# Express yakuniy loyiha: to'liq ilova

> Express yakuniy loyiha: baza, model qatlami, migratsiya, kirish tizimi, fayl yuklash, xavfsizlik va testlarni bitta to'liq ilovaga yig'amiz.

Manba: https://learncode.uz/express/yakuniy-loyiha-orta/
Sana: 2026-07-07

O'n ikki dars oldin `task-app` ilovasidagi vazifalar oddiy massivda
yotardi va server o'chganda yo'qolardi. Hozir sizda baza, model qatlami,
migratsiya tizimi, kirish tizimi, fayl yuklash, xavfsizlik qatlamlari
va testlar bor.

Bu dars yangi tushuncha o'rgatmaydi. U o'tilganni bir joyga yig'adi va
sizga tekshirib ko'radigan to'liq loyiha beradi.

## Bo'limni jamlash

Har qatordagi havola — o'sha tushuncha batafsil yozilgan dars.

| Tushuncha | Asosiy vosita | Dars |
|---|---|---|
| Doimiy saqlash | `node:sqlite`, `prepare` | [Bazani ulash](https://learncode.uz/express/baza-ulash) |
| Kod tuzilishi | `models/`, `routes/` | [Model qatlami](https://learncode.uz/express/model-qatlami) |
| Sxemani boshqarish | `migrations/`, `migrate.js` | [Migratsiya va seed](https://learncode.uz/express/migratsiya) |
| Serverning xotirasi | `express-session`, cookie | [Sessiya va cookie](https://learncode.uz/express/sessiya-va-cookie) |
| Hisob yaratish | `bcrypt.hash` | [Ro'yxatdan o'tish](https://learncode.uz/express/royxatdan-otish) |
| Kirish va himoya | `bcrypt.compare`, `requireAuth` | [Kirish va himoya](https://learncode.uz/express/kirish-va-himoya) |
| Tokenli API | `jsonwebtoken`, `Bearer` | [JWT va API token](https://learncode.uz/express/jwt-va-api-token) |
| Fayl qabul qilish | `multer`, `multipart/form-data` | [Fayl yuklash](https://learncode.uz/express/fayl-yuklash) |
| Hujumlardan himoya | `helmet`, CSRF, rate limit | [Web xavfsizligi](https://learncode.uz/express/xavfsizlik) |
| Avtomatik sinash | `node:test`, `supertest` | [API testlash](https://learncode.uz/express/testlash) |
| Serverga chiqarish | `NODE_ENV`, PM2, Nginx | [Deploy](https://learncode.uz/express/deploy) |

## Loyiha nima qiladi

**Shaxsiy vazifalar ilovasi.** Har foydalanuvchi ro'yxatdan o'tadi,
tizimga kiradi va **faqat o'z** vazifalarini ko'radi. Profil rasmini
yuklaydi. API esa mobil ilova uchun token bilan ham ishlaydi.

Oldingi [yakuniy loyihadan](https://learncode.uz/express/yakuniy-loyiha) farqi shu jumlada:
"faqat o'z vazifalarini". O'sha ilovada ma'lumot hamma uchun umumiy edi
va server o'chganda yo'qolardi.

## Loyiha tuzilishi

```
task-app/
├── db/
│   └── index.js              ← ulanish
├── migrations/
│   ├── 001-create-tasks.js
│   ├── 002-add-priority.js
│   ├── 003-create-users.js
│   ├── 004-add-task-user.js
│   └── 005-add-user-avatar.js
├── models/
│   ├── task.js
│   └── user.js
├── middleware/
│   ├── auth.js               ← requireAuth
│   └── csrf.js
├── routes/
│   ├── tasks.js              ← HTML sahifalar
│   ├── auth.js               ← kirish, chiqish
│   └── api.js                ← JSON + JWT
├── views/
├── public/
├── uploads/
├── test/
│   ├── tasks.test.js
│   └── auth.test.js
├── app.js                    ← ilova
├── server.js                 ← listen
├── migrate.js
├── seed.js
├── .env
├── .env.example
└── .gitignore
```

Har papka bitta vazifaga javob beradi. Bu tuzilish
[model qatlami darsida](https://learncode.uz/express/model-qatlami) qo'yilgan qoidaning
o'sishi: `routes/` ichida `SELECT` yo'q, `models/` ichida `response`
yo'q.

