React TanStack Query: kesh, qayta so'rov va yuklanish holati
O’z hook’ingizni yozish darsidagi useFetch
ishlaydi, lekin uning chegarasi bor. Ro’yxatni yashirib, qayta oching —
yana “Yuklanmoqda…” va yana so’rov. Sahifada ikki komponent bir xil
ma’lumotni so’rasa — ikkita so’rov. Brauzerning boshqa oynasida yarim
soat o’tirib qaytsangiz — ekranda eski ma’lumot. Bularning hammasini
o’zingiz yozish mumkin, lekin bu yuzlab qatorli kesh bo’ladi.
TanStack Query — aynan shu ishni qiladigan kutubxona.
Server holati boshqacha
Shu paytgacha holatning ikki xilini aralashtirib ishlatdik:
| Mijoz holati | Server holati | |
| Misol | Modal ochiqmi, formadagi matn, tanlangan tab | Foydalanuvchilar ro’yxati, mahsulotlar, buyurtmalar |
| Egasi | Brauzer — faqat shu sahifa | Server — boshqalar ham o’zgartiradi |
| Eskiradimi? | Yo’q, siz o’zgartirmaguningizcha | Ha, istalgan payt |
| Olish | Darrov | Tarmoq orqali, vaqt oladi, xato bo’lishi mumkin |
| Vosita | useState, useReducer, Context | TanStack Query |
useState mijoz holati uchun yaratilgan: unda kesh, qayta so’rov va
“bu ma’lumot qanchalik yangi?” degan tushuncha yo’q. TanStack Query
server holatining shu savollariga javob beradi. U ma’lumotni o’zi
yuklamaydi — fetch ni siz yozasiz. Kutubxona esa natijani qachon
so’rash, qayerda saqlash va qachon yangilashni boshqaradi.
O’rnatish va ulash
Vite loyihasida:
npm install @tanstack/react-query
Bu darsdagi kod TanStack Query 5-versiyasi uchun (package.json da
"@tanstack/react-query": "^5..."). Kutubxona keshni bitta obyektda —
QueryClient da saqlaydi. Uni ilova ildizida bir marta yaratib, butun
daraxtga Context orqali beramiz:
// src/main.jsx
import { StrictMode } from 'react';
import { createRoot } from 'react-dom/client';
import { QueryClient, QueryClientProvider } from '@tanstack/react-query';
import App from './App.jsx';
const queryClient = new QueryClient();
createRoot(document.getElementById('root')).render(
<StrictMode>
<QueryClientProvider client={queryClient}>
<App />
</QueryClientProvider>
</StrictMode>
queryClient komponentdan tashqarida yaratiladi. Komponent ichida
new QueryClient() yozilsa, har chizishda yangi, bo’sh kesh paydo
bo’ladi va hamma ma’lumot yo’qoladi.
Birinchi so’rov: useQuery
Avval so’rov funksiyasini alohida faylga yozamiz. Bu — ma’lumot
yuklash darsidagi fetch, faqat holat
o’zgaruvchilarisiz:
// src/api/users.js
const BASE_URL = "https://jsonplaceholder.typicode.com";
export async function fetchUsers({ signal }) {
const response = await fetch(`${BASE_URL}/users`, { signal });
if (!response.ok) {
throw new Error(`Server javobi: ${response.status}`);
return response.json();
Funksiya ikki qoidaga amal qiladi: muvaffaqiyatda ma’lumot qaytaradi,
muvaffaqiyatsizlikda xato tashlaydi. TanStack Query xatoni faqat
shundan biladi — response.ok tekshiruvi bo’lmasa, 404 sahifasi ham
“muvaffaqiyat” bo’lib qoladi.
