Git merge va konflikt: birlashtirish va hal qilish
Blog sahifasi feature/blog branch’ida tayyor bo’ldi. Endi uni main ga
qo’shish kerak. Ko’pincha Git buni o’zi bajaradi. Lekin ikki branch bir
faylning bir xil qatorini turlicha o’zgartirgan bo’lsa, Git to’xtaydi
va qaror qabul qilishni sizdan so’raydi. Bu darsda konfliktni ataylab
yaratib, uni xavfsiz muhitda hal qilasiz.
Konflikt nima ekanligi tushuncha sifatida jamoaviy workflow darsida berilgan. Bu yerda buyruqlar bilan ishlaymiz. Branch ochish va almashtirish branch darsida o’tilgan.
git merge
git switch main
git merge feature/blog
“main ga o’tib, unga feature/blog ni qo’sh” degani.
Natija ikki xil bo’lishi mumkin.
Fast-forward
Branch darsidagi holat: feature branch ochilgandan beri
main da yangi commit bo’lmagan (git log --oneline --graph --all -n 3):
* 3ec215f (feature/blog) Menyuga blog havolasi qo'shildi
* ddab05c Blog sahifasi qo'shildi
* a76d7dc (HEAD -> main) Revert "Telefon raqami qo'shildi"
git merge feature/blog
Updating a76d7dc..3ec215f
Fast-forward
blog.html | 1 +
index.html | 1 +
2 files changed, 2 insertions(+)
create mode 100644 blog.html
git log --oneline --graph -n 3
* 3ec215f (HEAD -> main, feature/blog) Menyuga blog havolasi qo'shildi
* ddab05c Blog sahifasi qo'shildi
* a76d7dc Revert "Telefon raqami qo'shildi"
Merge commit
Endi boshqa holat. feature/stil branch’ida style.css ga havola
uchun hover effekti qo’shildi, shu orada main da ham about.html
ga yangi qator commit qilindi. Tarix ikkiga ajralgan:
git log --oneline --graph --all -n 4
* 962e15b (HEAD -> main) Men haqimda matni to'ldirildi
| * 4f9ad2b (feature/stil) Havolaga hover effekti qo'shildi
|/
* 3ec215f (feature/blog) Menyuga blog havolasi qo'shildi
* ddab05c Blog sahifasi qo'shildi
Bu yerda ko’rsatkichni surish mumkin emas — main da feature’da yo’q
commit bor. Git ikki chiziqni birlashtiruvchi yangi commit yaratadi:
git merge feature/stil
Git commit xabari uchun muharrirni ochadi. Unda tayyor xabar turadi —
Merge branch 'feature/stil'. Saqlab, oynani yoping:
Merge made by the 'ort' strategy.
style.css | 4 ++++
1 file changed, 4 insertions(+)
git log --oneline --graph -n 6
* 3207693 (HEAD -> main) Merge branch 'feature/stil'
|\
| * 4f9ad2b (feature/stil) Havolaga hover effekti qo'shildi
* | 962e15b Men haqimda matni to'ldirildi
|/
* 3ec215f (feature/blog) Menyuga blog havolasi qo'shildi
* ddab05c Blog sahifasi qo'shildi
* a76d7dc Revert "Telefon raqami qo'shildi"
Merge commitning ikkita ota-commiti bor. Grafikda u ikki chiziq qo’shilgan nuqta bo’lib ko’rinadi.
Qo’shilgan branch’lar endi kerak emas:
git branch -d feature/blog feature/stil
Deleted branch feature/blog (was 3ec215f).
Deleted branch feature/stil (was 4f9ad2b).
Konflikt qachon chiqadi
Git ikki branch’dagi o’zgarishlarni qator bo’yicha solishtiradi. Turli fayllar yoki bitta faylning turli qatorlari o’zgargan bo’lsa — o’zi birlashtiradi. Bitta qator ikki branch’da turlicha o’zgargan bo’lsa, qaysi variant to’g’riligini Git bila olmaydi. Bu — konflikt.
Konfliktni ataylab yaratamiz. index.html da commit
darsida yozilgan tanishuv qatori bor:
<p>Frontend dasturchi. Toshkentda yashayman.</p>
1-qadam — fix/tanishuv branch’ida qatorni o’zgartiring:
git switch -c fix/tanishuv
index.html dagi qatorni muharrirda shunday qiling:
<p>Junior frontend dasturchi. Toshkentda yashayman.</p>
git commit -am "Tanishuvda daraja ko'rsatildi"
2-qadam — main ga qaytib, o’sha qatorni boshqacha o’zgartiring:
git switch main
<p>Frontend dasturchi. Toshkentda yashayman, masofadan ishlashga tayyorman.</p>
git commit -am "Tanishuvga ish formati qo'shildi"
-a kuzatilayotgan barcha o’zgargan fayllarni avtomatik add qiladi.
3-qadam — birlashtiring:
git merge fix/tanishuv
Auto-merging index.html
CONFLICT (content): Merge conflict in index.html
Automatic merge failed; fix conflicts and then commit the result.