## Qadamlar ketma-ketligi

Loyihani noldan yig'sangiz, shu tartibda boring. Har qadam oldingisiga
tayanadi.

**1-qadam: asos.** `npm init`, `express@4`, `ejs` o'rnatish. `app.js` va
`server.js` ni ajratib yozish — [testlash darsida](https://learncode.uz/express/testlash)
ko'rilganidek.

**2-qadam: baza va migratsiyalar.** `db/index.js`, `migrate.js` va
beshta migratsiya fayli. `npm run migrate` bilan tekshiring.

**3-qadam: model qatlami.** `models/task.js` va `models/user.js`.
Serverni ishga tushirmasdan `node -e` bilan sinang.

**4-qadam: kirish tizimi.** Sessiya, `bcrypt`, `routes/auth.js`,
`requireAuth`.

**5-qadam: vazifalar foydalanuvchiga bog'lanadi.** Model funksiyalari
`userId` qabul qiladigan bo'ladi.

**6-qadam: fayl yuklash.** `multer`, `uploads/`, avatar marshruti.

**7-qadam: xavfsizlik.** `helmet`, CSRF tokeni, rate limiting, `.env`.

**8-qadam: testlar.** Kamida oltita test: CRUD, validatsiya, himoya.

**9-qadam: deploy tayyorligi.** `PORT`, `trust proxy`, `/health`,
`.gitignore`.

> **Har qadamdan keyin sinang**
>
> To'qqiz qadamni yozib, oxirida bir marta ishga tushirish — eng sekin
> yo'l. Xato qayerda ekanini topishga soatlar ketadi.
>
> Har qadamdan keyin `curl` yoki brauzer bilan bitta so'rov yuboring.
> Ishlagach keyingisiga o'ting. Bu usul
> [CRUD darsida](https://learncode.uz/express/crud-api) ham tavsiya qilingan edi.

## Egalik tekshiruvi — eng muhim qism

Beshinchi qadamda eng ko'p xato qilinadi. Model so'roviga `user_id`
sharti **har** funksiyaga qo'shiladi:

```js
// models/task.js
function getAllByUser(userId) {
  const rows = database
    .prepare("SELECT * FROM tasks WHERE user_id = ? ORDER BY id")
    .all(userId);

  return rows.map(toTask);
}

function getByIdForUser(id, userId) {
  const row = database
    .prepare("SELECT * FROM tasks WHERE id = ? AND user_id = ?")
    .get(id, userId);

  return row ? toTask(row) : null;
}

function removeForUser(id, userId) {
  const result = database
    .prepare("DELETE FROM tasks WHERE id = ? AND user_id = ?")
    .run(id, userId);

  return result.changes > 0;
}
```

> **requireAuth egalikni tekshirmaydi**
>
> `requireAuth` bitta savolga javob beradi: "bu odam kirganmi?". "Bu yozuv
> unikimi?" degan savol javobsiz qoladi.
>
> Shuning uchun `getById(id)` emas, `getByIdForUser(id, userId)` yoziladi.
> Aks holda kirgan har kim manzildagi raqamni almashtirib, o'zganing
> vazifasini o'qiydi.
>
> Bu xatoni topish uchun aniq sinov bor — quyidagi baholash jadvalidagi
> oxirgi qatorga qarang.

## Ikki xil kirish: sessiya va token

Loyihada ikkala yondashuv ham bor va ular aralashmaydi.

| Marshrut guruhi | Kim uchun | Himoya |
|---|---|---|
| `/tasks`, `/login` (HTML) | Brauzer | Sessiya + CSRF |
| `/api/*` (JSON) | Mobil ilova, SPA | `Authorization: Bearer` |

Ikkalasi bitta model qatlamiga murojaat qiladi. Farq faqat kirish
usulida va javob formatida:

```js
// routes/tasks.js — brauzer uchun
router.get("/", requireAuthPage, (request, response) => {
  const tasks = Task.getAllByUser(request.session.userId);
  response.render("tasks", { pageTitle: "Mening vazifalarim", tasks: tasks });
});

// routes/api.js — mobil ilova uchun
router.get("/tasks", requireToken, (request, response) => {
  response.json(Task.getAllByUser(request.userId));
});
```

Model funksiyasi bitta — bu [ajratishning](https://learncode.uz/express/model-qatlami)
to'g'ridan-to'g'ri foydasi.

