Bash skript yozish va yakuniy loyiha: backup skripti
Har kuni kechqurun loyiha papkasini arxivlaysiz: tar buyrug’i, sanali
nom, eski arxivlarni tozalash. Besh buyruq, har safar qo’lda — va bir
kun ulardan biri unutiladi. Buyruqlarni bitta faylga yozsangiz, ish
bitta qatorga qisqaradi va har safar bir xil bajariladi. Bu darsda
Bash skript yozishni o’rganasiz va bo’limni yakuniy loyiha — zaxira
nusxa (backup) skripti bilan yopasiz.
Skript nima
Mashq uchun papka oching va birinchi skriptni yozing:
mkdir -p ~/lab
cd ~/lab
nano hello.sh
#!/usr/bin/env bash
# Birinchi skript
echo "Salom, $USER!"
echo "Bugun: $(date +%Y-%m-%d)"
echo "Papka: $(pwd)"
# bilan boshlangan qator — izoh, u bajarilmaydi. Birinchi qator esa
alohida ma’noga ega.
Shebang
#!/usr/bin/env bash — “PATH dan bash ni topib, shu bilan bajar”.
#!/bin/bash shakli ham ko’p uchraydi. Ikkalasi Ubuntu’da bir xil
ishlaydi; env varianti bash boshqa joyda o’rnatilgan tizimlarda ham
topadi.
Shebang bo’lmasa, skript sizning hozirgi shell’ingiz bilan bajariladi — Bash’ga xos yozuvlar boshqa shell’da buzilishi mumkin.
Skriptni ishga tushirish
Fayl tayyor, lekin hali bajariladigan emas:
./hello.sh
bash: ./hello.sh: Permission denied
Bu xato ruxsatlar va sudo darsida
ko’rilgan: faylda x ruxsati yo’q. Bering:
chmod +x hello.sh
./hello.sh
Salom, aziz!
Bugun: 2026-11-07
Papka: /home/aziz/lab
O’zgaruvchi va buyruq natijasi
Skriptdagi o’zgaruvchi terminaldagidek yoziladi: = atrofida bo’sh
joysiz. Nomlar KATTA_HARF bilan:
BACKUP_DIR="$HOME/backups"
KEEP_DAYS=7
echo "Arxivlar: $BACKUP_DIR, $KEEP_DAYS kun saqlanadi"
$(...) ichidagi buyruq bajariladi va uning natijasi o’rniga qo’yiladi.
hello.sh dagi $(date +%Y-%m-%d) shunday ishladi:
TODAY=$(date +%Y-%m-%d)
FILE_COUNT=$(ls | wc -l)
Argumentlar: $1, $#, $0
Skriptga ham buyruq kabi argument berish mumkin. Ichkarida ular maxsus o’zgaruvchilarda turadi:
| O’zgaruvchi | Nima saqlaydi |
|---|---|
$1, $2, … | Birinchi, ikkinchi argument |
$# | Argumentlar soni |
$0 | Skriptning o’z nomi |
greet.sh:
#!/usr/bin/env bash
NAME="$1"
echo "Skript nomi: $0"
echo "Argumentlar soni: $#"
echo "Salom, $NAME!"
chmod +x greet.sh
./greet.sh Aziz
Skript nomi: ./greet.sh
Argumentlar soni: 1
Salom, Aziz!
Argumentsiz:
./greet.sh
Skript nomi: ./greet.sh
Argumentlar soni: 0
Salom, !
Skript xato bermadi, lekin natija buzuq. Argument kelganini tekshirish
— skript muallifining vazifasi. Buning uchun if kerak.
if va shart tekshiruvi
#!/usr/bin/env bash
if [ -z "$1" ]; then
echo "Papka nomini bering" >&2
exit 1
fi
if [ -d "$1" ]; then
echo "$1 — papka"
elif [ -f "$1" ]; then
echo "$1 — fayl"
else
echo "$1 topilmadi" >&2
exit 1
fi
Bu faylni check.sh deb saqlang va sinang:
chmod +x check.sh
./check.sh /etc
./check.sh /etc/hostname
./check.sh /yoq
/etc — papka
/etc/hostname — fayl
/yoq topilmadi
[ ... ] ichida eng ko’p ishlatiladigan tekshiruvlar:
| Shart | Qachon rost |
|---|---|
[ -d "$DIR" ] | Bunday papka bor |
[ -f "$FILE" ] | Bunday oddiy fayl bor |
[ -z "$TEXT" ] | Matn bo’sh |
[ "$A" = "$B" ] | Matnlar teng |
[ $# -eq 1 ] | Son teng (-ne — teng emas, -gt — katta, -lt — kichik) |
[ ! -d "$DIR" ] | ! shartni teskari qiladi: papka yo’q |
>&2 — xabarni stdout emas, stderr’ga yuborish. Bu
pipe va qidiruv darsidagi oqimlar: xato
xabari xatolar kanaliga tushadi.
