React Router: ichma-ich marshrut va layout
React Router darsida ilova bir nechta sahifaga bo’lindi. Endi har sahifaga bir xil sarlavha, menyu va pastki qism kerak. Kirish sahifasida esa menyu umuman bo’lmasligi, “Hisobim” bo’limida yon panel chiqishi, kirmagan foydalanuvchi u yerga umuman tushmasligi kerak. Bu darsda shularning hammasini ichma-ich marshrutlar bilan quramiz.
Muammo: har sahifada bir xil sarlavha
Eng to’g’ridan-to’g’ri yo’l — sarlavhani har sahifaga nusxalash:
// ❌ Har sahifada takrorlanadi
function HomePage() {
return (
Bosh sahifa
function TasksPage() {
return (
Vazifalar
O’nta sahifa bo’lsa — o’n joyda bir xil uch qator. Sarlavhaga yangi narsa qo’shilsa, hammasini tekshirib chiqish kerak.
ni <Routes> dan tashqariga chiqarish bitta muammoni hal qiladi, lekin yangisini tug’diradi: endi u hamma sahifada chiqadi, kirish sahifasida ham. Kerakli narsa — sarlavhani bir marta yozib, qaysi sahifalar uni ishlatishini marshrutlarning o’zida aytish.
Layout marshruti va Outlet
Layout oddiy komponent. Farqi bitta: sahifa mazmuni tushadigan joyda <Outlet /> turadi.
// src/components/Layout.jsx
import { Link, Outlet } from 'react-router';
function Layout() {
return (
Vazifalar
<Link to="/">Bosh sahifa</Link>
<Link to="/tasks">Vazifalar</Link>
<Link to="/account">Hisobim</Link>
<Outlet />
Vazifalar ilovasi, 2026
export default Layout;
Endi sahifa marshrutlarini layout marshrutining ichiga yozamiz:
// src/App.jsx
import { Routes, Route } from 'react-router';
import Layout from './components/Layout.jsx';
import HomePage from './pages/HomePage.jsx';
import TasksPage from './pages/TasksPage.jsx';
import TaskPage from './pages/TaskPage.jsx';
import NotFoundPage from './pages/NotFoundPage.jsx';
function App() {
return (
<Routes>
<Route path="/" element={<Layout />}>
<Route index element={<HomePage />} />
<Route path="tasks" element={<TasksPage />} />
<Route path="tasks/:taskId" element={<TaskPage />} />
<Route path="*" element={<NotFoundPage />} />
</Route>
</Routes>
export default App;
BrowserRouter avvalgidek main.jsx da turadi — u o’zgarmaydi. Sahifa komponentlari ham oldingi darsdagidek qoladi: ularning ichida endi
yo’q.
Brauzerda /tasks ni oching. Ekranda yuqorida sarlavha va menyu, o’rtada “Vazifalar”, pastda “Vazifalar ilovasi, 2026”. /tasks/7 ga o’ting — sarlavha joyida qoladi, faqat o’rtasi “Vazifa #7” ga almashadi. /abc da ham ramka bor, o’rtada esa 404 sahifasi.
Router manzilni qanday o’qishini ko’ring:
/tasks/7
├── path="/"              → Layout chiziladi
│   └── path="tasks/:taskId" → TaskPage Layout ichidagi <Outlet /> ga tushadi
Ichki marshrutlarning path i / siz yozilgan: "tasks", "tasks/:taskId". Ular ota-marshrut yo’liga qo’shiladi: / + tasks = /tasks. Bunday yo’l nisbiy deyiladi.
index marshrut — ota manzilning o’zi
path="/" layout uchun band. Bosh sahifa / manzilida qayerdan chiqadi? Buning uchun path o’rniga index yoziladi:
<Route path="/" element={<Layout />}>
<Route index element={<HomePage />} />
<Route path="tasks" element={<TasksPage />} />
</Route>
/ ochilganda layout chiziladi, <Outlet /> ga esa HomePage tushadi. /tasks ochilganda index marshrut chiqmaydi — o’rniga TasksPage keladi.
index siz / ochilsa, layout chiziladi-yu, o’rtasi bo’sh qoladi. Ota-manzilning o’zida nimadir ko’rinishi kerak bo’lsa — index marshrut qo’shing.
