Node.js worker_threads: parallel hisoblash

Node.js nima darsida bitta jumla aytilgan edi: Node.js bitta oqimda ishlaydi. Asinxron kod darsida esa bu muammo emasligini ko’rdingiz — fayl yoki tarmoqni kutish oqimni band qilmaydi.

Lekin kutish bilan hisoblash boshqa-boshqa narsa. Uzoq davom etadigan sikl oqimni haqiqatan to’sadi. Buni avval ko’rsatamiz.

Muammoni ko’rsatamiz

block-demo.js faylini yarating:

function heavySum(limit) {
  let total = 0;
  for (let i = 0; i < limit; i++) {
    total += i;
  }
  return total;
}

console.log("Hisob boshlandi");
const started = Date.now();
const result = heavySum(3_000_000_000);
console.log("Natija:", result);
console.log("Ketgan vaqt (ms):", Date.now() - started);
node block-demo.js
Hisob boshlandi
Natija: 4499999997067114000
Ketgan vaqt (ms): 3025

Uch soniya davomida dastur boshqa hech narsa qila olmadi. Server bo’lganda bu uch soniya ichida kelgan har bir so’rov navbatda turadi.

Oqim nima

child_process darsidagi bola jarayondan farqi bor: worker alohida dastur emas, xuddi shu jarayon ichidagi ikkinchi oqim. Shuning uchun u yengilroq ochiladi.

Birinchi worker

Ikki fayl kerak. Avval ishchi kod — worker.js:

const { parentPort, workerData } = require("node:worker_threads");

let total = 0;
for (let i = 0; i < workerData.limit; i++) {
  total += i;
}

// Natijani asosiy oqimga qaytaramiz
parentPort.postMessage(total);

Endi asosiy fayl — main.js:

const { Worker } = require("node:worker_threads");

console.log("Asosiy oqim ishlayapti");

const worker = new Worker("./worker.js", {
  workerData: { limit: 3_000_000_000 },
});

worker.on("message", (total) => {
  console.log("Worker natijasi:", total);
});

worker.on("exit", (code) => {
  console.log("Worker tugadi, kod:", code);
});

// Asosiy oqim bo'sh: timer o'z vaqtida ishlayotganini ko'rsatamiz
let tick = 0;
const timer = setInterval(() => {
  tick += 1;
  console.log("Asosiy oqim javob beryapti:", tick);
  if (tick === 3) {
    clearInterval(timer);
  }
}, 500);
node main.js
Asosiy oqim ishlayapti
Asosiy oqim javob beryapti: 1
Asosiy oqim javob beryapti: 2
Asosiy oqim javob beryapti: 3
Worker natijasi: 4499999997067114000
Worker tugadi, kod: 0

Mana asosiy dalil. Xuddi shu uch soniyalik hisob bajarildi, lekin timer har yarim soniyada o’z vaqtida ishladi. Asosiy oqim bo’sh qoldi.

Birinchi misolda bunday bo’lmasdi: u yerda setInterval hisob tugagunicha umuman chaqirilmagan bo’lardi.

Ma’lumot qanday uzatiladi

Ikki yo’nalish bor va ikkalasi ham nomi bilan tanish:

NimaYo’nalishQayerda ishlatiladi
workerDataAsosiy oqim → workernew Worker(...) da beriladi
parentPort.postMessage()Worker → asosiy oqimWorker ichida
worker.postMessage()Asosiy oqim → workerIsh davomida

message va exit hodisalari EventEmitter darsidagi tanish on yozuvi bilan tinglanadi.

Ikki tomonlama suhbat

Worker bir marta javob berib tugashi shart emas. counter-worker.js:

const { parentPort } = require("node:worker_threads");

parentPort.on("message", (task) => {
  if (task.command === "stop") {
    parentPort.close();
    return;
  }

  let total = 0;
  for (let i = 0; i < task.limit; i++) {
    total += i;
  }

  parentPort.postMessage({ limit: task.limit, total });
});

counter-main.js:

const { Worker } = require("node:worker_threads");

const worker = new Worker("./counter-worker.js");

worker.on("message", (answer) => {
  console.log(`${answer.limit} gacha yig'indi: ${answer.total}`);
});

worker.postMessage({ limit: 1000 });
worker.postMessage({ limit: 5000 });

// Ikki javobni olgach to'xtatamiz
setTimeout(() => {
  worker.postMessage({ command: "stop" });
}, 500);
node counter-main.js
1000 gacha yig'indi: 499500
5000 gacha yig'indi: 12497500

Worker ochiq turdi va ikkita vazifani ketma-ket bajardi. Har safar yangi worker ochish qimmat — uzoq ishlaydigan dasturda bittasini qayta ishlatish arzonroq.

Qachon worker kerak emas

Bu eng ko’p adashiladigan joy.

VazifaWorker kerakmi
Fayl o’qish, yozishYo’q — fs.promises yetarli
Bazaga so’rovYo’q — kutish oqimni to’smaydi
Tarmoqdan ma’lumot olishYo’q — await yetarli
Katta massivni saralash, hisoblashHa
Rasm yoki video qayta ishlashHa
Shifrlash, arxivlashHa

Nechta worker ochish kerak

Worker soni protsessor yadrolari sonidan oshsa, foyda tugaydi: oqimlar bir-birini kutib turadi.

const os = require("node:os");

console.log("Yadrolar soni:", os.cpus().length);
Yadrolar soni: 12

Bu son har kompyuterda boshqacha. Odatda worker soni yadrolar sonidan oshirilmaydi.

Amaliy mashq

node-start papkasida bajaring:

  1. block-demo.js ni yozib ishga tushiring va hisob necha soniya davom etishini o’lchang;
  2. O’sha faylga setInterval qo’shing hamda hisob paytida timer ishlamayotganini kuzating;
  3. worker.js va main.js ni yozib, timer endi o’z vaqtida ishlayotganini tasdiqlang;
  4. workerData orqali boshqa limit yuborib, natija o’zgarishini ko’ring;
  5. Worker ichidan asosiy fayldagi o’zgaruvchiga murojaat qilib ko’ring va qanday xato chiqishini o’qing;
  6. os.cpus().length bilan yadrolar sonini chiqaring.

2-qadam eng muhimi: muammoni o’z ko’zingiz bilan ko’rmaguningizcha, worker nima uchun kerakligi mavhum bo’lib qoladi.

Qisqacha xulosa

  • Kutish oqimni to’smaydi, hisoblash to’sadi — asinxronlik bu muammoni hal qilmaydi.
  • worker_threads qo’shimcha oqim ochadi va u alohida yadroda ishlaydi.
  • workerData asosiy oqimdan worker’ga, parentPort.postMessage() teskari yo’nalishda ma’lumot uzatadi.
  • Worker bilan xotira bo’linmaydi: ma’lumot nusxalanadi, funksiya uzatilmaydi.
  • worker.postMessage() bilan bitta worker’ga ketma-ket vazifa berish mumkin.
  • Fayl, baza va tarmoq uchun worker kerak emas.
  • Worker soni odatda os.cpus().length dan oshirilmaydi.

Keyingi darsda cluster va PM2 — dasturni bir necha yadroda ishga tushirish.

Bu dars foydali bo'ldimi?

—
— marta ko'rildi