Git log: tarixni o'qish, git show va HEAD
Mijoz qo’ng’iroq qiladi: “O’tgan hafta sahifadagi salomlashish boshqacha edi, eskisi yaxshiroq edi.” Qanday edi? Qachon o’zgardi? Fayl nusxalari bilan ishlaganda bu savolga javob yo’q edi. Git’da esa har o’zgarish xabari, sanasi va aniq qatorlari bilan saqlangan. Bu darsda shu tarixni o’qishni o’rganasiz.
portfolio loyihasida oldingi darslardan sakkizta commit to’plandi.
O’zgarishlarni ko’rish darsidagi oxirgi uch
commitni qilgan bo’lsangiz, tarixingiz quyidagiga o’xshaydi.
git log
git log
commit 05ea18e09a26a4c6aa579182d039e59a1f08cffb (HEAD -> main)
Author: Aziz Karimov <aziz@example.com>
Date: Thu Sep 24 18:02:00 2026 +0500
Aloqa sahifasi qo'shildi
commit 219503253079314714a6e0184b4bccf92d9c91a6
Author: Aziz Karimov <aziz@example.com>
Date: Wed Sep 23 14:38:00 2026 +0500
Salomlashish matni o'zgartirildi
...
Qolgan oltita commit pastda xuddi shu shaklda davom etadi. Har commit to’rt qismdan iborat: identifikator, muallif, sana va xabar. Eng yangi commit — tepada, tarix pastga qarab eskiradi.
Ro’yxat uzun bo’lsa, Git uni sahifalab ko’rsatadi: bo’sh joy — keyingi sahifa, q — chiqish.
—oneline, -n va —graph
To’liq ko’rinish ko’p joy egallaydi. Har commit bitta qatorda:
git log --oneline
05ea18e (HEAD -> main) Aloqa sahifasi qo'shildi
2195032 Salomlashish matni o'zgartirildi
8f5cf3d Sahifa chetidagi bo'shliq kattalashtirildi
80a37a5 Tanishuv matni kengaytirildi
aff9d1a Havola rangi o'zgartirildi
b1c816a Men haqimda sahifasi qo'shildi
63071d0 Asosiy stillar qo'shildi
1ccd9fc Bosh sahifa qo'shildi
Faqat oxirgi bir nechtasi kerak bo’lsa, -n bilan sonini bering:
git log --oneline -n 3
05ea18e (HEAD -> main) Aloqa sahifasi qo'shildi
2195032 Salomlashish matni o'zgartirildi
8f5cf3d Sahifa chetidagi bo'shliq kattalashtirildi
--graph commitlarni chiziq bilan bog’laydi:
git log --oneline --graph
* 05ea18e (HEAD -> main) Aloqa sahifasi qo'shildi
* 2195032 Salomlashish matni o'zgartirildi
* 8f5cf3d Sahifa chetidagi bo'shliq kattalashtirildi
* 80a37a5 Tanishuv matni kengaytirildi
* aff9d1a Havola rangi o'zgartirildi
* b1c816a Men haqimda sahifasi qo'shildi
* 63071d0 Asosiy stillar qo'shildi
* 1ccd9fc Bosh sahifa qo'shildi
Hozir tarix bitta to’g’ri chiziq, shuning uchun faqat * belgilari
ko’rinadi. Branch va merge
darslaridan keyin bu buyruq tarmoqlanish va birlashishni chiziqlar bilan
chizadi — o’shanda u eng ko’p ishlatiladigan ko’rinishga aylanadi.
Commit hash
To’liq hash’ni yozish noqulay. Qisqa hash — uning boshidagi bir nechta
belgi: 2195032. --oneline aynan shuni ko’rsatadi. Repozitoriyda shu
belgilar bilan boshlanadigan boshqa commit bo’lmasa, Git qisqa hash’ni
tushunadi. Kichik loyihada 4-5 belgi ham yetadi, lekin --oneline
bergan 7 belgini ishlatish odat.
git show: commit ichida nima bor
Mijoz so’ragan salomlashish o’zgarishini topamiz. --oneline ro’yxatidan
xabar bo’yicha 2195032 ni tanlaymiz:
git show 2195032
commit 219503253079314714a6e0184b4bccf92d9c91a6
Author: Aziz Karimov <aziz@example.com>
Date: Wed Sep 23 14:38:00 2026 +0500
Salomlashish matni o'zgartirildi
diff --git a/index.html b/index.html
index d1ff025..a69d166 100644
--- a/index.html
+++ b/index.html
@@ -6,7 +6,7 @@
<link rel="stylesheet" href="style.css">
</head>
<body>
- <h1>Salom, men Aziz</h1>
+ <h1>Assalomu alaykum, men Aziz</h1>
<p>Frontend dasturchi. Toshkentda yashayman.</p>
<a href="about.html">Men haqimda</a>
</body>
Javob topildi: eski matn Salom, men Aziz edi, 23-sentabr kuni
o’zgartirilgan. git show — commit ma’lumoti va uning diff’i bitta
chiqishda. Diff’ni o’qish oldingi darsda
o’rganilgan.