for — takrorlash
for ro’yxatdagi har element uchun bir xil buyruqlarni bajaradi:
for NAME in Aziz Dilnoza Bekzod; do
echo "Salom, $NAME"
done
Salom, Aziz
Salom, Dilnoza
Salom, Bekzod
Ro’yxat o’rnida fayl shabloni ham bo’lishi mumkin —
fayl va papka bilan ishlash darsidagi *.
count.sh papkadagi har .txt faylning qatorlarini sanaydi:
#!/usr/bin/env bash
for FILE in *.txt; do
LINES=$(wc -l < "$FILE")
echo "$FILE: $LINES qator"
done
printf "a\nb\n" > notes.txt
printf "x\ny\nz\n" > todo.txt
chmod +x count.sh
./count.sh
notes.txt: 2 qator
todo.txt: 3 qator
Chiqish kodi va set -e
Har buyruq tugaganda son qaytaradi — chiqish kodi. 0 —
muvaffaqiyat, boshqa har qanday son — xato. Oxirgi buyruqning kodi
$? da turadi:
ls /etc > /dev/null
echo $?
ls /yoq
echo $?
0
ls: cannot access '/yoq': No such file or directory
2
Skript o’z kodini exit bilan qaytaradi. check.sh dagi exit 1
shunday ishlaydi: boshqa skript yoki dastur $? ga qarab, ish
muvaffaqiyatli bo’lganini biladi.
Muammo shundaki, Bash standart holda xatodan keyin to’xtamaydi.
Quyidagini nosete.sh deb saqlang va chmod +x bilan ishga tushiring:
#!/usr/bin/env bash
cd /papka-yoq
echo "Bu qator bajarildi"
./nosete.sh: line 2: cd: /papka-yoq: No such file or directory
Bu qator bajarildi
cd muvaffaqiyatsiz bo’ldi, skript esa davom etdi. Keyingi qator
rm bo’lganda u noto’g’ri papkada fayllarni o’chirgan bo’lardi.
set -e skriptni birinchi xatoda to’xtatadi. Ikkinchi nusxa — sete.sh:
#!/usr/bin/env bash
set -e
cd /papka-yoq
echo "Bu qator bajarildi"
./sete.sh: line 3: cd: /papka-yoq: No such file or directory
echo bajarilmadi, skript 1 kodi bilan chiqdi. Fayl o’chiradigan yoki
serverda ishlaydigan har skript set -e bilan boshlansin.
Yakuniy loyiha: backup.sh
Bo’limda o’rganilgan hamma narsa bitta foydali vositaga yig’iladi.
Topshiriq. backup.sh <papka> skriptini yozing:
- Berilgan papkani
~/backupsichiga sanali.tar.gzarxivga joylaydi:notes-app-2026-11-07_20-44-58.tar.gz; - Shu papkaning 7 kundan eski arxivlarini o’chiradi;
- Har qadamni vaqt bilan
~/backups/backup.logga yozadi.
Baholash mezoni:
| Mezon | Qanday tekshiriladi |
|---|---|
| Argument tekshiruvi | Argumentsiz va mavjud bo’lmagan papka bilan chaqirilganda tushunarli xabar va 1 kodi |
| Xato holati | Arxivlash buzilsa, chala arxiv qolmaydi, xato logga yoziladi, kod 0 emas |
| Log | Har ishga tushish boshlanish, arxiv nomi va yakun qatorlarini qoldiradi |
| Eski arxivlar | 7 kundan eskilari o’chadi, yangilari qoladi |
Yangi buyruqlar. Skriptda uchta yordamchi buyruq bor:
Skriptda yana bir yangi narsa — funksiya. log takrorlanadigan
qatorni bitta nomga yig’adi: log "matn" deb chaqirilganda funksiya
ichidagi $1 shu matnga teng bo’ladi.
