Node.js process: argument va muhit

Shu paytgacha yozgan skriptlaringiz har safar bir xil ish qildi: fayl nomi kodda qattiq yozilgan edi. Haqiqiy vositalar boshqacha ishlaydi — node app.js users.json deb chaqirasiz va dastur aynan shu faylni oladi. Terminaldan uzatilgan qiymatni process obyekti yetkazadi.

process nima

console.log("Node versiyasi:", process.version);
console.log("Platforma:", process.platform);
Node versiyasi: v22.11.0
Platforma: win32

platform qiymati Windows’da win32, macOS’da darwin, Linux’da linux bo’ladi.

process.argv — terminaldan kelgan qiymatlar

args.js faylini yarating:

console.log(process.argv);

Avval argumentsiz ishga tushiring:

node args.js
[
  'C:\\Program Files\\nodejs\\node.exe',
  'D:\\node-start\\args.js'
]

Massivda ikkita element bor, garchi hech narsa yozmagan bo’lsangiz ham. Endi argument qo’shing:

node args.js add "Non sotib olish" --priority 2
[
  'C:\\Program Files\\nodejs\\node.exe',
  'D:\\node-start\\args.js',
  'add',
  'Non sotib olish',
  '--priority',
  '2'
]

Indeks 0 va 1 nima

Birinchi ikki element har doim o’zgarmas:

IndeksNima turadi
0node dasturining to’liq yo’li
1Ishga tushirilgan skriptning to’liq yo’li
2 va keyingilariSiz yozgan argumentlar

Shuning uchun haqiqiy argumentlar ikkinchi indeksdan boshlanadi:

const args = process.argv.slice(2);

console.log("Argumentlar:", args);
console.log("Soni:", args.length);
node args.js add "Non sotib olish"
Argumentlar: [ 'add', 'Non sotib olish' ]
Soni: 2

slice(2) — bu yozuvni Node.js kodida doim uchratasiz.

Argumentlarni ishlatish

Fayl nomini argumentdan oladigan skript yozamiz. read-file.js:

const fs = require("fs");
const path = require("path");

const args = process.argv.slice(2);
const fileName = args[0];

if (!fileName) {
  console.log("Fayl nomini yozing: node read-file.js <fayl>");
  process.exit(1);
}

const filePath = path.join(__dirname, fileName);

if (!fs.existsSync(filePath)) {
  console.log("Fayl topilmadi:", fileName);
  process.exit(1);
}

const content = fs.readFileSync(filePath, "utf8");
console.log(`--- ${fileName} ---`);
console.log(content);

Argumentsiz:

node read-file.js
Fayl nomini yozing: node read-file.js <fayl>

fs darsida yaratgan notes.txt bilan:

node read-file.js notes.txt
--- notes.txt ---
Birinchi qator
Ikkinchi qator

Yo’l path darsidagi qoida bo’yicha path.join(__dirname, ...) bilan yig’ildi.

Argument har doim matn

Terminaldan kelgan qiymat har doim satr bo’ladi — raqam yozsangiz ham:

const args = process.argv.slice(2);
const count = args[0];

console.log("Qiymat:", count);
console.log("Turi:", typeof count);
console.log("Qo'shsak:", count + 1);
console.log("Songa aylantirsak:", Number(count) + 1);
node args.js 5
Qiymat: 5
Turi: string
Qo'shsak: 51
Songa aylantirsak: 6

count + 1 natijasi 51 chiqdi — satr bilan son qo’shilganda JavaScript ularni ulaydi. Hisob kerak bo’lsa Number() orqali aylantiring.

process.exit va chiqish kodlari

process.exit(kod) dasturni darhol to’xtatadi.