## Yakuniy loyiha topshirig'i

Loyihani quyidagi talablar bo'yicha tugating.

**Majburiy:**

1. Foydalanuvchi ro'yxatdan o'tadi va kiradi; parol `bcrypt` bilan hash
   qilinadi;
2. Har foydalanuvchi faqat o'z vazifalarini ko'radi, tahrirlaydi va
   o'chiradi;
3. Baza tuzilishi migratsiyalar bilan boshqariladi;
4. SQL faqat `models/` ichida yoziladi;
5. Formalar CSRF tokeni bilan himoyalanadi, chiqish `POST` bilan
   bajariladi;
6. Kirish marshrutida urinishlar soni cheklangan;
7. Profil rasmi yuklanadi: hajm va tur tekshiriladi, nom tasodifiy;
8. Kamida oltita test yozilgan va `npm test` o'tadi;
9. Sirlar `.env` da, `.env` esa `.gitignore` da.

**Qo'shimcha (xohishga ko'ra):**

- `/api/*` marshrutlari JWT bilan ishlaydi;
- Vazifalarni muhimlik bo'yicha saralash va filtrlash;
- Parolni almashtirish sahifasi (eski parol so'raladi);
- `/health` marshruti va `morgan` logi;
- Sahifalash (`?page=2`) bilan uzun ro'yxat.

## Baholash mezoni

O'z ishingizni shu jadval bo'yicha tekshiring. O'ng ustun — **qanday
sinash** kerakligi.

| Mezon | Qanday tekshiriladi |
|---|---|
| Ma'lumot saqlanadi | Serverni o'chirib yoqing, ro'yxat joyida qolsin |
| Parol ochiq emas | Bazaga qarang: `$2b$10$` bilan boshlansin |
| Kirmagan kira olmaydi | `curl` bilan `/api/tasks` — `401` kelsin |
| Xato xabari umumiy | Yo'q email va xato parol bir xil javob bersin |
| SQL marshrutda yo'q | `routes/` da `SELECT` so'zini qidiring — topilmasin |
| Migratsiya takrorlanmaydi | `npm run migrate` ni ikki marta yuriting |
| XSS to'silgan | `<b>test</b>` sarlavhali vazifa qo'shing — qalin chiqmasin |
| Fayl turi tekshiriladi | `.txt` fayl yuklang — `400` kelsin |
| Chegaradan katta fayl | 5 MB fayl yuklang — `413` kelsin |
| Rate limit ishlaydi | Kirishga olti marta urinib ko'ring — `429` kelsin |
| Testlar o'tadi | `npm test` — hamma `✔` bo'lsin |
| **Egalik tekshiriladi** | **Ikki hisob oching; birinchisining vazifa `id` sini ikkinchisidan so'rang — `404` kelsin** |

Oxirgi qator qalin yozilgani bejiz emas. Bu sinov haqiqiy loyihalarda
eng ko'p uchraydigan xavfsizlik kamchiligini ochadi va uni qo'lda
tekshirmasangiz, hech qachon sezmaysiz.

## Bilimni tekshirish

Kodga qaramay javob berishga urinib ko'ring. Har savol yonida — javob
yozilgan dars.

1. Xotiradagi massiv va bazadagi jadval orasidagi asosiy farq nima?
   ([Bazani ulash](https://learncode.uz/express/baza-ulash))
2. SQL ga qiymatni matn birikmasi bilan qo'shish nega xavfli?
   ([Bazani ulash](https://learncode.uz/express/baza-ulash))
3. `routes/` va `models/` orasidagi chegara qanday qoida bilan
   belgilanadi? ([Model qatlami](https://learncode.uz/express/model-qatlami))
4. Bajarilgan migratsiya faylini nega tahrirlab bo'lmaydi?
   ([Migratsiya](https://learncode.uz/express/migratsiya))
5. Cookie'ga `userId` yozish nega xato?
   ([Sessiya va cookie](https://learncode.uz/express/sessiya-va-cookie))
6. `httpOnly` bayrog'i qaysi hujumni to'sadi?
   ([Sessiya va cookie](https://learncode.uz/express/sessiya-va-cookie))
7. Bir xil paroldan har safar boshqa hash chiqsa, `compare` qanday
   ishlaydi? ([Ro'yxatdan o'tish](https://learncode.uz/express/royxatdan-otish))
8. Kirish xatosida nega "email topilmadi" deb yozilmaydi?
   ([Kirish va himoya](https://learncode.uz/express/kirish-va-himoya))
9. `401` va `403` qachon ishlatiladi?
   ([Kirish va himoya](https://learncode.uz/express/kirish-va-himoya))
10. JWT payload'iga parol solish nega xato?
    ([JWT va API token](https://learncode.uz/express/jwt-va-api-token))
11. Yuklangan faylga nega foydalanuvchi bergan nom berilmaydi?
    ([Fayl yuklash](https://learncode.uz/express/fayl-yuklash))
12. `<%= %>` va `<%- %>` farqi qaysi hujumga bog'liq?
    ([Xavfsizlik](https://learncode.uz/express/xavfsizlik))
13. `request.agent(app)` oddiy `request(app)` dan nimasi bilan farq
    qiladi? ([Testlash](https://learncode.uz/express/testlash))
14. `trust proxy` yoqilmasa nima jimgina buziladi?
    ([Deploy](https://learncode.uz/express/deploy))