Skript:
#!/usr/bin/env bash
# Papkani sanali .tar.gz arxivga joylaydi va eski arxivlarni o'chiradi.
# Foydalanish: ./backup.sh <papka>
set -e
BACKUP_DIR="$HOME/backups"
LOG_FILE="$BACKUP_DIR/backup.log"
KEEP_DAYS=7
# Xabarni vaqt bilan log faylga yozadi
log() {
echo "$(date "+%Y-%m-%d %H:%M:%S") $1" >> "$LOG_FILE"
}
# 1. Argumentni tekshirish
if [ $# -ne 1 ]; then
echo "Foydalanish: $0 <papka>" >&2
exit 1
fi
SOURCE_DIR="$1"
if [ ! -d "$SOURCE_DIR" ]; then
echo "Xato: $SOURCE_DIR papkasi topilmadi" >&2
exit 1
fi
# 2. Arxiv nomini tayyorlash
mkdir -p "$BACKUP_DIR"
NAME=$(basename "$SOURCE_DIR")
DATE=$(date +%Y-%m-%d_%H-%M-%S)
ARCHIVE="$BACKUP_DIR/$NAME-$DATE.tar.gz"
log "Boshlandi: $SOURCE_DIR"
# 3. Arxivlash
if ! tar -czf "$ARCHIVE" -C "$(dirname "$SOURCE_DIR")" "$NAME"; then
rm -f "$ARCHIVE"
log "XATO: arxivlab bo'lmadi, chala arxiv o'chirildi"
echo "Xato: arxivlab bo'lmadi, tafsilot: $LOG_FILE" >&2
exit 1
fi
SIZE=$(du -h "$ARCHIVE" | cut -f 1)
log "Arxiv: $ARCHIVE ($SIZE)"
# 4. Eski arxivlarni o'chirish
DELETED=0
for OLD_FILE in $(find "$BACKUP_DIR" -name "$NAME-*.tar.gz" -mtime +"$KEEP_DAYS"); do
rm "$OLD_FILE"
log "O'chirildi: $OLD_FILE"
DELETED=$((DELETED + 1))
done
log "Tugadi. O'chirilgan eski arxivlar: $DELETED"
echo "Tayyor: $ARCHIVE"
Har qism qaysi darsdan kelganini ko’ring:
>&2,>>vacut— pipe va qidiruv;find -mtime +7— o’sha dars,findbo’limi;$HOME— muhit o’zgaruvchilari;notes-app(nisbiy) va~/notes-app(mutlaq) yo’llar — ikkalasi ham ishlaydi, fayl tizimi va navigatsiya darsidagi farq;mkdir -p,rm— fayl va papka bilan ishlash;chmod +x— ruxsatlar va sudo.
if ! tar ... — ! shartni teskari qiladi: “agar tar muvaffaqiyatsiz
bo’lsa”. if ichidagi buyruq set -e ni ishga tushirmaydi, shuning
uchun skript to’xtashdan oldin chala arxivni o’chirib, xatoni logga
yozishga ulguradi. $((...)) — butun sonlar bilan hisob.
Tekshirish rejasi
Skriptni uy papkangizga backup.sh deb saqlang va ruxsat bering:
cd ~
chmod +x backup.sh
mkdir -p notes-app/src
echo "app.listen(3000)" > notes-app/src/app.js
echo "# Loyiha" > notes-app/README.md
1. Argument tekshiruvi:
./backup.sh
echo $?
./backup.sh no-such-dir
echo $?
