PHP nima va u qayerda ishlaydi

Saytga kirganingizda ismingiz bilan salomlashadi, buyurtmalaringiz ro’yxati chiqadi, parol tekshiriladi — bu ishlarni server bajaradi. PHP aynan shu yerda ishlaydigan til.

Birinchi kod

echo — ekranga chiqaradigan buyruq. Ishga tushirish tugmasini bosing:

PHP

Server va brauzer

Farqni tushunish PHP’ni tushunishning kalitidi:

Brauzerda Serverda
Til JavaScript PHP, Python, Go
Kod ko’rinadimi Ha, har kim o’qiy oladi Yo’q, faqat natija yuboriladi
Nimaga qodir Sahifani o’zgartirish Baza, fayl, parol, to’lov

Shuning uchun parol tekshiruvi PHP’da yoziladi: agar u brauzerda bo’lsa, foydalanuvchi kodni ochib, tekshiruvni chetlab o’tishi mumkin edi.

Sahifa qanday tug’iladi

Foydalanuvchi manzilni ochganda quyidagi zanjir ishlaydi:

  1. Brauzer serverga so’rov yuboradi;
  2. server .php faylni topadi va bajaradi;
  3. PHP kodi natija — HTML matnini hosil qiladi;
  4. shu HTML brauzerga yuboriladi;
  5. brauzer uni chizadi.

Foydalanuvchi 5-qadamni ko’radi. PHP kodining o’zi hech qachon uning kompyuteriga bormaydi.

PHP teglari

PHP kodi <?php bilan ochiladi:

PHP

\n — yangi qator belgisi. Fayl faqat PHP kodidan iborat bo’lsa, yopuvchi ?> tegi yozilmaydi — bu zamonaviy tavsiya.

HTML bilan aralashtirish

PHP’ning asosiy kuchi shunda: u HTML ichiga kiradi.

PHP

Natijaga qarang — bu tayyor HTML. Foydalanuvchi aynan shuni oladi, PHP kodini emas.

Bu yerda ikki narsa yangi:

  • $ismo’zgaruvchi, qiymat saqlaydi (keyingi darsda batafsil);
  • <?= ... ?><?php echo ... ?> ning qisqa yozuvi.

Nima uchun PHP

Ko’p til orasidan PHP’ni tanlash sabablari:

  • Web uchun tug’ilgan — forma, sessiya va so’rov bilan ishlash tilning o’zida bor, qo’shimcha kutubxona shart emas;
  • Hosting arzon — deyarli har qanday hostingda tayyor turadi;
  • Katta ekotizim — WordPress (saytlarning katta qismi), Laravel, Symfony;
  • O’rganish oson — natija darhol ko’rinadi, murakkab sozlash yo’q.

Hisob-kitob

PHP oddiy kalkulyator ham:

PHP

echo bir necha qiymatni vergul bilan chiqara oladi.

Fayl va ishga tushirish

Haqiqiy loyihada kod .php fayliga yoziladi:

<?php
// salom.php
echo "Salom!";

Uni ishga tushirishning ikki yo’li:

php salom.php          # terminalda
php -S localhost:8000  # brauzerda: http://localhost:8000/salom.php

Ikkinchisi PHP’ning o’zida bor oddiy server — o’rganish uchun yetarli.

Amaliy mashq

  1. echo bilan o’z ismingizni chiqaring;
  2. ikki sonni qo’shib, natijani ko’rsating;
  3. \n bilan bir necha qatorga bo’ling;
  4. <?= ?> ishlatib HTML sarlavha yasang;
  5. date("d.m.Y") bilan bugungi sanani chiqaring;
  6. <?php tegini olib tashlab ko’ring — nima o’zgaradi?

Qisqacha xulosa

  • PHP — server tomonida ishlaydigan dasturlash tili.
  • Kodi foydalanuvchiga yuborilmaydi — faqat natija (HTML) boradi.
  • Shuning uchun parol, baza va to’lov bilan ishlash PHP’da yoziladi.
  • Kod <?php bilan ochiladi; faqat PHP bo’lsa ?> yozilmaydi.
  • echo ekranga chiqaradi, <?= ?> — uning qisqa shakli.
  • Zamonaviy PHP 8 eski PHP 5 dan sezilarli farq qiladi.

Keyingi darsda o’zgaruvchilar — qiymatlarni saqlashni o’rganamiz.

Bu dars foydali bo'ldimi?

marta ko'rildi