Linux muhit o'zgaruvchilari va PATH: export, alias
Skript yozdingiz, unga ruxsat berdingiz, nomini yozasiz — terminal
javob beradi: command not found. Fayl joyida turibdi, lekin shell uni
ko’rmaydi. Sabab — PATH degan muhit o’zgaruvchisi. Bu darsda shell
buyruqlarni qayerdan qidirishini, sozlamalarni qanday saqlashini va
uzun buyruqlarni qisqa nom bilan chaqirishni o’rganasiz.
Muhit o’zgaruvchisi nima
O’zgaruvchi qiymatini o’qish uchun nomidan oldin $ qo’yiladi:
echo $HOME
/home/aziz
Eng ko’p uchraydiganlari:
| O’zgaruvchi | Nima saqlaydi | Misol |
|---|---|---|
HOME | Uy papkasi | /home/aziz |
USER | Foydalanuvchi nomi | aziz |
SHELL | Ishlatilayotgan shell | /bin/bash |
PWD | Hozirgi papka | /home/aziz |
PATH | Buyruqlar qidiriladigan papkalar | pastda ko’ramiz |
env buyrug’i barcha muhit o’zgaruvchilarini chiqaradi. Ro’yxat uzun,
shuning uchun grep bilan toraytiring:
env | grep HOME
HOME=/home/aziz
O’zgaruvchi yaratish va export
O’zgaruvchi = bilan yaratiladi. Tenglik atrofida bo’sh joy
bo’lmaydi:
APP_NAME="Task app"
echo $APP_NAME
Task app
Endi shu o’zgaruvchini boshqa dastur o’qiy oladimi, tekshiramiz.
bash -c yangi, ichki shell ochib, unda bitta buyruq bajaradi:
bash -c 'echo "Ichki: $APP_NAME"'
Ichki:
Bo’sh. Oddiy o’zgaruvchi faqat joriy shell ichida yashaydi. U
ishga tushirgan dasturlarga o’tishi uchun export kerak:
export APP_NAME
bash -c 'echo "Ichki: $APP_NAME"'
Ichki: Task app
Odatda yaratish va eksport bitta qatorda yoziladi:
export PORT=4000
O’zgaruvchini o’chirish — unset:
unset PORT
echo "PORT: $PORT"
PORT:
Node.js va .env bilan bog’liqlik
Node.js’dagi process.env — aynan shu muhit o’zgaruvchilari. Shell’da
export qilingan qiymat Node dasturida ko’rinadi:
export PORT=4000
node -e 'console.log(process.env.PORT)'
4000
.env fayli esa bu qiymatlarni har safar terminalda yozmaslik uchun
o’ylab topilgan: Node uni o’qib, ichidagi qatorlarni process.env ga
joylaydi. Bu mexanizm process va argumentlar
darsida batafsil ko’rilgan. Ikkalasining farqi:
Shell export | .env fayli | |
|---|---|---|
| Kim o’qiydi | Shell va undan ishga tushgan hamma dastur | Faqat uni yuklagan dastur |
| Qancha yashaydi | Terminal yopilguncha | Fayl turgan ekan |
| Qayerda ishlatiladi | Serverda, deploy skriptlarida | Loyiha ichida, lokal ishda |
export terminal yopilganda yo’qoladi
export PORT=4000 yozib, terminalni yopsangiz va qayta ochsangiz,
echo $PORT bo’sh chiqadi. Har yangi terminal o’z muhitini noldan
yig’adi.
Doimiy sozlamalar maxsus faylga yoziladi — ~/.bashrc.
Faylning mazmunini less ~/.bashrc bilan ko’rishingiz mumkin. Ubuntu
unga standart holda yuzdan ortiq qator yozib qo’ygan.
PATH va command not found
Siz ls yozganingizda shell ls degan faylni qidiradi. Qayerdan?
PATH dagi papkalardan, chapdan o’ngga:
echo $PATH
/usr/local/sbin:/usr/local/bin:/usr/sbin:/usr/bin:/sbin:/bin
Papkalar : bilan ajratilgan. WSL’da oxirida Windows papkalari ham
(/mnt/c/...) qo’shilgan bo’ladi — WSL ularni standart holda ulaydi.
Buyruq qaysi papkadan topilganini which ko’rsatadi:
which ls python3
/usr/bin/ls
/usr/bin/python3
Endi o’zingizning skriptingizni yarating. Skriptlar 12-darsda batafsil ko’riladi, hozir ikki qatorli fayl yetadi:
mkdir -p ~/scripts
printf '#!/usr/bin/env bash\necho "Salom, $USER!"\n' > ~/scripts/greet
chmod +x ~/scripts/greet
chmod +x faylni bajariladigan qiladi — bu
ruxsatlar va sudo darsida ko’rilgan.
To’liq yo’l bilan ishlaydi:
~/scripts/greet
Salom, aziz!