Endi komponent:
// src/components/UserList.jsx
import { useQuery } from '@tanstack/react-query';
import { fetchUsers } from '../api/users.js';
function UserList() {
const { data: users, isPending, isError, error } = useQuery({
queryKey: ["users"],
queryFn: fetchUsers,
if (isPending) return
Yuklanmoqda...
if (isError) return
Xato: {error.message}
return (
{users.map((user) => (
{user.name} — {user.email}
export default UserList;
Sahifa ochilganda bir lahza Yuklanmoqda..., keyin o’nta foydalanuvchi:
Leanne Graham — Sincere@april.biz
Ervin Howell — Shanna@melissa.tv
Clementine Bauch — Nathan@yesenia.net
Ma’lumot yuklash darsidagi UserList bilan solishtiring: uchta
useState, useEffect, try/catch/finally va AbortController yo’q.
Ularning hammasini useQuery o’zi bajaradi.
useQuery ga ikki narsa beriladi:
fetchUsers qabul qilgan { signal } — TanStack Query bergan
AbortSignal. Ma’lumot yuklash darsidagi controller.signal ning
aynan o’zi: komponent ekrandan ketsa va ma’lumot boshqa hech kimga
kerak bo’lmasa, kutubxona so’rovni o’zi bekor qiladi.
Kesh: bitta so’rov, ko’p komponent
Endi kesh qanday ishlashini ko’ramiz. Sarlavhada foydalanuvchilar sonini
ko’rsatadigan ikkinchi komponent kerak. U ham ["users"] kalitini
so’raydi. Bir xil sozlamani ikki joyda yozmaslik uchun ularni o’z
hook’imizga chiqaramiz:
// src/hooks/useUsers.js
import { useQuery } from '@tanstack/react-query';
import { fetchUsers } from '../api/users.js';
export function useUsers() {
return useQuery({
queryKey: ["users"],
queryFn: fetchUsers,
UserList dagi useQuery({...}) ni useUsers() ga almashtiring —
qolgan kod o’zgarmaydi. Ikkinchi komponent:
// src/components/UserCount.jsx
import { useUsers } from '../hooks/useUsers.js';
function UserCount() {
const { data: users, isPending } = useUsers();
if (isPending) return
Foydalanuvchilar: ...
return
Foydalanuvchilar: {users.length} ta
export default UserCount;
Ikkalasini App ga qo’yamiz va ro’yxatni yashirish tugmasini
qo’shamiz:
// src/App.jsx
import { useState } from 'react';
import UserCount from './components/UserCount.jsx';
import UserList from './components/UserList.jsx';
function App() {
const [isListVisible, setIsListVisible] = useState(true);
return (
<UserCount />
{isListVisible ? "Ro'yxatni yashirish" : "Ro'yxatni ko'rsatish"}
{isListVisible && <UserList />}
export default App;
DevTools Network bo’limini ochib, sahifani yangilang:
- Ekranda
Foydalanuvchilar: 10 tava ro’yxat. Ikki komponent, lekinusersso’rovi bitta (StrictMode’dagi bekor qilinganini hisoblamaganda). IkkinchiuseQuerybirinchisi boshlagan so’rovga qo’shildi. - “Ro’yxatni yashirish”, keyin “Ro’yxatni ko’rsatish” ni bosing.
Ro’yxat
Yuklanmoqda...siz, darrov chiqadi — keshdan. - Shu paytda Network’da yangi
usersso’rovi paydo bo’ldi. Kutubxona keshdagi ma’lumotni ko’rsatib, orqa fonda uni yangiladi.
3-qadam keshning asosiy g’oyasi: avval keshdagini ko’rsat, keyin tekshir. Foydalanuvchi kutmaydi, ma’lumot esa eskirib qolmaydi.
Ma’lumot qachon eskiradi
TanStack Query har ma’lumotni yangi yoki eskirgan deb belgilaydi. Eskirgan ma’lumot ekranda ko’rsatilaveradi, lekin qulay paytda orqa fonda qayta so’raladi.