Menyuda foydalanuvchi qaysi sahifada turganini ko’rsatish odatiy talab. Link buni bilmaydi. NavLink esa biladi:
// src/components/Layout.jsx
import { NavLink, Outlet } from 'react-router';
function Layout() {
return (
Vazifalar
<NavLink to="/">Bosh sahifa</NavLink>
<NavLink to="/tasks">Vazifalar</NavLink>
<NavLink to="/account">Hisobim</NavLink>
<Outlet />
Vazifalar ilovasi, 2026
export default Layout;
Manzil mos kelsa, NavLink havolaga o’zi active klassini va aria-current="page" atributini qo’yadi. Qolgani — CSS:
/* src/App.css */
.header nav a {
margin-right: 16px;
color: #555;
.header nav a.active {
color: #1a73e8;
font-weight: bold;
/tasks/7 da turganingizda ham “Vazifalar” ajralib turadi: NavLink manzil /tasks bilan boshlansa faol hisoblanadi. Menyu bandi bo’limga tegishli hamma sahifada yonib turishi uchun shunday qilingan.
Ichma-ich layout: Hisobim bo’limi
Layout ichida yana layout bo’lishi mumkin. “Hisobim” bo’limida yon panel kerak: “Profil” va “Sozlamalar”. Bu panel faqat shu bo’limda chiqadi.
// src/components/AccountLayout.jsx
import { NavLink, Outlet } from 'react-router';
function AccountLayout() {
return (
<NavLink to="/account" end>Profil</NavLink>
<NavLink to="/account/settings">Sozlamalar</NavLink>
<Outlet />
export default AccountLayout;
App.jsx da u asosiy layout ichiga, o’z sahifalari esa uning ichiga joylashadi:
<Route path="/" element={<Layout />}>
<Route index element={<HomePage />} />
<Route path="tasks" element={<TasksPage />} />
<Route path="tasks/:taskId" element={<TaskPage />} />
<Route path="account" element={<AccountLayout />}>
<Route index element={<ProfilePage />} />
<Route path="settings" element={<SettingsPage />} />
</Route>
<Route path="*" element={<NotFoundPage />} />
</Route>
/account/settings ochilganda uch qavat chiziladi:
Layout                 ← sarlavha, menyu, pastki qism
└── AccountLayout      ← yon panel
└── SettingsPage   ← "Sozlamalar" sahifasi
Ekranda: yuqorida asosiy menyu (“Hisobim” faol), chapda yon panel (“Sozlamalar” faol), o’ng tomonda sozlamalar mazmuni. “Profil” ni bosing — yon panel va sarlavha qoladi, faqat eng ichki qism almashadi.
Layout bo’lmagan sahifa
Kirish sahifasida menyu kerak emas. Uni layout marshrutidan tashqariga — <Routes> ning to’g’ridan-to’g’ri ichiga yozamiz:
<Routes>
<Route path="/" element={<Layout />}>
{/* ... ramkali sahifalar ... */}
</Route>
<Route path="/login" element={<LoginPage />} />
</Routes>
/login ochilganda Layout umuman chizilmaydi: sarlavha ham, pastki qism ham yo’q, faqat forma. Shu tarzda bitta ilovada bir nechta turli ramka bo’lishi mumkin — har guruh o’z layout marshruti ichida.
Himoyalangan marshrut
Kirish va marshrutni himoyalash darsida server requireAuth middleware’i bilan kirmagan foydalanuvchiga 401 qaytardi. Frontend’da ham shunday “darvozabon” kerak: kirmagan foydalanuvchi /account ni ochsa, kirish sahifasiga yuborilsin.
Darvozabon ham layout marshruti bo’ladi — faqat ramka chizmaydi:
// src/components/RequireAuth.jsx
import { Navigate, Outlet, useLocation } from 'react-router';
function RequireAuth({ user }) {
const location = useLocation();
if (!user) {
return <Navigate to="/login" replace state={{ from: location.pathname }} />;
return <Outlet />;
export default RequireAuth;
Mantiq requireAuth bilan bir xil: shart bajarilsa <Outlet /> — ichki sahifa ochiladi (serverdagi next()). Bajarilmasa — yo’naltirish va ichki sahifa chizilmaydi.