Faqat nomi bilan esa yo’q:
greet
Command 'greet' not found, did you mean:
command 'greed' from deb greed (4.2-1)
command 'greetd' from deb greetd (0.9.0-4ubuntu1)
Try: sudo apt install <deb name>
Ubuntu o’xshash nomli paketlarni taklif qilyapti, lekin muammo boshqa:
~/scripts papkasi PATH da yo’q. Uni qo’shamiz:
export PATH="$PATH:$HOME/scripts"
greet
Salom, aziz!
which greet
/home/aziz/scripts/greet
$PATH: qismi muhim: eski ro’yxat saqlanadi va yangi papka uning
oxiriga qo’shiladi.
alias — buyruqqa qisqa nom
Mavjud aliaslarni ko’rish:
alias
alias egrep='egrep --color=auto'
alias fgrep='fgrep --color=auto'
alias grep='grep --color=auto'
alias l='ls -CF'
alias la='ls -A'
alias ll='ls -alF'
alias ls='ls --color=auto'
Ro’yxat sizda biroz uzunroq bo’lishi mumkin. Ubuntu ll ni oldindan qo’shib qo’ygan: u ls -alF ning qisqasi.
O’zingiznikini yarating:
alias gs="git status"
alias ..="cd .."
Alias nimaga almashishini type ko’rsatadi:
type gs
gs is aliased to `git status'
O’chirish — unalias gs.
Bu aliaslar ham faqat shu terminalda yashaydi. Doimiy qilish uchun ular
~/.bashrc ga yoziladi.
~/.bashrc va source
~/.bashrc oxiriga ikki qator qo’shamiz: port tekshiradigan alias
va PATH kengaytmasi. Faylni nano ~/.bashrc bilan ochib qo’lda
yozish mumkin yoki >> bilan:
echo 'alias ports="ss -tlnp"' >> ~/.bashrc
echo 'export PATH="$PATH:$HOME/scripts"' >> ~/.bashrc
tail -2 ~/.bashrc
alias ports="ss -tlnp"
export PATH="$PATH:$HOME/scripts"
Bu yerda tashqi tirnoq bitta: shell $PATH ni ochmasdan, aynan
yozilgan matnni faylga qo’yishi kerak. Qo’sh tirnoq bo’lsa, faylga
hozirgi PATH ning uzun qiymati tushib qolardi.
Fayl o’zgardi, lekin ochiq terminal uni hali o’qimagan:
ports
Command 'ports' not found, did you mean:
command 'po2ts' from deb translate-toolkit (3.12.1-1)
Try: sudo apt install <deb name>
Terminalni qayta ochish o’rniga faylni hozirgi shell’da qayta
bajaring — source:
source ~/.bashrc
ports
State Recv-Q Send-Q Local Address:Port Peer Address:PortProcess
LISTEN 0 4096 127.0.0.54:53 0.0.0.0:*
LISTEN 0 4096 127.0.0.53%lo:53 0.0.0.0:*
Sizda qatorlar boshqacha bo’ladi — qaysi portlar band ekaniga bog’liq.
ports buyrug’i jarayonlar va portlar
darsidagi ss -tlnp ni chaqirdi.
Amaliy mashq
echobilanHOME,USERvaSHELLqiymatlarini chiqaring,env | grepbilanPATHqatorini toping;APP_NAMEo’zgaruvchisini yarating vabash -cbilan export’dan oldin va keyin uning qiymatini tekshiring;~/scripts/greetskriptini yarating,greetbuyrug’icommand not foundberishini ko’ring, keyinPATHga qo’shib qayta ishga tushiring;~/.bashrcdan nusxa oling, oxiriga ikkita o’z aliasingizni vaPATHqatorini qo’shing;source ~/.bashrcdan keyin aliaslarnitypebilan tekshiring;- Terminalni yopib qayta oching va
greethamda aliaslaringiz ishlashini tasdiqlang.
6-qadam eng muhimi: export bilan qilingan o’zgarish yo’qolishini va
~/.bashrc ga yozilgani saqlanishini o’z ko’zingiz bilan ko’rasiz.
Qisqacha xulosa
- Muhit o’zgaruvchisi — shell va dasturlar o’qiydigan
NOM=qiymat; qiymat$NOMbilan olinadi. =atrofida bo’sh joy bo’lmaydi:APP_NAME="Task app".exporto’zgaruvchini ishga tushirilgan dasturlarga uzatadi; Node’dagiprocess.envshu qiymatlarni ko’radi.command not found— buyruqPATHdagi papkalarning birortasida yo’q degani.PATHkengaytiriladi, almashtirilmaydi:PATH="$PATH:$HOME/scripts".aliasuzun buyruqqa qisqa nom beradi.- Doimiy sozlama
~/.bashrcga yoziladi vasource ~/.bashrcbilan darhol qo’llanadi.
Keyingi darsda paketlar va servislar —
apt bilan dastur o’rnatish va systemctl bilan servisni boshqarish.