Standart sozlamalar ataylab “ehtiyotkor” tanlangan — ma’lumotni tez-tez yangilaydi:
| Sozlama | Standart | Nima qiladi |
staleTime | 0 | Ma’lumot qancha vaqt yangi hisoblanadi |
gcTime | 5 daqiqa | Hech bir komponent ishlatmayotgan ma’lumot keshda qancha turadi |
refetchOnWindowFocus | true | Brauzer oynasiga qaytilganda eskirgan ma’lumotni qayta so’raydi |
refetchOnMount | true | Yangi komponent ulanganda eskirgan ma’lumotni qayta so’raydi |
retry | 3 | Xatodan keyin necha marta qayta urinadi |
Boshqa brauzer tabiga o’tib, qaytib keling — Network’da yana users
so’rovi. Bu refetchOnWindowFocus. Ro’yxat har kuni o’zgaradigan
ma’lumot bo’lsa, har qaytishda so’rash ortiqcha. staleTime ni
butun ilova uchun QueryClient da oshiring:
// src/main.jsx
const queryClient = new QueryClient({
defaultOptions: {
queries: {
staleTime: 60 * 1000, // 1 daqiqa yangi hisoblanadi
Endi ro’yxatni yashirib-ochsangiz yoki tabga qaytsangiz, bir daqiqa ichida yangi so’rov ketmaydi. Bir daqiqadan keyin keyingi qaytishda ma’lumot yana orqa fonda yangilanadi.
staleTime va gcTime ni adashtirmang: birinchisi “qachon qayta
so’rash”, ikkinchisi “qachon keshdan o’chirish”. gcTime faqat hech bir
komponent ishlatmayotgan ma’lumotga ta’sir qiladi. Ro’yxat yashirilganda
ham UserCount ekranda va ["users"] ni ishlatib turibdi — bu ma’lumot
keshdan o’chmaydi. Ikkala komponent ham ekrandan ketib, besh daqiqa
o’tsagina ma’lumot o’chadi va keyingi ochilishda yana Yuklanmoqda...
chiqadi.
isPending va isFetching
Kesh paydo bo’lgach, “yuklanmoqda” ikki ma’noga ega bo’ldi: ekranda
hech narsa yo’q va ma’lumot bor, lekin yangilanmoqda.
useQuery ularni alohida beradi:
| Belgi | Qachon true | Ekranda |
isPending | Keshda hali ma’lumot yo’q | Butun ro’yxat o’rnida “Yuklanmoqda…” |
isFetching | So’rov ketmoqda — birinchisi ham, orqa fondagisi ham | Kichik “yangilanmoqda” belgisi |
isError | Barcha urinishlardan keyin ham xato | Xato xabari |
isSuccess | Ma’lumot bor | Ma’lumot |
UserList ga orqa fondagi yangilanish belgisini qo’shamiz:
const { data: users, isPending, isFetching, isError, error } = useUsers();
if (isPending) return
Yuklanmoqda...
if (isError) return
Xato: {error.message}
return (
{isFetching &&
Yangilanmoqda...
{users.map((user) => (
{user.name} — {user.email}
Tabga qaytganingizda ro’yxat joyida turadi, ustida esa bir lahza
Yangilanmoqda... ko’rinadi.
Kalitga parametr qo’shish
Bitta foydalanuvchining profili kerak bo’lsa, so’rov id ga bog’liq.
id kalitga ham yoziladi:
// src/api/users.js ga qo'shing
export async function fetchUser(userId, signal) {
const response = await fetch(`${BASE_URL}/users/${userId}`, { signal });
if (!response.ok) {
throw new Error(`Server javobi: ${response.status}`);
return response.json();
// src/components/UserProfile.jsx
import { useState } from 'react';
import { useQuery } from '@tanstack/react-query';
import { fetchUser } from '../api/users.js';
function UserProfile() {
const [userId, setUserId] = useState(1);
const { data: user, isPending, isError, error } = useQuery({
queryKey: ["users", userId],
queryFn: ({ signal }) => fetchUser(userId, signal),
return (
{isPending &&
Yuklanmoqda...
{isError &&
Xato: {error.message}
{user && (
{user.name} — {user.company.name}
export default UserProfile;
“2-foydalanuvchi” ni bosing — Yuklanmoqda..., keyin:
Ervin Howell — Deckow-Crist
“1-foydalanuvchi” ga qaytsangiz, profil darrov chiqadi:
["users", 1] va ["users", 2] keshda alohida yozuvlar.