KodMa’nosi
0Muvaffaqiyatli tugadi
1Umumiy xato

Tekshirish usuli terminalga bog’liq. PowerShell’da:

node read-file.js
echo $LASTEXITCODE
Fayl nomini yozing: node read-file.js <fayl>
1

macOS va Linux terminalida:

node read-file.js
echo $?
Fayl nomini yozing: node read-file.js <fayl>
1

process.env — muhit o’zgaruvchilari

console.log("PORT:", process.env.PORT);
console.log("Turi:", typeof process.env.PORT);
node env-demo.js
PORT: undefined
Turi: undefined

O’zgaruvchi berilmagani uchun undefined. Endi qiymat bilan tushiramiz. PowerShell’da:

$env:PORT=4000; node env-demo.js

macOS va Linux’da:

PORT=4000 node env-demo.js
PORT: 4000
Turi: string

Bu yerda ham qiymat satr bo’lib keldi.

Amalda standart qiymat bilan yoziladi:

// Berilmasa 3000 ishlatiladi
const port = Number(process.env.PORT) || 3000;

console.log("Server porti:", port);
Server porti: 3000

.env fayli

Har safar terminalda yozish noqulay. Sozlamalar .env fayliga yig’iladi.

Loyihada .env fayli yarating:

PORT=4000
APP_NAME=Test dastur

Node.js uni --env-file bayrog’i bilan o’qiydi:

// env-demo.js
console.log("Port:", process.env.PORT);
console.log("Nomi:", process.env.APP_NAME);
node --env-file=.env env-demo.js
Port: 4000
Nomi: Test dastur

cwd va __dirname farqi

Ikki tushuncha chalkashadi, lekin farq aniq:

const path = require("path");

console.log("cwd:     ", process.cwd());
console.log("__dirname:", __dirname);

node-start papkasidan ishga tushirsangiz:

node paths-demo.js
cwd:      D:\node-start
__dirname: D:\node-start

Endi bir papka yuqoridan:

cd ..
node node-start/paths-demo.js
cwd:      D:\
__dirname: D:\node-start
NimaQiymatiO’zgaradimi
process.cwd()Terminal turgan papkaHa — qayerdan chaqirilsa
__dirnameFayl turgan papkaYo’q

Qoida: dastur o’z fayllarini o’qiyotgan bo’lsa __dirname, foydalanuvchi turgan papkadagi faylni olayotgan bo’lsa process.cwd().

Amaliy mashq

node-start papkasida bajaring:

  1. process.argv ni to’liq chiqaradigan skript yozib, uni avval argumentsiz, keyin uchta argument bilan ishga tushiring;
  2. slice(2) qo’shib faqat o’z argumentlaringizni ajrating;
  3. Bo’shliqli matnni avval qo’shtirnoqsiz, keyin qo’shtirnoq bilan uzating va massivdagi farqni ko’ring;
  4. Argument sifatida son yuborib, typeof bilan turini tekshiring va Number() bilan aylantirib qo’shing;
  5. read-file.js ni yozib, mavjud bo’lmagan fayl nomi bilan chaqiring hamda chiqish kodini terminalda tekshiring;
  6. .env fayli yaratib, node --env-file=.env bilan ishga tushiring va .env ni .gitignore ga qo’shing.

4-qadam eng ko’p vaqt yo’qotadigan xatoni oldini oladi: argument son ko’rinsa ham, u satr bo’lib keladi.

Qisqacha xulosa

  • process — global obyekt, require qilinmaydi.
  • process.argv da 0-indeks node yo’li, 1-indeks skript yo’li — o’z argumentlaringiz slice(2) bilan olinadi.
  • Terminaldan kelgan har qiymat satr: hisob uchun Number() kerak.
  • process.exit(1) xato bilan to’xtatadi, 0 muvaffaqiyatni bildiradi.
  • process.env muhit sozlamalarini beradi, --env-file bayrog’i .env faylini o’qiydi.
  • .env hech qachon git’ga qo’shilmaydi — ichida parol turadi.
  • process.cwd() terminal papkasini, __dirname fayl papkasini beradi.

Keyingi darsda asinxron kod — callback, Promise va async/await Node.js kontekstida.

Bu dars foydali bo'ldimi?

—
— marta ko'rildi