Server (requireAuth)Frontend (RequireAuth)
request.session.userId ni tekshiradiuser ni tekshiradi
Bor bo’lsa next()Bor bo’lsa <Outlet />
Yo’q bo’lsa 401 yoki redirect("/login")Yo’q bo’lsa <Navigate to="/login" />
Navigate — chizilganda boshqa manzilga o’tkazadigan komponent. replace esa brauzer tarixida joriy yozuvni almashtiradi: “Orqaga” tugmasi foydalanuvchini yana himoyalangan sahifaga va undan yana /login ga otib, aylanaga tushirmaydi.
App.jsx da RequireAuth ni path siz marshrut qilib, himoyalanadigan bo’limni uning ichiga o’raymiz:
// src/App.jsx
import { useState } from 'react';
import { Routes, Route } from 'react-router';
import Layout from './components/Layout.jsx';
import AccountLayout from './components/AccountLayout.jsx';
import RequireAuth from './components/RequireAuth.jsx';
import HomePage from './pages/HomePage.jsx';
import TasksPage from './pages/TasksPage.jsx';
import TaskPage from './pages/TaskPage.jsx';
import ProfilePage from './pages/ProfilePage.jsx';
import SettingsPage from './pages/SettingsPage.jsx';
import LoginPage from './pages/LoginPage.jsx';
import NotFoundPage from './pages/NotFoundPage.jsx';
function App() {
const [user, setUser] = useState(null);
return (
<Routes>
<Route path="/" element={<Layout user={user} onLogout={() => setUser(null)} />}>
<Route index element={<HomePage />} />
<Route path="tasks" element={<TasksPage />} />
<Route path="tasks/:taskId" element={<TaskPage />} />
<Route element={<RequireAuth user={user} />}>
<Route path="account" element={<AccountLayout />}>
<Route index element={<ProfilePage user={user} />} />
<Route path="settings" element={<SettingsPage />} />
</Route>
</Route>
<Route path="*" element={<NotFoundPage />} />
</Route>
<Route path="/login" element={<LoginPage onLogin={setUser} />} />
</Routes>
export default App;
path siz marshrut manzilga hech narsa qo’shmaydi. U faqat ichidagi sahifalarni o’raydi. Yangi himoyalangan sahifa kerak bo’lsa, uni shu marshrut ichiga qo’yish kifoya — har sahifaga alohida tekshiruv yozish shart emas. Serverda bitta requireAuth butun Router ni qoplagani kabi.
user holati App da turadi, chunki unga Layout, RequireAuth, ProfilePage va LoginPage — to’rt komponent tayanadi. Bu holatni ko’tarish darsidagi qoida.
Layout’ga “Chiqish” tugmasini qo’shamiz:
// src/components/Layout.jsx — header ichiga, nav'dan keyin
{user && (
Chiqish
Layout funksiyasi endi function Layout({ user, onLogout }) deb props oladi. Tugma faqat kirgan foydalanuvchiga chiqadi — shartli ko’rinish darsidagi &&.
Tekshiring: kirmasdan /account/settings ni oching. Manzil darhol /login ga almashadi va ekranda menyusiz kirish formasi chiqadi.
Kirgandan keyin qaytarish
Foydalanuvchi /account/settings ni ochmoqchi edi, uni /login ga yubordik. Kirgandan keyin bosh sahifaga emas, o’sha sahifaga qaytarish kerak. Buning uchun RequireAuth Navigate ga state={{ from: location.pathname }} ni berdi. Endi uni kirish sahifasida o’qiymiz:
// src/pages/LoginPage.jsx
import { useState } from 'react';
import { useLocation, useNavigate } from 'react-router';
function LoginPage({ onLogin }) {
const [email, setEmail] = useState("");
const navigate = useNavigate();
const location = useLocation();
// Qayerdan kelgan bo'lsa, o'sha yerga qaytaramiz
const from = location.state?.from ?? "/";
function handleSubmit(e) {
e.preventDefault();
if (email.trim() === "") return;
onLogin({ email: email.trim() });
navigate(from, { replace: true });
return (
Kirish
placeholder="Email"
Kirish
export default LoginPage;
Bu misolda server yo’q: onLogin foydalanuvchini faqat holatga yozadi. Maqsad — marshrut mantiqini ko’rish.
Ketma-ketlik:
1. Kirmagan foydalanuvchi /account/settings ni ochadi.
2. RequireAuth uni /login ga yuboradi, state.from ga /account/settings yoziladi.
3. Foydalanuvchi email kiritib “Kirish” ni bosadi.
4. onLogin user ni yozadi, navigate(from) /account/settings ga o’tkazadi.
