x,g-w,o-r hello.sh
ls -l hello.sh
-rwxr-x--x 1 aziz aziz 33 Nov 8 10:30 hello.sh
Egaga x qo’shildi (allaqachon bor edi), guruhdan w olindi (yo’q edi),
boshqalardan r olindi. Harfli shakl bitta ruxsatni o’zgartirib, qolganiga
tegmaslik kerak bo’lganda qulay.
chmod raqamlar bilan
Har ruxsatning raqami bor: r = 4, w = 2, x = 1. Bitta guruh
uchun raqamlar qo’shiladi:
| Belgilar | Hisob | Raqam |
|---|---|---|
rwx | 4 + 2 + 1 | 7 |
rw- | 4 + 2 | 6 |
r-x | 4 + 1 | 5 |
r-- | 4 | 4 |
--- | 0 | 0 |
Uch raqam ketma-ket yoziladi: egasi, guruh, boshqalar. Shunday qilib
-rwxr-xr-- — 754:
chmod 754 hello.sh
ls -l hello.sh
-rwxr-xr-- 1 aziz aziz 33 Nov 8 10:30 hello.sh
Amalda to’rtta kombinatsiya ko’p uchraydi:
| Raqam | Satr | Qayerda |
|---|---|---|
644 | rw-r--r-- | Oddiy fayllar: HTML, konfig, kod |
755 | rwxr-xr-x | Skriptlar va papkalar |
600 | rw------- | Maxfiy fayl: .env, SSH kaliti |
700 | rwx------ | Faqat sizga tegishli papka |
Oldingi darsda nano bilan yaratilgan app.conf ni maxfiy qilamiz:
chmod 600 app.conf
ls -l app.conf
-rw------- 1 aziz aziz 30 Nov 8 10:30 app.conf
Endi faylni faqat siz o’qiy va o’zgartira olasiz. Parol yoki token saqlanadigan fayllar uchun aynan shu holat kerak.
sudo — vaqtinchalik administrator
Tizim fayllari root ga tegishli. Oddiy foydalanuvchi ularni
o’zgartira olmaydi:
touch /etc/test.conf
touch: cannot touch '/etc/test.conf': Permission denied
Buyruq oldiga sudo qo’shing:
sudo whoami
[sudo] password for aziz:
root
Parol so’raladi — bu root paroli emas, sizning parolingiz: WSL’ni
o’rnatishda kiritganingiz. Yozilganda ekranda ko’rinmaydi. whoami javobi root:
buyruq administrator nomidan bajarildi.
Parol bir necha daqiqa eslab qolinadi — shu oraliqda keyingi sudo
qayta so’ramaydi:
sudo touch /etc/test.conf
ls -l /etc/test.conf
-rw-r--r-- 1 root root 0 Nov 8 10:35 /etc/test.conf
sudo bilan yaratilgan fayl root ga tegishli bo’ldi. Paketlarni
o’rnatish ham shunday ishlaydi: Node.js o’rnatish
darsidagi sudo apt install buyrug’i aynan shu sababli sudo bilan
boshlanadi.
Egani almashtirish: chown
chown (change owner) fayl egasini va guruhini o’zgartiradi. Yozilishi —
egasi:guruh. Boshqa birovga tegishli faylni o’zgartirish uchun sudo
kerak:
chown aziz /etc/test.conf
chown: changing ownership of '/etc/test.conf': Operation not permitted
sudo chown aziz:aziz /etc/test.conf
ls -l /etc/test.conf
-rw-r--r-- 1 aziz aziz 0 Nov 8 10:35 /etc/test.conf
Endi fayl sizniki va uni sudo siz tahrirlay olasiz.
Papka butun ichidagisi bilan -R bayrog’i orqali beriladi. Serverda
sayt fayllarini o’z foydalanuvchingizga o’tkazish odatiy holat:
sudo mkdir -p /var/www/app
sudo chown -R aziz:aziz /var/www/app
ls -ld /var/www/app
drwxr-xr-x 2 aziz aziz 4096 Nov 8 10:36 /var/www/app
Mashqdan keyin sinov faylini o’chiring:
sudo rm /etc/test.conf
Amaliy mashq
idbuyrug’i bilan foydalanuvchi raqamingizni va guruhlaringizni toping —sudoguruhi bormi?nano hello.shbilan yuqoridagi skriptni yozing,./hello.shbilanPermission deniedxatosini oling vals -lda sababini ko’rsating.- Xatoni
chmod u+xbilan tuzating —777siz — va skriptni qayta ishga tushiring. - Quyidagi satrlarni raqamga o’giring:
rw-r--r--,rwxr-x---,rw-------,rwxrwxr-x. Keyin teskarisi:750va640ni harflarga. .envnomli fayl yaratib, unga faqat o’zingiz o’qib-yoza oladigan ruxsat bering vals -lbilan tekshiring.sudo mkdir /opt/demobilan papka yarating,ls -ldda egasini ko’ring, so’ngsudo chownbilan uni o’zingizga o’tkazing va ichidasudosiztouch /opt/demo/test.txtbajaring.
4-qadam eng muhimi: raqam va harf orasida tez o’gira olgan odam serverda
ls -l satrini bir qarashda tushunadi.
Qisqacha xulosa
- Har faylning egasi va guruhi bor;
idsizning kimligingizni ko’rsatadi. ls -ldagi satr to’rt qism: tur, egasi, guruh, boshqalar — har biri uchunrwx.- Faylda
x— ishga tushirish, papkadax— ichiga kirish; faylni o’chirish huquqi papkadagiwdan olinadi. Permission deniedbergan skriptchmod +xbilan tuzatiladi.- Raqamlar:
r= 4,w= 2,x= 1;644— fayl,755— skript va papka,600— maxfiy fayl. chmod 777xatoni yashiradi, lekin xavfsizlik teshigi ochadi.sudobitta buyruqnirootnomidan bajaradi,chownegani almashtiradi.
Keyingi darsda yo’naltirish, pipe va qidiruv — buyruqlarni zanjirga ulash va logdan kerakli qatorni topish.