Hech narsa buzilmadi. Git birlashtirishni yarim yo’lda to’xtatdi va qarorni kutyapti.
Konflikt belgilarini o’qish
git status
On branch main
You have unmerged paths.
(fix conflicts and run "git commit")
(use "git merge --abort" to abort the merge)
Unmerged paths:
(use "git add <file>..." to mark resolution)
both modified: index.html
no changes added to commit (use "git add" and/or "git commit -a")
both modified — ikki tomon ham o’zgartirgan fayl. Uni oching:
<body>
<h1>Assalomu alaykum, men Aziz</h1>
<<<<<<< HEAD
<p>Frontend dasturchi. Toshkentda yashayman, masofadan ishlashga tayyorman.</p>
=======
<p>Junior frontend dasturchi. Toshkentda yashayman.</p>
>>>>>>> fix/tanishuv
<a href="about.html">Men haqimda</a>
<a href="blog.html">Blog</a>
<footer>2026</footer>
</body>
| Belgi | Ma’nosi |
|---|---|
<<<<<<< HEAD | Joriy branch (main) varianti boshlanadi |
======= | Ikki variantni ajratadi |
>>>>>>> fix/tanishuv | Qo’shilayotgan branch varianti tugaydi |
Bu faylning <body> qismi. Konfliktdan tashqaridagi qatorlar (<h1>,
havolalar, <footer>) allaqachon birlashgan — ularga tegmang.
Konfliktni hal qilish
Tartib uch qadam: tahrirlash → add → commit.
1. Tahrirlash. Belgilar orasidagi qismni yakuniy ko’rinishga keltiring. Bittasini tanlash, ikkalasini birlashtirish yoki butunlay yangisini yozish mumkin. Ikki o’zgarishning maqsadini saqlab qolamiz:
<h1>Assalomu alaykum, men Aziz</h1>
<p>Junior frontend dasturchi. Toshkentda yashayman, masofadan ishlashga tayyorman.</p>
<a href="about.html">Men haqimda</a>
Uchala belgi qatori ham o’chirilishi shart.
2. Hal qilinganini bildirish:
git add index.html
git status
On branch main
All conflicts fixed but you are still merging.
(use "git commit" to conclude merge)
Changes to be committed:
modified: index.html
3. Merge’ni yakunlash:
git commit
Muharrir Merge branch 'fix/tanishuv' xabari bilan ochiladi.
Saqlab yoping:
[main d4d75cd] Merge branch 'fix/tanishuv'
git log --oneline --graph -n 4
* d4d75cd (HEAD -> main) Merge branch 'fix/tanishuv'
|\
| * 009beb0 (fix/tanishuv) Tanishuvda daraja ko'rsatildi
* | 2f721cb Tanishuvga ish formati qo'shildi
|/
* 3207693 Merge branch 'feature/stil'
git merge —abort
Konflikt kutilganidan murakkab chiqdi yoki noto’g’ri branch’ni qo’shayotganingizni tushundingiz. Merge’ni butunlay bekor qilish:
git merge --abort
git status
On branch main
nothing to commit, working tree clean
Fayllar merge boshlanishidan oldingi holatga qaytdi, hech narsa yo’qolmadi. Keyin xotirjam qaytadan urinib ko’rish mumkin.
Amaliy mashq
portfolio loyihasida, toza main da:
feature/blogbranch’ida yangi fayl commit qiling vamainga merge qiling — natijadaFast-forwardyozuvini toping;feature/stilbranch’ida commit qiling, keyinmainda boshqa faylni o’zgartirib commit qiling va merge qiling — merge commit paydo bo’lishini tekshiring;- Bir qatorni
fix/tanishuvvamainda turlicha o’zgartirib, konflikt yarating; - Konfliktni
git merge --abortbilan bekor qiling va fayl avvalgi holatga qaytganini ko’ring; - Merge’ni qayta boshlang, ikki variantni birlashtirib hal qiling,
git diff --checkbilan tekshiribaddvacommitqiling; git log --oneline --graphda ikkala merge commitni toping va qo’shilgan branch’larnigit branch -dbilan o’chiring.
5-band eng muhimi: konflikt — xato emas, sizning qaroringizni kutayotgan savol. Uni hal qilish tartibi doim bir xil.
Qisqacha xulosa
git merge nomboshqa branch’ni joriy branch’ga qo’shadi — avval qabul qiluvchi branch’ga o’tiladi.maino’zgarmagan bo’lsa — fast-forward: ko’rsatkich suriladi, yangi commit yo’q.- Ikki tomonda ham commit bo’lsa — ikki ota-commitli merge commit yaratiladi.
- Konflikt bitta qator ikki branch’da turlicha o’zgarganda chiqadi.
<<<<<<<,=======,>>>>>>>orasini tahrirlang, belgilarni o’chiring, keyinaddvacommit.git diff --checkqolib ketgan belgilarni topadi;git merge --abortmerge’ni boshlanishidan oldingi holatga qaytaradi.
Keyingi darsda GitHub va remote — loyihani internetdagi repozitoriyga joylash.