PHP sikllar (for, while, foreach)

Bir xil amalni yuz marta yozib chiqish mumkin emas. Sikl kodni belgilangan shart bajarilgunicha takrorlaydi.

for — sanoq bilan

PHP

Qavs ichida uch qism, nuqta-vergul bilan ajratiladi:

  1. $i = 1boshlanish: sanagichni yaratish (bir marta bajariladi);
  2. $i <= 5shart: rost bo’lganda sikl davom etadi;
  3. $i++qadam: har aylanishdan keyin bajariladi.

Qadamni o’zgartirish mumkin:

PHP

Amaliy misol — jadval

PHP

while — shart bo’yicha

Necha marta takrorlanishi oldindan noma’lum bo’lganda:

PHP

do-while — kamida bir marta

PHP

Shart oxirida tekshirilgani uchun tana kamida bir marta bajariladi. Oddiy while da esa umuman bajarilmasdi.

foreach — massiv bo’ylab

PHP’da eng ko’p ishlatiladigan sikl:

PHP

Indeks bilan ovora bo’lmaysiz — sikl har elementni o’zi beradi.

Kalit ham kerak bo’lsa:

PHP

Bu — assotsiativ massiv; massivlar darsida batafsil.

break — siklni to’xtatish

PHP

Birinchi mos element topilgach, qolganini tekshirish shart emas.

continue — bu qadamni o’tkazish

PHP

continue faqat joriy aylanishni tugatadi, sikl davom etadi.

Ichma-ich sikl

PHP

Tashqi sikl bir aylanganda, ichki sikl to’liq aylanadi. \t — tabulyatsiya.

Yig’indi va hisoblash

PHP

count — elementlar soni. PHP’da max, min va array_sum kabi tayyor funksiyalar ham bor:

PHP

HTML bilan birga

PHP

foreach/endforeach shakli HTML orasida o’qishga qulay — ro’yxat va jadval chizishda shu ishlatiladi.

Qaysi siklni tanlash

Vaziyat Sikl
Massiv elementlari bo’ylab foreach
Aniq necha marta ma’lum for
Shart bajarilguncha while
Kamida bir marta kerak do-while

Amalda PHP’da foreach eng ko’p, for esa sanoq kerak bo’lganda ishlatiladi.

Amaliy mashq

  1. for bilan 1 dan 10 gacha sanang;
  2. 5 ning ko’paytirish jadvalini chiqaring;
  3. while bilan qoldiqni nolgacha kamaytiring;
  4. foreach bilan massiv elementlarini chiqaring;
  5. break bilan birinchi katta sonni toping;
  6. continue bilan faqat toq sonlarni chiqaring.

Qisqacha xulosa

  • for — sanagich bilan: boshlanish, shart, qadam.
  • while — shart rost ekan takrorlaydi; shartni o’zgartirishni unutmang.
  • do-while tanani kamida bir marta bajaradi.
  • foreach massiv uchun eng qulay: as $qiymat yoki as $kalit => $qiymat.
  • break siklni to’xtatadi, continue bir qadamni o’tkazadi.
  • HTML orasida foreach: / endforeach; shakli o’qishga qulay.

Keyingi darsda funksiyalar — kodni qayta ishlatish.

Bu dars foydali bo'ldimi?

marta ko'rildi