Javobi darhol esga kelmagan savol bo'lsa, o'sha darsga qayting — bu
bilimdagi bo'shliqni topishning eng tez yo'li.

## Xatolar ro'yxati

Bu bo'limda talabalar ko'p takrorlaydigan xatolar. Loyihangizni
topshirishdan oldin har birini tekshiring.

| Xato | Alomati |
|---|---|
| `session()` `requireAuth` dan keyin ulangan | `Cannot read properties of undefined (reading 'userId')` |
| `await bcrypt.hash` da `await` yo'q | Bazada `[object Promise]`, hech kim kira olmaydi |
| `enctype` yozilmagan | `request.file` `undefined` |
| `.get()` natijasi tekshirilmagan | `Cannot read properties of undefined` |
| `async` marshrutda `try/catch` yo'q | So'rov osilib qoladi, terminalda `UnhandledPromiseRejection` |
| `secure: true` `localhost` da | Sessiya umuman ishlamaydi |
| Migratsiya `pm2 reload` dan keyin | Yangi kod eski bazaga murojaat qiladi |
| Model so'rovida `user_id` sharti yo'q | Foydalanuvchi o'zganing ma'lumotini ko'radi |

## Loyihani kengaytirish

Ilova ishlagach, keyingi qadamlar uchun g'oyalar:

- **Vazifa bo'limlari** — `categories` jadvali va bog'lanish;
- **Birgalikda ishlash** — vazifani boshqa foydalanuvchiga ulashish;
- **Email tasdiqlash** — ro'yxatdan o'tgandan keyin havola yuborish;
- **Sahifalash va qidiruv** — `?search=kitob&page=2`;
- **PostgreSQL'ga o'tish** — faqat `db/` va `models/` o'zgaradi;
- **TypeScript** — [Node.js va TypeScript darsi](https://learncode.uz/nodejs/typescript-node)
  bilan.

Beshinchi band ayniqsa qiziq: agar model qatlami to'g'ri ajratilgan
bo'lsa, marshrutlarga umuman qo'l tegmaydi. Bu ajratishning haqiqiy
sinovi.

## Yo'l qayerga olib keldi

Bo'lim boshida `express()` funksiyasi va bitta `app.get()` bor edi. Hozir
sizda foydalanuvchi hisoblari, hash qilingan parollar, migratsiyali baza,
fayl yuklash, xavfsizlik qatlamlari, avtomatik testlar va serverga
chiqarish rejasi bor ilova turibdi.

Bu ro'yxatdagi hech narsa Express'ga xos emas. Model qatlami, migratsiya,
sessiya, token, CSRF, rate limiting — bular **hamma** backend
frameworkida bir xil ataladi va bir xil ishlaydi. Nest.js, Fastify yoki
boshqa tilga o'tsangiz, sintaksis o'zgaradi, tushunchalar esa qoladi.

Loyihani `git` bilan saqlang va `README.md` yozing: ilova nima qiladi,
qanday ishga tushiriladi, qaysi muhit o'zgaruvchilari kerak. Bu fayl
loyihani ish beruvchiga ko'rsatganingizda birinchi o'qiladigan narsa
bo'ladi — va u sizning kodingiz haqida kod yozgan narsangizdan kam
gapirmaydi.