O’z hook’ingizni yozish darsidagi poyga holati
ham bu yerda yo’q: ekranda doim joriy kalitning ma’lumoti
ko’rsatiladi, kech kelgan eski javob boshqa kalitga yoziladi.
Qayta urinish va qo’lda yangilash
Tarmoq bir lahzaga uzilishi mumkin. Shuning uchun xatodan keyin
TanStack Query darrov taslim bo’lmaydi. fetchUsers dagi manzilni
ataylab buzing (/userss) va sahifani yangilang:
- Ekranda
Yuklanmoqda...odatdagidan uzoq — taxminan 7 soniya turadi. - Network’da
userssso’rovi to’rt marta: birinchisi va uchta qayta urinish. Oraliq har safar ikki baravar uzayadi: 1, 2, 4 soniya. - Shundan keyingina ekranda:
Xato: Server javobi: 404
Ekranda xato chiqqanda foydalanuvchiga qayta urinish imkonini bering.
useQuery qaytaradigan refetch so’rovni qo’lda qaytaradi:
const { data: users, isPending, isError, error, refetch } = useUsers();
if (isError) {
return (
Xato: {error.message}
Qayta urinish
Manzilni tuzatib, sahifani yangilamasdan “Qayta urinish” ni bosing — ro’yxat chiqadi.
Ma’lumot yozish: useMutation
useQuery ma’lumotni o’qiydi. Qo’shish, o’zgartirish va o’chirish
uchun useMutation bor. Uni ko’rish uchun o’zgarishlarni haqiqatan
saqlaydigan server kerak — jsonplaceholder yuborilgan ma’lumotni
saqlamaydi. Shuning uchun soxta serverni xotirada yozamiz:
// src/api/tasks.js — o'quv uchun soxta server
let tasks = [{ id: 1, title: "Non olish" }];
let nextId = 2;
function wait(ms) {
return new Promise((resolve) => setTimeout(resolve, ms));
export async function fetchTasks() {
await wait(500);
return [...tasks];
export async function createTask(title) {
await wait(500);
const task = { id: nextId, title };
nextId = nextId + 1;
tasks = [...tasks, task];
return task;
Haqiqiy loyihada bu yerda fetch bilan GET va POST so’rovlari
turadi — masalan Express CRUD API darsidagi
serverga.
// src/components/Tasks.jsx
import { useState } from 'react';
import { useQuery, useMutation, useQueryClient } from '@tanstack/react-query';
import { fetchTasks, createTask } from '../api/tasks.js';
function Tasks() {
const [title, setTitle] = useState("");
const queryClient = useQueryClient();
const { data: tasks, isPending, isFetching } = useQuery({
queryKey: ["tasks"],
queryFn: fetchTasks,
const addTask = useMutation({
mutationFn: createTask,
onSuccess: () => {
// Ro'yxat eskirdi — qayta so'raymiz
queryClient.invalidateQueries({ queryKey: ["tasks"] });
setTitle("");
function handleSubmit(e) {
e.preventDefault();
if (title.trim() === "") {
return;
addTask.mutate(title.trim());
return (
placeholder="Yangi vazifa"
{addTask.isPending ? "Qo'shilmoqda..." : "Qo'shish"}
{addTask.isError &&
Xato: {addTask.error.message}
{isPending ? (
Yuklanmoqda...