5. Endi user bor — RequireAuth <Outlet /> qaytaradi, ekranda sarlavha, yon panel va “Sozlamalar” chiqadi.
/login ni to’g’ridan-to’g’ri ochsangiz state bo’sh bo’ladi. ?? "/" shu holat uchun: kirgandan keyin bosh sahifa ochiladi.
“Chiqish” ni /account/settings da turib bosing — user null ga aylanadi va RequireAuth sizni yana /login ga chiqaradi.
Yuklanish tuzog’i
Yuqoridagi user sahifa yangilanganda yo’qoladi — useState(null) yana boshidan boshlanadi. Haqiqiy ilovada ilova ochilganda serverdan “kim kirgan?” deb so’raladi. Express bo’limidagi /me marshruti aynan shu savolga javob beradi:
// src/App.jsx — App ichida
const [user, setUser] = useState(null);
const [isLoading, setIsLoading] = useState(true);
useEffect(() => {
fetch("/me")
.then((response) => (response.ok ? response.json() : null))
.then((data) => setUser(data))
.catch(() => setUser(null))
.finally(() => setIsLoading(false));
Bu useEffect va serverdan ma’lumot yuklash darslaridagi naqsh. 401 kelsa response.ok yolg’on bo’ladi va user null qoladi. Importga useEffect ni qo’shishni unutmang: import { useState, useEffect } from 'react';.
Endi RequireAuth ni avvalgidek qoldirib, kirgan foydalanuvchi bilan sahifani yangilang. Kutilmagan natija: tizimga kirgan bo’lsangiz ham, /login ga tashlanasiz.
Frontend himoyasi xavfsizlik emas
Amaliy mashq
1. React Router darsidagi ilovada Layout komponentini yozing va barcha sahifalarni path="/" layout marshruti ichiga ko’chiring. Sahifalar ichidagi takrorlangan sarlavhani o’chiring.
2. Layout’dan <Outlet /> ni vaqtincha olib tashlang va /tasks da nima ko’rinishini kuzating. Keyin qaytaring.
3. Menyudagi Link larni NavLink ga almashtiring, .active uchun CSS yozing va /tasks/1 da “Vazifalar” bandi faol turishini tekshiring.
4. AccountLayout ni yon panel bilan yozing, “Profil” havolasidan end ni olib tashlab /account/settings ni oching va ikkala band faol bo’lib qolishini ko’ring.
5. RequireAuth ni qo’shing, kirmasdan /account/settings ni oching, kiring va aynan shu sahifaga qaytganingizni tekshiring.
6. isLoading siz variantni setTimeout bilan 2 soniya kechikadigan soxta /me so’rovi bilan sinang: kirgan holatda ham /login ga tashlanishingizni ko’ring, keyin isLoading ni qo’shib tuzating.
6-qadam eng ko’p uchraydigan xatoni ko’rsatadi: “kirmagan” va “hali bilmaymiz” holatlari aralashsa, kirgan foydalanuvchi ham chiqarib yuboriladi.
Qisqacha xulosa
• Layout marshruti umumiy ramkani bir marta chizadi, ichki marshrutlarning sahifasi uning <Outlet /> ga tushadi.
• Ichki marshrut path i / siz yoziladi va ota yo’liga qo’shiladi: "/" + "tasks" = /tasks.
• index marshrut ota-manzilning o’zi ochilganda chiqadi; u bo’lmasa layout o’rtasi bo’sh qoladi.
• NavLink joriy sahifa havolasiga active klassini qo’yadi; bo’lim bosh sahifasi havolasiga end kerak.
• Layout’siz sahifa (/login) layout marshrutidan tashqarida yoziladi.
• RequireAuth — requireAuth ning frontend tomoni: user bo’lsa <Outlet />, bo’lmasa <Navigate to="/login" replace />; serverdan javob kutilayotganda isLoading bilan yo’naltirish to’xtatiladi.
• Frontend himoyasi faqat ko’rinishni boshqaradi — ma’lumotni server himoyalaydi.
Keyingi darsda Context — props drilling yechimi: user ni har qavat orqali uzatmasdan kerakli komponentga yetkazish.
Bu dars foydali bo'ldimi?
— marta ko'rildi