Foydalanish: ./backup.sh <papka>
1
Xato: no-such-dir papkasi topilmadi
1
2. Oddiy ishga tushirish:
./backup.sh notes-app
cat ~/backups/backup.log
Tayyor: /home/aziz/backups/notes-app-2026-11-07_20-44-58.tar.gz
2026-11-07 20:44:58 Boshlandi: notes-app
2026-11-07 20:44:58 Arxiv: /home/aziz/backups/notes-app-2026-11-07_20-44-58.tar.gz (4.0K)
2026-11-07 20:44:58 Tugadi. O'chirilgan eski arxivlar: 0
Arxiv ichini oching:
tar -tzf ~/backups/notes-app-*.tar.gz
notes-app/
notes-app/README.md
notes-app/src/
notes-app/src/app.js
3. Eski arxivlarni o’chirish. Sakkiz kun kutmaslik uchun touch -d
bilan faylga eski sana beramiz — 10 va 3 kun oldingi ikki “arxiv”:
touch -d "10 days ago" ~/backups/notes-app-2026-10-28_09-00-00.tar.gz
touch -d "3 days ago" ~/backups/notes-app-2026-11-04_09-00-00.tar.gz
./backup.sh ~/notes-app
ls ~/backups
Tayyor: /home/aziz/backups/notes-app-2026-11-07_20-45-00.tar.gz
backup.log
notes-app-2026-11-04_09-00-00.tar.gz
notes-app-2026-11-07_20-44-58.tar.gz
notes-app-2026-11-07_20-45-00.tar.gz
10 kunlik arxiv o’chdi, 3 kunligi qoldi. Log:
tail -2 ~/backups/backup.log
2026-11-07 20:45:00 O'chirildi: /home/aziz/backups/notes-app-2026-10-28_09-00-00.tar.gz
2026-11-07 20:45:00 Tugadi. O'chirilgan eski arxivlar: 1
4. Xato holati. O’qib bo’lmaydigan faylli papka yarating:
mkdir -p secret
echo "test" > secret/data.txt
chmod 000 secret/data.txt
./backup.sh secret
echo $?
tar: secret/data.txt: Cannot open: Permission denied
tar: Exiting with failure status due to previous errors
Xato: arxivlab bo'lmadi, tafsilot: /home/aziz/backups/backup.log
1
ls ~/backups da secret-... arxivi yo’qligini tekshiring, so’ng
ruxsatni qaytaring: chmod 644 secret/data.txt.
5. Tiklash. Zaxira nusxa tiklanmasa, foydasi yo’q. Arxivni boshqa papkaga oching:
mkdir -p ~/restore
tar -xzf ~/backups/notes-app-2026-11-07_20-45-00.tar.gz -C ~/restore
find ~/restore
/home/aziz/restore
/home/aziz/restore/notes-app
/home/aziz/restore/notes-app/README.md
/home/aziz/restore/notes-app/src
/home/aziz/restore/notes-app/src/app.js
Arxiv nomini o’zingizdagi bilan almashtiring — sana va vaqt boshqa bo’ladi.
Bilimni tekshirish
Javobni avval o’zingiz ayting, keyin terminalda tekshiring:
./backup.shPermission deniedberadi. Qaysi buyruq yetishmayapti va u nima o’zgartiradi?ls missing.txt > out.txtdan keyin xato xabari qayerda bo’ladi: ekranda yoki faylda? Nega?- Skript
set -esiz yozilgan va undagicdxato berdi. Keyingi qatordagirm *.tar.gzqaysi papkada bajariladi? [ $# -ne 1 ]qachon rost bo’ladi?export PATH="$PATH:$HOME/scripts"qatori~/.bashrcga yozildi, lekin ochiq terminalda yangi buyruq topilmayapti. Nima qilish kerak?backup.shni servergascpbilan yuborib, u yerda ishga tushirish uchun qaysi uchta buyruq kerak?
3-savol eng muhimi: set -e siz skriptda xato jim o’tadi va keyingi
buyruq kutilmagan joyda bajariladi.
Qisqacha xulosa
- Skript — buyruqlar fayli; birinchi qatori shebang
#!/usr/bin/env bash. - Ishga tushirish:
chmod +x, keyin./skript.sh—./kerak, chunki hozirgi papkaPATHda yo’q. - Argumentlar
$1,$2, soni$#; o’zgaruvchi doim"$NOM"ko’rinishida qo’sh tirnoqda. if [ -d "$DIR" ]shartni tekshiradi,[dan keyin va]dan oldin bo’sh joy shart.forro’yxat yoki fayl shabloni bo’yicha takrorlaydi.- Chiqish kodi
0— muvaffaqiyat;set -eskriptni birinchi xatoda to’xtatadi. - Zaxira skripti argumentni tekshiradi, xatoni logga yozadi va arxivdan tiklash sinab ko’rilgan bo’ladi.
Linux bo’limi shu yerda tugadi. Keyingi qadam — Docker nima: ilovani barcha kerakli narsalari bilan bitta konteynerga joylash. Terminal, jarayon, port va muhit o’zgaruvchilari u yerda har darsda kerak bo’ladi.