Faqat qaysi fayllar o’zgarganini ko’rish uchun --stat qo’shing:
git show HEAD --stat
commit 05ea18e09a26a4c6aa579182d039e59a1f08cffb (HEAD -> main)
Author: Aziz Karimov <aziz@example.com>
Date: Thu Sep 24 18:02:00 2026 +0500
Aloqa sahifasi qo'shildi
contact.html | 1 +
1 file changed, 1 insertion(+)
HEAD nima
git log chiqishidagi (HEAD -> main) yozuvini ko’rdingiz.
HEAD ni hash o’rniga ishlatish mumkin. Yuqorida git show HEAD oxirgi
commitni ko’rsatdi. Undan oldingi commitlarga ~ bilan murojaat qilinadi:
| Yozuv | Ma’nosi |
|---|---|
HEAD | Oxirgi commit |
HEAD~1 | Bitta oldingi commit |
HEAD~3 | Uchta oldingi commit |
git show HEAD~1 --oneline --stat
2195032 Salomlashish matni o'zgartirildi
index.html | 2 +-
1 file changed, 1 insertion(+), 1 deletion(-)
Yangi commit qilganingizda HEAD u bilan birga oldinga siljiydi.
HEAD branch almashtirilganda qanday ko’chishi branch
darsida ko’riladi.
Bitta faylning tarixi
Butun loyiha emas, faqat bitta fayl qachon o’zgarganini bilish kerak
bo’lsa, fayl nomini -- dan keyin yozing:
git log --oneline -- style.css
8f5cf3d Sahifa chetidagi bo'shliq kattalashtirildi
aff9d1a Havola rangi o'zgartirildi
63071d0 Asosiy stillar qo'shildi
Sakkizta commitdan faqat style.css ga tekkan uchtasi qoldi.
Muayyan matn qachon paydo bo’lganini qidirish uchun -S:
git log --oneline -S "Toshkentda"
80a37a5 Tanishuv matni kengaytirildi
-S shu matn qo’shilgan yoki olib tashlangan commitlarni topadi.
Natijadagi hash’ni git show ga berib, o’zgarishning o’zini ko’rasiz.
VS Code’da tarix
VS Code’ning Source Control panelida pastki qismda Graph bo’limi bor: commitlar ro’yxati, ustiga bossangiz — o’zgargan fayllar. Faylni ochib, Timeline bo’limidan uning tarixini ham ko’rish mumkin.
Bu git log va git show ning grafik ko’rinishi. Qulay, lekin terminal
buyruqlari har joyda — serverda ham, boshqa muharrirda ham — bir xil
ishlaydi. Shuning uchun avval buyruqlarni o’rganing.
Amaliy mashq
portfolio loyihasida (yoki o’z loyihangizda) bajaring:
git log --onelinebilan barcha commitlarni ko’ring va eng birinchi commit hash’ini yozib oling;git log --oneline -n 3vagit log --oneline --graphni yurgizib, chiqishlarni solishtiring;Toshkentda yashaymanqatori qachon qo’shilganini toping: avvalgit log -Sbilan commitni aniqlang, keyingit showbilan sanasi va diff’ini ko’ring;git log --oneline -- about.htmlbilanabout.htmlfaqat qaysi commitlarda o’zgarganini aniqlang;git show HEAD~2 --statqaysi commitni ko’rsatishini oldindan taxmin qiling, keyin buyruq bilan tekshiring;- Bitta yangi commit qiling va
git log --oneline -n 2daHEADyangi commitga ko’chganini tasdiqlang.
3-qadam darsning asosiy ko’nikmasi: kerakli qator qachon va qaysi commitda paydo bo’lganini topish xatoni tuzatishda eng ko’p kerak bo’ladigan ish.
Qisqacha xulosa
git logtarixni ko’rsatadi: eng yangi commit tepada;q— chiqish.--onelinehar commitni bitta qatorda,-n 5faqat oxirgi beshtasini,--graphtarmoqlanishni chiziq bilan ko’rsatadi.- Commit hash — 40 belgili noyob identifikator; amalda
--onelinebergan 7 belgili qisqa hash ishlatiladi. git show <hash>commit ma’lumoti va uning diff’ini ko’rsatadi.HEAD— hozirgi joy ko’rsatkichi;HEAD~1— bitta oldingi commit.git log -- <fayl>bitta faylning tarixini,git log -S "matn"esa matn qo’shilgan yoki olib tashlangan commitni topadi.
Keyingi darsda xatoni tuzatish va bekor qilish — buzilgan faylni qaytarish va xato commitni xavfsiz bekor qilish.