{tasks.map((task) => (
{task.title}
{isFetching && !isPending &&
Yangilanmoqda...
export default Tasks;
“Sut olish” yozib, “Qo’shish” ni bosing. Bir soniya ichida ketma-ket:
- Tugma
Qo'shilmoqda...deb yoziladi va bosilmaydi —createTaskishlayapti. onSuccessishlaydi: maydon tozalanadi, ro’yxat ostidaYangilanmoqda...chiqadi —invalidateQueries["tasks"]ni eskirgan deb belgiladi va qayta so’radi.- Ro’yxat yangilanadi:
Non olish
Sut olish
invalidateQueries — mutatsiyadan keyingi asosiy qadam. U keshga
“bu kalitdagi ma’lumotga endi ishonma” deydi. Kalit boshi bo’yicha
ishlaydi: { queryKey: ["users"] } ["users"] ni ham, ["users", 1]
va ["users", 2] ni ham eskirgan qiladi.
useMutation useQuery dan farqli ravishda xatoda qayta urinmaydi
(retry standarti — 0). Sabab: “qo’shish” so’rovini uch marta
qaytarish uchta bir xil vazifa yaratishi mumkin.
Qachon TanStack Query kerak emas
Kutubxona bepul emas: bog’liqlik, o’rganish vaqti va yangi tushunchalar. U har loyihaga kerak emas:
| Holat | Tanlov |
| Bitta-ikkita so’rov, kesh kerak emas | useEffect + fetch yoki o’zingizning useFetch |
| Ko’p sahifa bir xil ma’lumotni ishlatadi, tez-tez qaytiladi | TanStack Query |
| Ma’lumot qo’shiladi va o’zgartiriladi, ro’yxat doim yangi bo’lishi kerak | TanStack Query — useMutation + invalidateQueries |
| Modal ochiqmi, formadagi matn, tanlangan tab | useState — bu server holati emas |
Server holatini TanStack Query’ga berganingizdan keyin Context va
useState da faqat mijoz holati qoladi — ilova holati ancha kichrayadi.
Amaliy mashq
- Vite loyihasiga
@tanstack/react-queryni o’rnating,main.jsxdaQueryClientProviderni ulang vaUserListniuseQuerybilan yozing. useUsershook’ini yozing,UserCountni qo’shing va Network bo’limidausersso’rovi nechta ketishini sanang. Ro’yxatni yashirib, qayta oching —Yuklanmoqda...chiqdimi?isFetchingbelgisini qo’shing va boshqa tabdan qaytib, uni kuzating. KeyinstaleTime: 60 * 1000qo’ying va farqni ko’ring.- Manzilni
/userssga buzing va xato chiqquncha necha soniya o’tishini o’lchang. “Qayta urinish” tugmasini qo’shing, manzilni tuzatib, tugmani bosing. UserProfileni yozing. Keyin kalitdanuserIdni olib tashlang (["user"]) va tugmalarni bosing. Nima o’zgarmay qoldi va nega?Tasksni yozing va vazifa qo’shing. KeyininvalidateQueriesni o’chirib, yana qo’shing — vazifa qachon paydo bo’lishini kuzating.
5-qadam eng muhimi: kalitdagi tushirib qoldirilgan o’zgaruvchi xato xabarisiz noto’g’ri ma’lumot ko’rsatadi, va bu TanStack Query’dagi eng ko’p uchraydigan xato.
Qisqacha xulosa
- Server holati serverda yashaydi va brauzerdagi nusxasi eskiradi;
uni
useStateemas, TanStack Query boshqaradi. useQuery({ queryKey, queryFn }): kalit — keshdagi nom, funksiya — ma’lumot qaytaradi yoki xato tashlaydi.- Bir xil kalitli komponentlar bitta so’rovni bo’lishadi; keshdagi ma’lumot darrov ko’rsatiladi va orqa fonda yangilanadi.
staleTime(standart0) — ma’lumot qancha vaqt yangi;gcTime(5 daqiqa) — ishlatilmayotgan ma’lumot keshda qancha turadi.isPending— keshda hali ma’lumot yo’q;isFetching— istalgan so’rov, shu jumladan orqa fondagi.queryFnishlatgan har o’zgaruvchiqueryKeyda bo’lishi shart — aks holda boshqa ma’lumot ko’rinib qoladi.useMutationserverni o’zgartiradi;onSuccessdainvalidateQuerieschaqirilmasa, ro’yxat eski qoladi.
Keyingi darsda CSS yondashuvlari — CSS Modules, Tailwind va komponentga xos stillar.