HTML teglar ma'lumotnomasi

Bu sahifa teglarni yodlash uchun emas, kerakli elementni tez topish uchun tuzilgan. Biror tegni tanlashda avval: “Mazmunning vazifasi nima?” deb so’rang. Chuqur izoh va jonli natija uchun jadvaldagi tegishli darsga o’ting.

Hujjat skeleti

Element Vazifasi
<!doctype html> Zamonaviy HTML hujjatini e’lon qiladi
<html lang="uz"> Hujjat ildizi va asosiy tilini belgilaydi
<head> Sahifa haqidagi ko’rinmaydigan metadata
<meta charset="utf-8"> Matn kodlashini belgilaydi
<meta name="viewport" ...> Mobil viewportni qurilma kengligiga moslaydi
<title> Brauzer yorlig’i va sahifa nomi
<body> Foydalanuvchi ko’radigan mazmun

To’liq tuzilma HTML hujjat tuzilishi darsida tushuntirilgan.

Matn va guruhlash

Element Qachon ishlatiladi
<h1><h6> Sarlavha iyerarxiyasi
<p> Alohida paragraf
<strong> Muhimlik
<em> Ma’nodagi urg’u
<mark> Kontekstda ajratilgan qism
<small> Yordamchi yoki huquqiy mayda yozuv
<code> Kod bo’lagi
<pre> Bo’shliqlari saqlanadigan oldindan formatlangan matn
<blockquote> Katta iqtibos
<br> Mazmuniy satr uzilishi, masalan manzil yoki she’r
<hr> Mavzu almashganini bildiruvchi ajratish
<div> Mos semantik element bo’lmagan blok konteyner
<span> Mos semantik element bo’lmagan inline konteyner

b va i faqat umumiy bezak teglarining o’rnini bosmaydi. Ularning ham maxsus semantik holatlari bor; muhimlik uchun strong, urg’u uchun em tanlang.

Havola va media

Element Muhim atributlar
<a> href, zarur bo’lsa target, rel
<img> src, alt, width, height
<figure> Mustaqil rasm, diagramma yoki kod birligi
<figcaption> Figure izohi

Tashqi havolani yangi oynada ochsangiz, target="_blank" bilan birga rel="noopener noreferrer" yozing. Mazmunli rasmga aniq alt, faqat bezak rasmiga esa alt="" bering.

Ro’yxatlar

Element Vazifasi
<ul> Tartibi muhim bo’lmagan bandlar
<ol> Ketma-ketligi muhim bandlar
<li> ul yoki ol ichidagi band
<dl> Atama va izohlar ro’yxati
<dt> Atama
<dd> Atamaning izohi

Semantik sahifa qismlari

Element Vazifasi
<header> Sahifa yoki bo’lim kirish qismi
<nav> Asosiy navigatsiya havolalari
<main> Sahifadagi yagona asosiy mazmun
<article> Mustaqil tarqatilishi mumkin bo’lgan mazmun
<section> Odatda sarlavhali mavzuviy bo’lim
<aside> Asosiy mazmunga yordamchi qism
<footer> Sahifa yoki bo’lim yakuniy ma’lumoti

Bir sahifada odatda bitta ko’rinadigan main bo’ladi. section faqat tashqi ko’rinish uchun o’ram emas; uning mavzusi va odatda sarlavhasi bo’lishi kerak.

Jadval elementlari

Element Vazifasi
<table> Qator-ustun munosabatidagi ma’lumot
<caption> Jadval nomi
<thead> Sarlavha qatorlari guruhi
<tbody> Asosiy ma’lumot qatorlari
<tfoot> Yakuniy yoki jami qatorlar
<tr> Jadval qatori
<th scope="col"> Ustun sarlavhasi
<th scope="row"> Qator sarlavhasi
<td> Oddiy ma’lumot katagi

Jadvalni sahifa layouti uchun emas, faqat haqiqiy jadval ma’lumoti uchun ishlating.

Forma elementlari

Element Muhim atributlar yoki vazifa
<form> action, method bilan boshqaruvlarni o’raydi
<label> for qiymati input idsi bilan bog’lanadi
<input> type, id, name, autocomplete
<textarea> Ko’p qatorli matn
<select> Variantlar ro’yxati
<option> Select ichidagi variant va uning valuesi
<button> submit, button yoki reset turi
<fieldset> Bog’liq boshqaruvlar guruhi
<legend> Fieldset guruhining nomi

Frontenddagi required, minlength yoki type="email" foydalanuvchiga tez yordam beradi, ammo server validatsiyasining o’rnini bosmaydi.

Ko’p ishlatiladigan global atributlar

Atribut Vazifasi
id Sahifadagi noyob identifikator
class CSS yoki JavaScript uchun qayta ishlatiladigan guruh
lang Element mazmunining tili
title Qo’shimcha maslahat; asosiy label o’rnini bosmaydi
hidden Elementni ko’rinish va accessibility tree’dan yashiradi
data-* Dastur uchun maxsus ma’lumot saqlaydi
aria-* Zarur holatda accessibility semantikasini to’ldiradi

Tez tekshiruv

  • Teglar to’g’ri ichma-ich yozilganmi va yopilganmi?
  • id qiymatlari noyobmi?
  • Havola manzili va forma maydonlarining name qiymati bormi?
  • Rasm alt, width va height bilan berilganmi?
  • Sarlavhalar mantiqiy iyerarxiya hosil qilganmi?
  • Forma boshqaruvlarida ko’rinadigan label bormi?
  • Semantik element mazmun vazifasiga mosmi?

Keyingi sahifada HTML quiz orqali elementni ta’rifdan emas, amaliy vaziyatdan kelib chiqib tanlay olishingizni tekshirasiz.

Bu dars foydali bo'ldimi?

marta ko'rildi